Qahramon Quronboyev

oʻzbek davlat arbobi

Qahramon Qoʻchqorovich Quronboyev (Қаҳрамон Қўчқорович Қуронбоев, 1970-yil 21-iyul, Xorazm viloyati, Shovot tumani) – oʻzbekistonlik pedagog va davlat arbobi. 2024-yildan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi[1].

Qahramon Qoʻchqorovich Quronboyev
Қаҳрамон Қўчқорович Қуронбоев
 Oʻzbekiston mahallalari
uyushmasi raisi
 
Mansab davri
2024-yil 17-yanvardan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi raisi
 
Mansab davri
2017-yil 3-iyuldan – 2019-yil 30-avgustgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Alisher Saʼdullayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-iyul 1970-yil (1970-07-21) (54 yosh)
Xorazm viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiya

tahrir

1970-yil 21-iyulda Xorazm viloyati Shovot tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Toshkent universitetini, 2004-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Siyosatshunoslik fanlari doktori, professor. 1997—2008-yillarda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 20082012-yillarda Oʻzbekiston milliy universitetining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha prorektori.

20122013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori. 2013—2015-yillarda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari boʻlgan. 20152016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil departamentining Yoshlar siyosati va maʼnaviy rivojlanish shoʻbasi mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

2017-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy masalalar va kadrlar boʻyicha davlat maslahatchisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan[2]. 2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi raisi lavozimida ishlagan[3]. 2019-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

2023—2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yoshlar siyosati departamentining rahbari. 2024-yil 16-yanvarda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi etib saylandi. Uning maqomi Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosariga tenglashtirilgan.

Tanqidlar

tahrir

2018-yil 5-iyun kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda yoshlar ittifoq raisi Qahramon Quronboyev toʻydagi kelin bilan kuyovni avtomobildan tushirib, taksiga oʻtqazib, joʻnatib yuborganini va qolgan mashinalarni esa orqaga qaytarganini aytgan. Bu harakatlarini „yoshlarni tarbiyalash kerakligi“ bilan izohlagan[4].

2024-yil 14-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev mahalla faollari oʻz hududida har kuni ertalab madhiya kuylashi kerakligi, kechqurun esa uning oʻziga shaxsan kunlik hisobot topshirishlari lozimligini aytgan. Ijtimoiy tarmoqlarda bu topshiriqlar mehnat qonunchiligiga zid ekani aytilgan[5][6].

Oilasi

tahrir

Akasi – Oʻktamboy Qoʻchqorovich Quronboyev, 2020-yil mart oyidan 2023-yilning yanvarigacha Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimi boʻlgan[7].

Mukofotlari

tahrir

2021-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

2024-yil 24-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan[8].

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir