Pierre Deligne

belgiyalik matematik
(Pyer Delindan yoʻnaltirildi)

Pierre Deligne (talaffuzi: Pyer Delin) (1944-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) — belgiyalik matematik. Deligne 1973-yilda Weil gipotizasini toʻliq isbotlab, shuhrat qozongan. U 1978-yilgi Fields medali[1], 1988-yilgi Crafoord mukofoti, 2008-yilgi Wolf mukofoti va 2013-yilgi Abel mukofoti sovrindori[2]. Deligne Fields medali, Wolf mukofoti hamda Abel mukofoti bilan taqdirlangan besh matematikning biridir (Jean-Pierre Serre, John Milnor, John Thompson hamda Grigoriy Margulis bilan bir qatorda).

Pierre Deligne
Tavalludi 3-oktyabr 1944-yil (1944-10-03) (80 yosh)
Etterbeek, Belgiya
Fuqaroligi Belgiya
Sohasi Matematika
Institutlar Perspektiv tadqiqotlar instituti
Ilmiy tadqiqot oliy instituti
Taʼlimi Bruxelles ozod universiteti
Akademik rahbarlari Alexander Grothendieck
Mashhur shogirdlari Lê Dũng Tráng
Miles Reid
Michael Rapoport
Mashhur ishlari Weil gipotezasi isboti
notoʻgʻri bogʻlamlar
Mukofotlari Fields medali (1978)
Crafoord mukofoti (1988)
Balzan mukofoti (2004)
Wolf mukofoti (2008)
Abel mukofoti (2013)

Deligne Bruxellesda tugʻilgan, Bruxelles ozod universitetida tahsil olgan[3]. Deligne Alexander Grothendieck rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilganidan soʻng, u bilan Parij yaqinidagi Ilmiy tadqiqot oliy institutida ishlagan[4]. 1968-yilda esa Jean-Pierre Serre bilan ishlagan. U, shuningdek, David Mumford bilan algebraik chiziqlar modullari fazolarini tasvirlash masalasi boʻyicha hamkorlik qilgan.

1970–1984-yillarda AQShda Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan, bir vaqtning oʻzida Ilmiy tadqiqot oliy institutining doimiy xodimi boʻlib qolgan. Perspektiv tadqiqotlar institutida u algebraik geometriya sohasiga tegishli boʻlmagan koʻplab muhim ilmiy ishlar ustida ishlagan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir