Portal:Oʻzbekiston futboli/Yangiliklar/29-may-2024
- 2024-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi 9-Oʻzbekiston Superkubogi boʻlib, har yili oʻtgan mavsumdagi Superliga va Kubok gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladigan futbol oʻyini boʻladi. Toshkentning „Paxtakor“ klubi 2023-yilgi Oʻzbekiston Superliga chempioni boʻlgan boʻlsa, Oʻzbekiston Kubogi chempioni sifatida „Nasaf“ ham oʻyinda ishtirok etdi[1]. Oʻyinni avvalgi turnirda ham hakamlik qilgan Aziz Asimov boshqarib bordi. Asosiy vaqtda Paxtakor klubidan Dragan Ćeran va Nasaf jamoasidan Sharof Muhiddinovlarning gollari hisobiga 1-1 hisobida yakunlangan[2]. Turnir qoidasi koʻra oʻyin durang yakunlansa toʻgʻridan toʻgʻri penaltilar seriyasi amalga oshirildi. Penaltilar seriyasida Nasaf jamoasi 4-3 hisobida gʻalab qozondi[3] va oʻz tarixida 3 bor Oʻzbekiston Superkubogida chempionga aylandi[4].
- ↑ „O‘zbekiston Superkubogiga Jizzax mezbonlik qiladi“. 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyun.
- ↑ „"Nasaf" - O‘zbekiston Superkubok g‘olibi!“ (2024-yil 29-may).
- ↑ „"Насаф" — Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!“ (29 май 2024).
- ↑ „«Nasaf» penaltilar seriyasida «Paxtakor»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi“ (29-may 2019-yil).