Pulpit – tish boʻshligʻini toʻldirib turadigan gʻovak biriktiruvchi toʻqima – pulpaning yalligʻlanishi. P. davolanmasa, vaqt oʻtishi bilan oʻlgan pulpadagi Mikroorganizmlar mikroblar tish kanali orqali tish atrofidagi toʻqimalarga oʻtadi, natijada tish ildizi uchidagi toʻqimalar yalligʻlanib, periodontit kelib chiqadi Pulpaning yalligʻlanishi unga taʼsir etgan taassurotlar oqibatida kelib chiqadi. Bu taʼsirlarning

asosini kariyes boʻshligʻidagi mikroorganizmlar, ularning toksinlari, dentinning organik yemirilishi oqibatida hosil boʻlgan taassurotlar,

kimyoviy va termik taʼsiri ostida kelib chiqadi. Pulpitni keltirib chiqaruvchi sabablarga quyidagilar kiradi:

– Koʻpincha karyies kovagidagi infeksiyalar dentin kanallari orqali pulpa boʻshligʻiga kiradi va natijada yalligʻlanish hosil boʻladi.

– Pulpaning gematogen yalligʻlanishi ham kuzatilgan.

Masalan gripp, osteomiyelit va boshqa kasalliklarda.

– Jarohat tishning maʼlum qismi sinishi oqibatida tish boʻshligʻining ochilib qolishi, kariyes kovagiga ishlov berish va shakllantirish jarayonida tish boʻshligʻining ochilib qolishi, tishga sunʼiy qoplamalardan metallokeramika qoplamasini qoʻyish uchun charxlanganda pulpa kamerasining ochilib qolishi.

– Parodontda jarrohlik davo muolajalarini oʻtkazayotganda.

– Kimyoviy moddalar taʼsiri ostida (ayrim plomba ashyolari).

– Harorat taʼsiri ostida (kariyes kovagiga ishlov berish va sunʼiy qoplama qoʻyish maqsadida tish toʻqimalari charxlanganda).

Pulpitlar tasnifi:

tahrir
Fayl:Pulpit2rd.jpg
Pulpit tishlarning tashqi koʻrinishi

I. Oʻtkir pulpitlar.

a) qisman,

b) umumiy.

II. Surunkali pulpitlar.

a) fibroz,

b) gangrenoz,

d) gipertrofik.

III. Surunkali pulpit huruji.

Pulpitlarning har bir turi oʻziga xos klinik belgilarga ega. Tashxis subyektiv va obyektiv belgilarga asoslanib aniqlanadi.

OʻTKIR PULPITLAR

tahrir

Oʻtkir oʻchoqli pulpit

tahrir

Oʻtkir oʻchoqli pulpitda bemor qisqa muddatli, xurujsimon termik taʼsir tufayli zoʻrayadigan ogʻriqdan shikoyat qiladi. Ogʻriqlar orasidagi oraliq davomli. Tunda ogʻriqlar zoʻrayadi.

Ogʻriqlar mexanik, ximik va termik taʼsirdan zoʻrayadi. Tashqi koʻrik oʻzgarishsiz. Bemor ogʻrigan tishni aniq koʻrsatadi. Ogʻiz boʻshligʻida koʻrik oʻtkazilganda chuqur kariyes kovagi borligi, zondlaganda pulpa boʻshligʻi yopiq va kovak tubi ogʻriqliligi aniqlanadi. Sovuq va issiq taʼsirdan hosil boʻlgan ogʻriq toʻxtamaydi va ogʻriqlar 10-20 daqiqa davom etadi. Pulpitning elektr sezuvchanligi pasaygan boʻladi.

Oʻtkir diffuz pulpit

tahrir

Oʻtkir umumiy pulpitda bemor oʻz-oʻzidan hosil boʻluvchi davomli, xurujsimon ogʻriqdan shikoyat qiladi. Ogʻriqlar orasidagi oraliq qisqargan. Ogʻriqlar uchlamchi nerv shoxlari boʻylab uzatiladi va natijada bemor bezovta qilayotgan tishni aniq koʻrsatib bera olmaydi. Zondlanganda pulpa boʻshligʻi yopiq. Termometriya iliqdan ogʻriqli boʻlib sovuq taʼsirdan ogʻriqlarning susayishi kuzatiladi. Pulpaning elektr sezuvchanligi tishning hamma doʻmboqlarida pasaygan boʻladi. Perkussiya ayrim hollarda ogʻriqli. Tunda ogʻriqlar zoʻrayadi.

SURUNKALI PULPITLAR

tahrir

Surunkali fibroz pulpit

tahrir

Kasallik anamnezi aniqlanganda bezovta qilayotgan tish, avval oʻtkir pulpitga xos boʻlgan ogʻriqlar bilan bezovta qilganligi maʼlum boʻladi. Surunkali fibroz pulpitda ogʻriqlar

mexanik va termik taʼsirlardan hosil boʻladi. Zondlanganda chuqur kariyes kovagi borligi, kariyes kovagi tish boʻshligʻi bilan tutashmaganligi va aniq zondlanganda bir nuqtada ogʻriqli boʻlib, qonaydi. Termometriya sovuq taʼsirdan ogʻriqli boʻlib hosil boʻlgan ogʻriq, avval sust boʻlib borgan sari zoʻrayib boradi. EOD oʻtkazilganda pulpaning sezuvchanligi 20-40 mkA ga teng. Rentgenologik tekshirish ildiz uchida suyak toʻqimasining soʻrilishi kuzatiladi.

Surunkali gangrenoz pulpit

tahrir

Surunkali gangrenoz pulpit oʻtkir pulpit va uzoq davom etgan surunkali fibroz pulpit oqibatida kelib chiqadi. Bemor termik taʼsirdan yaʼni issiqdan hosil boʻlgan ogʻriqdan

shikoyat qiladi. Ogʻizdan noxush hid keladi. Zondlanganda kariyes boʻshligʻi tish boʻshligʻi bilan tutashgan va ayrim hollarda tutashmagan ham boʻlishi mumkin. Tish boʻshligʻi zondlanganda ogʻriq turli chuqurlikda hosil boʻladi, bu esa gangrenoz jarayonining qay darajada tarqalganligiga bogʻliq. Zondlanganda ogʻriqning yoʻqligi pulpaning nobud

boʻlganligi belgisidir. Pulpaning elektr sezuvchanligi pasaygan va u 40-90 mkA ga teng. Rentgenogrammada ildiz uchi toʻqimalarida soʻrilish kuzatiladi.

Surunkali gipertrofik pulpit

tahrir

Surunkali fibroz pulpit oqibatida kelib chiqadi. Baʼzida qisqa muddatli ogʻriq mexanik taʼsirdan va ayrim holatlarda issiq ovqatdan paydo boʻlishi mumkin. Bemorlar mexanik taʼsir natijasida tishidan oʻsgan toʻqimaning qonashidan shikoyat qiladilar. Tishning toj qismi biroz yemirilgan, kariyes kovagidan oʻsib chiqqan granulyatsiyali oʻsma koʻrinib turadi va zondlanganda qonaydi. Agar zondni chuqurroq kirgizsak ogʻriqli reaksiya hosil boʻladi.

Surunkali pulpit xuruji

tahrir

Bemor oʻz-oʻzidan hosil boʻluvchi hurujsimon ogʻriqdan shikoyat qiladi. Ogʻriqlar kuchli boʻlib uchlamchi nerv shoxlari boʻylab irradiatsiya qilinadi. Ayrim hollarda ogʻriqlar

simillovchi boʻlib tishlaganda zoʻrayadi. Kasallik tarixi aniqlanganda tish, avval pulpitlarning biror bir turi bilan ogʻriganligi maʼlum boʻladi. Zondlanganda tish boʻshligʻi ochiq, ogʻriqli. Pulpaning elektr sezuvchanligi pasaygan. Rentgenogrammada tishning ildiz uchida periodontal yoriqning kengayganini va suyak toʻqimasining soʻrilishi kuzatiladi.

PULPITLARNI DAVOLASH

tahrir

Pulpit kasalligini davolashdan asosiy maqsad tishning anatomik va funksional holatini tiklash. Pulpitlarni davolashning barcha usullarini quydagi koʻrinishda tizimlashtirish mumkin.

Biologik usulda davolash

tahrir
Fayl:Pulpit3rd.JPG
Pulpitlarni biologik usulda davolash: 1 – pulpa; 2 – davolovchi taglik; 3 – dentin; 4 –ajratuvchi taglik; 5 – plomba.

