Pyotr Fedorovich Shevsov (25-iyul, 1912-yil, Buxoro, Buxoro amirligi — 17-yanvar, 1944-yil) — sovet harbiy uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1937), polkovnik.

Pyotr Shevsov
Tavalludi 25-iyul 1912-yil
Buxoro, Buxoro amirligi
Vafoti 17-yanvar 1944-yil(1944-01-17)
(31 yoshda)
Dubrovka, Rudnyanskiy tumani, Smolensk viloyati, SSSR bayrogʻi SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1930—1944
Unvoni SSSR havo kuchlari darajasi polkovnik

Biografiyasi tahrir

Shevsov Buxoro shahrida temiryo‘lchilar oilasida tug‘ilgan. 1920-yildan Turkiston ASSR Sirdaryo viloyati Chimkent tumani Tyulkubas stansiyasida yashagan. Shu yerda 4-sinfni tamomlagan. 1928-yilda Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuziga oʻtgan. 1929-yilda Orenburgga koʻchdi. Lokomotiv taʼmirlash zavodida qozonchi[1] boʻlib ishladi.

1930-yilda Qizil Armiya safiga kirdi. 1932-yil fevral oyida Orenburgdagi 3-harbiy uchuvchilar maktabiga oʻqishga yuborildi. 1933-yilda tamomladi[1]. Bryanskda joylashgan 107-alohida qiruvchi aviatsiya eskadronida xizmat qilish uchun yuborildi.

1936-yil noyabrdan 1937-yil avgustigacha internatsionalist koʻngillilar safida Ispaniya fuqarolar urushida qatnashgan. I-16 eskadroniga qoʻmondonlik qilgan. Uchuvchilik uslubi ortidan unga Kamarado Pedro taxallusi berildi.

1937-yil 16-mart holatiga koʻra, havo janglarida 1 ta dushmanni oʻzi, 1 tasini esa guruh boʻlib oʻldirgan. Ispaniya osmonidagi gʻalabalarning umumiy soni turli manbalarda turlicha koʻrsatilgan: 4 ta (shaxsan 3 ta va guruh bilan 1 ta) yoki 5 ta (shaxsiy 2 ta va guruh bilan 3 ta)[2].

Avgust oyi boshida Shevsovning xorijdagi xizmat safari yakunlandi va vataniga chaqirildi. Ispaniyada koʻrsatgan jasorati uchun 1937-yil 22-oktyabrda unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.

1938-yilda 1-maxsus maqsadli armiya qoʻshma polkining qoʻmondoni boʻldi, keyin oʻsha yilning avgust oyida Belorussiya maxsus harbiy okrugining 66-havo brigadasi komandiri etib tayinlandi. 1938-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi boʻlgan[1]. 1939-yilda Shevsov Bosh shtab Harbiy akademiyada Qoʻmondonlik tarkibini takomillashtirish kursini tamomlagan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Shimoliy-Gʻarbiy va Gʻarbiy frontlarning Harbiy havo kuchlarida jang qilgan. 1942-yil 19-yanvarda 510-qiruvchi aviatsiya polkining eskadron komandiri lavozimini egalladi. 1942-yil 20-iyuldan 1942-yil 4-dekabrgacha 627-qiruvchi aviatsiya polkining uchuvchisi, keyin esa navigator boʻlgan. 1943-yil 6-iyulda 272-qiruvchi aviatsiya polkining eskadronlaridan birini, 26-dekabrdan esa polkning oʻzini boshqargan[1].

1939-yil 23-noyabrda Qizil Armiya Harbiy-havo kuchlarining inspektori-uchuvchisi lavozimiga oʻtkazildi[1].

1939—1940-yillarda Sovet-fin urushida qatnashgan[1].

1943-yil 17-oktyabr holatiga koʻra, Shevsov jami 168 marta parvoz qilgan, 23 ta havo jangida qatnashgan, 7 ta dushman samolyotini shaxsan yoʻq qilgan[3][4].

1944-yil 17-yanvarda Dubrovka aerodromida La-5 samolyoti halokatida vafot etdi va Smolensk viloyatining Rudnyanskiy tumaniga qarashli Dubrovka qishlogʻida dafn qilindi. Keyinchalik Rudnya shahridagi ommaviy qabrga dafn qilindi.

Xotirasi tahrir

Rudnya shahridagi koʻchaga, Tyulkubas shahar tipidagi posyolkadagi maktab va koʻchaga uning nomi berilgan.

Mukofotlari tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.
  • Orenburjsi — Geroi Sovetskogo Soyuza: bibliograficheskiy ukazatel / Bibliogr. otd.; sost. N. A. Kuznesova. — 1. — Orenburg: Oblastnaya nauchnaya biblioteka imeni N. K. Krupskoy, 1987. — S. 135. — 155 s.
  • Zolotie zvyozdi Orenburjya: biograficheskiy spravochnik / V. P. Rossovskiy; red. Ye. A. Urbanovich; res. U. A. Batirov, N. M. Rumyansev. — izd. 2-e, pererab. i dop. — Orenburg: IPK „Yujniy Ural“, 2005. — S. 96—97. — 595 s. — ISBN 5-94461-009-3.
  • Geroi Sovetskogo Soyuza — kazaxstansi / pod red. N. Zvereva. — Alma-Ata: Kazaxstan, 1968. — T. 2. — S. 399—400. — 25 600 ekz.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Сведения в учётно-послужной картотеке“. в электронном банке документов «Память народа» (архивные материалы: ЦАМО, учётно-послужная картотека; расположение документа: шкаф 681, ящик 70). 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  2. „Pyotr Shevsov“ (ru). Герои страны („Heroes of the Country“).
  3. 3,0 3,1 „Наградной лист представления к ордену Отечественной войны“. в электронном банке документов «Память народа» (архивные материалы: ЦАМО, фонд: 33, опись: 686044, дело: 385, лист: 69). 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  4. „Подвиг народа“. podvignaroda.ru. 2010-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
  5. 5,0 5,1 „Сведения о наградных документах представления к званию Герой Советского Союза“. в электронном банке документов «Память народа» (архивные материалы: ЦАМО, картотека награждений; расположение документа: шкаф 97, ящик 20). 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  6. „Сведения о наградных документах представления к ордену Красного Знамени“. в электронном банке документов «Память народа» (архивные материалы: ЦАМО, картотека награждений; расположение документа: шкаф 97, ящик 20). Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  7. „Сведения о наградных документах представления к ордену Красного Знамени“. в электронном банке документов «Память народа» (архивные материалы: ЦАМО, картотека награждений; расположение документа: шкаф 97, ящик 20). Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  8. „Наградной лист представления к ордену Красного Знамени“. в электронном банке документов «Память народа» (архивные материалы: ЦАМО, фонд: 33, опись: 686044, дело: 811, лист: 8). 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.

Havolalar tahrir