Panjara ortida (inglizcha: Prison Break; asl tarjimasi- Qamoqdan qochish) — Amerika teleseriali. Rejissor — Paul Scheuring. Serial 5 ta fasldan iborat. Dastlabki 4 ta fasl 2005-yil 29-avgustdan 2009-yil 15-mayga qadar suratga olingan. Oxirgi 5-fasl 2017-yil 4-apreldan 30-maygacha suratga olingan. Serial ikki aka-uka haqida boʻlib, ulardan biri qotillikda ayblanib oʻlim jazosiga hukm qilinadi, ikkinchisi esa uni qutqarish uchun harakat qiladi.

Prison Break
Janri Serial drama
Jangari triller
Muallif(lar) Paul Scheuring
Rollarda
Bastakor(lar) Ramin Djawadi
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
ispancha
arabcha
Mavsumlar soni 5
Qismlar soni 90 (Qismlar roʻyxati)
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar) Marty Adelstein
Neal H. Moritz
Dawn Parouse
Brett Ratner
Paul Scheuring
Matt Olmstead
Kevin Hooks
Michael Pavone
Dawn Olmstead
Vaun Wilmott
Michael Horowitz
Nelson McCormick
Joy United States:
Chicago, Illinois
Joliet, Illinois
Dallas, Texas
Pensacola, Florida
Los Angeles, California
Canada:
Toronto, Ontario
Vancouver, British Columbia
Boshqa davlatlar:
Panama City, Panama
Rabat, Morocco
Casablanca, Morocco
Ouarzazate, Morocco
Kinematografiya Fernando Argüelles
Jeffrey C. Mygatt
Robert LaBonge
Chris Manley
Robbie Greenberg
Muharrir(lar) Etienne Des Lauriers
Scott Eilers
Eric Seaburn
Warren Bowman
Kaja Fehr
James Coblentz
Qism davomiyligi 42 daqiqa
Studiya(lar) Original Film
Adelstein/Parouse Productions
20th Century Fox Television
Efirga uzatilishi
Telekanal Fox
Tasvir formati 480i (SDTV)
720p (HDTV)
1080i (HDTV)
Ovoz formati Dolby Digital with 5.1 channels
Translyatsiya davri

Original seriyalar:
29-avgust, 2005-yil(2005-08-29) — 15-may, 2009-yil(2009-05-15)


Revival:
4-aprel, 2017-yil(2017-04-04) – 30-may, 2017-yil(2017-05-30)
Tarixi
Oʻxshash koʻrsatuv(lar) Breakout Kings

Serial voqelari ikki aka-uka: Lincoln Burrows va Michael Scofield atrofida aylanadi. Lincoln qilmagan gunohi uchun oʻlimga hukm etiladi. Michael esa puxta oʻylangan reja orqali akasining qamoqdan qochishiga va uning nomini oqlashga yordam bermoqchi boʻladi. Voqealar shu tarzda boshlanadi. Panjara ortida seriali 2003-yilda uzoq muddatga moʻljallangan kelishuv Fox tomonidan rasman rad etilgan. Ammo „Hayot-mamot“ va „24“ nomli seriallarning mashhurligidan keyin Foks 2004-yilda bu serialga qaytdi. Serialning birinchi fasli ijobiy qarshi olindi va reytinglarda yaxshi oʻrinni egalladi. „Panjara ortida“ serialining birinchi fasli, asllida 13 qismdan iborat boʻlishi kerak boʻlgan. Ammo serialning kutilmaganda mashhur boʻlishi qoʻshimcha yana 9 ta seria bilan kengaytirilgan. „Panjara ortida“ seriali ilk faslidayoq bir qancha sovrinlarni qoʻlga kiritdi. Xususan, 2005-yilda eng yaxshi televizion drama serial uchun beriladigan Oltin globus sovrinini, 2006-yilda odamlarning sevimli yangi dramasi sovrinini qoʻlga kiritdi. Bu serialning 5 fasli ham AQSh va butun dunyo boʻylab ommaga taqdim etildi.

Serialning 1-fasli 2005-yil 29-avgustdan boshlab efirga uzatilgan va 2006-yil may oyida 1-fasl tugagan. 2-fasli esa 2006-yil avgustidan 2007-yil apreligacha efirga uzatilgan. 3-fasli 2007-yil sentabrdan 2008-yil fevraligacha hamda 4-fasli 2008-yil sentabrdan 2009-yil mayigacha efirga uzatilgan. Uzoq yaʼni 8 yillik tanaffusdan soʻng 2017-yilda serialning 5-fasli efir yuzini koʻradi. 2020-yil „Panjara ortida“ serialining 6-fasli efirga uzatish rejalashtirilgan. Bu fasl final yaʼni oxirgi fasli deyilayapti[manba kerak].

Fasllar tahrir

Fasllar Qismlar Suratga olingan
Boshlangan Tugatilgan
1 22 2005-yil 29-avgust 2006-yil 15-may
2 22 2006-yil 21-avgust 2007-yil 2-aprel
3 13 2007-yil 17-sentabr 2008-yil 18-fevral
4 24 2008-yil 1-sentabr 2009-yil 15-may
5 9 2017-yil 4-aprel 2017-yil 30-may