Davolashning bu usuli tish pulpasining toʻliq saqlanishini va hayotiy faolligini davom ettirishni taʼminlaydi. Davolash texnikasi klinik belgilarga qarab oʻziga xos boʻlishi mumkin. Tish kariyes kovagi charxlanayotgan paytda qoʻqqisdan pulpa boʻshligʻi ochilib qolgan (travmatik pulpit) taqdirda, kariyes kovagiga soʻlak tushirmaslikka harakat qilish zarur. Tezlik bilan kovakni biror iliq antiseptik bilan yuvib, quritib jarohatlangan sohaga tarkibida gidrooksi kalsiysi boʻlgan pastadan qoʻyiladi. Kariyes kovagi suvli dentin bilan vaqtinchalik berkitiladi. Jarohatlangan tish 5-7 kun mobaynida bolani bezovta qilmasa, ikkinchi qatnovda vaqtinchalik plombani doimiy plomba bilan almashtiriladi. Oʻtkir pulpitda birinchi murojaat paytida tish kariyes kovagi birmuncha kengaytirilib ochiladi. Kovak tub sathidagi yumshoq dentin 3-4 %li dikainning suvdagi eritmasi bilan yoki anestezin kristallari yordamida 2-3 minut mobaynida ogʻriqsizlantiriladi. Shundan keyin kariyes kovagi tub sathi va devorlaridan jarohatlangan dentin toʻqimasi qavatma qavat koʻchiriladi. Tish koronka boʻshligʻi kichik sharsimon bor yordamida ehtiyotkorlik bilan ochiladi. Bu hol umumiy oʻtkir diffuz pulpitda yalligʻlangan pulpa kovagida yigʻilgan ekssudatning oqib chiqishini va bir qadar pulpa toʻqimasida (qoʻyilgan davolovchi plomba taʼsirida) tiklanish jarayonlarini taʼminlaydi. Qisman (chegaralangan) oʻtkir pulpitda koronka boʻshligʻini ataylab ochish shart emas. Yalligʻlanish natijasida hosil boʻlgan pulpa boʻshligʻidagi ekssudat shakllanmagan boʻlib, anchagina keng ildiz kanallari orqali sizib oqib, pastga tushishi mumkin. Yupqa dentin qavati dentin yoʻllari orqali kovakka qoʻyilgan dori diffuz yoʻli bilan yalligʻlangan pulpaga bemalol oʻtib, taʼsir koʻrsatadi.

Vital amputatsiya usuli

tahrir

Bu usul pulpaning faqat toj qismini olib tashlash va ildiz qismidagi pulpani saqlab qolishga asoslangan. Ushbu usulda davolash uchun koʻrsatmalar:

1. Shakllanmagan ildizli sut va doimiy tishlarda (asosan oldingi guruh) kechadigan surunkali fibroz pulpitda;

2. Oʻtkir mexanik jarohat natijasida koronka qismi sinib, pulpa ochilib qolgan hollarda (jarohatdan keyin 48 soat mobaynida).

Davolash quyidagi bosqichlardan iborat:

1. Ogʻriqsizlantirish;

2. Borlarni tez-tez almashtirib, kariyes kovagidagi nekrozga uchragan toʻqimalarni qatlamma-qatlam olib tashlash;

3. Kariyes kovagini antiseptik eritmalar bilan yuvib quritish;

4. Sterillangan bor yordamida pulpa boʻshligʻini ochish va toj qismidagi pulpani amputatsiya qilish;

5. Qonni toʻxtatish;

6. Pulpa boʻshligʻining tub qatlamiga tarkibida gidrooksi kalsiysi boʻlgan pasta qoʻyib steril paxta ustidan 5-7 kunga suvli dentin bilan berkitish;

7. 5-7 kun ichida bezovta qilmasa, doimiy plombaga almashtirish.

Vital eksterpatsiya usuli

tahrir

Vital eksternatsiya usuli bilan davolanganda bemor bir marta keladi va pulpani nekroz qiluvchi vositalardan foydalanmaydi. Vital eksterpatsiya usuli quyidagi bosqichlardan iborat:

1. Ogʻriqsizlantirish. Buning uchun oʻtkazuvchi va infiltratsiya usullaridan foydalaniladi;

2. Kariyes kovagini charxlash, tish boʻshligʻini ochish;

3. Toj qismidagi va ildiz qismidagi pulpani olib tashlash;

4. Ildiz kanaliga mexanik va dorili ishlov berish;

5. Ildiz kanalini plombalash;

6. Doimiy plomba qoʻyish.

Hozirda pulpitlarni davolashda vital eksternatsiya usulidan keng foydalaniladi.

Divital eksterpatsiya usuli

tahrir

Divital eksterpatsiya usulida davolash uchun bemor ikki marta keladi va pulpani nekroz qiluvchi vositalardan foydalaniladi.

Koʻrsatma: oʻtkir umumiy pulpit, surunkali pulpitlar, surunkali pulpit huruji.

Qarshi koʻrsatmalar: ildizi shakllanmagan tishlar, ildizi soʻrilgan sut tishlar, ildiz kanali yomon oʻtuvchi premolyar va molyar tishlar.

Pulpani toʻliq olib tashlash nekroz qiluvchi pastalar (mishyakli pasta) qoʻyilganidan soʻng amalga oshiriladi.

Divital eksternatsiya usuli quyidagi bosqichlardan iborat:

Birinchi qatnov

1. Ogʻriqsizlantirish;

2. Kichik oʻlchamli sharsimon yoki teskari konus shaklli bor yordamida tish boʻshligʻini bir nuqtada ochish;

3. Tish boʻshligʻining ochilgan, qonayotgan nuqtasiga mishyak pastasi, ogʻriqsizlantiruvchi suyuqlikka xoʻllangan paxta tamponi bilan qoʻyish. Soʻng suvli dentin bilan berkitish. Nekroz qiluvchi pasta bir ildizli tishlarda 24 soatga, koʻpildizli tishlarda 48 soatga qoldiriladi. Surunkali gipertrofik pulpitda nekroz qiluvchi pastani 1,5-2 marta oshirish lozim boʻladi.

Ikkinchi qatnov

1. Vaqtinchalik plombani olib tashlash;

2. Kariyes kovagini charxlash tish boʻshligʻini ochish;

3. Nekroz boʻlgan pulpani olib tashlash;

4. Ildiz kanalida mexanik va dori-darmon bilan ishlov berish;

5. Ildiz kanalini plombalash;

6. Ildiz kanalini toʻliq plombalanganligini rentgenogramma yordamida tekshirish;

7. Doimiy plomba qoʻyib tishning anatomik shaklini tiklash.

Hozirgi vaqtda ushbu usul kam qoʻllanadi.

Divital amputatsiya usuli

tahrir

Divital amputatsiya usuli oʻtkir umumiy pulpit, surunkali pulpitlarni davolashda qoʻllanadi. Bu usul quyidagi bosqichlardan iborat.

1. Ogʻriqsizlantirish;

2. Kariyes kovagini charxlash, tish boʻshligʻini ochish;

3. Toj qismidagi pulpani olib tashlash;

4. Ildiz qismidagi pulpani mumlash. Buning uchun rezorsinformalin eritmasini ildiz kanallariga yuborish va plombalash.

Pulpitlarni davolashda vujudga kelishi mumkin boʻlgan asoratlar.

1. Biologik usul bilan davolashda koʻrsatmani toʻgʻri aniqlamaslik;

2. Tashxisni notoʻgʻri aniqlanishi;

3. Ildiz yoki bifurkatsiya sohasi perforatsiyasi;

4. Ildiz kanalida endodontik asbobning sinishi;

5. Ildiz kanali uchun plombani notoʻgʻri tanlanishi;

6. Ildiz kanalini toʻliq plombalanmasligi;

7. Ildiz kanalini plombalashda plomba ashyosini ildiz uchi teshigidan chiqarib yuborish;

8. Davolashning divitalizatsiya usuli qoʻllanganda vaqtinchalik plombani notoʻgʻri qoʻyilishi sababli tishda ogʻriq paydo boʻlishi;

9. Arsenat kislotasining ortiqcha miqdorda qoʻyilganligi yoki koʻrsatilgan muddatdan uzoqroq vaqt mobaynida tish kovagida qolishi oqibatida periodontning yalligʻlanishi.

Tayanch iboralar:

tahrir

Pulpit – pulpa toʻqimasining yalligʻlanishi;

Vital amputatsiya usuli – pulpaning faqat toj qismini olib tashlash va ildiz qismidagi pulpani saqlab qolishga asoslangan davolash usuli;

Vital eksterpatsiya usuli – bemorning birinchi qatnovida pulpani nekroz qiluvchi vositalardan foydalanilmasdan toʻliqligicha olishga asoslangan davolash usuli;

Divital eksterpatsiya usuli – pulpani nekroz qiluvchi vositalardan foydalanilgan holda, ikki qatnovda davolashga asoslangan usul;

Arsenat kislotasi – nekroz qiluvchi vosita.

Ekssudat – suyuqlik[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. N.A. TASHPULATOVA. Stomatologik kasalliklar. «Fan va texnologiya» 2016.