Qamariddin Ortiqov

Qamariddin Ortiqov

Qamariddin Ortiqov, (1950-yil 2-aprel; Toshkent O'zbekiston SSR) — oʻzbekistonlik teatrshunos, tanqidchi, ssenariynavis, tarjimon, radio va teledasturlar muxbiri. Oʻzbekiston teatr uyushmasining aʼzosi[1].

Qamariddin Ortiqov
Qamariddin Ortiqov.jpg
Tavalludi 2-aprel 1950-yil (1950-04-02) (72 yosh)
Fuqaroligi Flag of the Uzbek Soviet Socialist Republic (1952–1991).svg O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Teatrshunos,
tarjimon,
telemuxbir,
tanqidchi

Taʼlimi va ijodiy faoliyatiTahrirlash

Qamariddin Ortiqov, 1974-yilda A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va sanʼat institutining teatrshunoslik yoʻnalishini tamomlagan[2]. 1982 — 1985-yillarda Lunacharskiy nomidagi Rossiya teatr sanʼati institutida aspirantura oʻqigan[1].

Q. Ortiqov kinostudiyalarda, teatrga oid nashriyotlarda, shuningdek, „Yosh gvardiya“ nomli oʻzbek teatrida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari oʻzbek va rus tillarida spektakllar sahnalashtirgan. Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatrda, Qarshidagi „Eski masjid“, Estoniyaning Tartu shahrida joylashgan Vanemuyne (estoncha: Ванемуйне) kabi nufuzli teatrlarda faoliyat olib borgan. 1989-yildan 1995-yilgacha „Ijod olamida“ (ruscha: В мире творчества) „Mikrofon qarshisidagi teatr tanqidchisi“ (ruscha: Театральный критик у микрофона) dasturlariga boshlovchilik qilib kelgan. 1988 — 1991-yillar O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi ijodiy bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan. U dramaturgiya, teatr tanqidi, xoreografiya muammolari bilan shugʻullangan. 1991 — 1992-yillar Hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar studiyasida muharrir boʻlib ishlagan. Qamariddin Ortiqov oʻtgan asrning 90-yillarida ancha samarali ijod qilgan. Xususan, „Bahodir Yoʻldoshev“, „Bernara Karieva“, „Qizlarxon Doʻstmuhammedova“ va „Bahodir Zokirov“ kabi telenamoyishlarini, Bahodir Yoʻldoshev tavalludining 50 yilligiga bagʻishlangan „Usto“ telekoʻrsatuvining muallifi hamdir. „Jang sanʼati dunyosi“ (ruscha: Мир боевых искусств) nomli teleloyiha va „Kvadrat gʻildirak“ (ruscha: Квадратное колесо) nomli dasturlarga (2002) ham mualliflik qilgan.

1996 — 1998-yillarda O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida yetakchi muharrir bo‘lib ishlagan. 2002-yildan boshlab „Yoshlar“ radiosining oylik "Madaniyat yangiliklari (ruscha: Новостей култури) dasturini olib borgan.

Dramaturg Sharof Boshbekovning „Tikansiz tipratikanlar“ (ruscha: Ежики без колючек) va „Taqdir eshigi“ (ruscha: Врата судьбы) kabi pyesalarini rus tiliga tarjima qilgan. 2001-yil „TV-30“ telekanalining bosh muharriri etib tayinlandi.

Qamariddin Ortiqov „Xrizantema bogʻi“ (ruscha: Сад хризантем) nomli animatsion film, „Bizga isteʼdodlar kerakmi?“ (ruscha: Нужны ли нам таланты?), „Teatr uchrashuvlari: Sharq — G‘arb“ (ruscha: Театральные встречи: Восток- Запад), „Surxon cho‘qqilari“ (ruscha: Сурханские высоты), „Qo‘g‘irchoq teatrining sirlari“ (ruscha: Тайны театра кукол) kabi hujjatli filmlar ssenariysining muallifidir.

U Qirgʻiziston televideniyesidagi „Bu katta kichik teatr“ (ruscha: Этот маленький-большой театр) telekoʻrsatuvini olib borgan (1995). Q. Ortiqov, shuningdek, Xans Kristian Andersen ertaklari asosida yozilgan Stanevichning „Irkit oʻrdakcha“ nomli pyesasidan foydalanib, „Andersenni ijro etamiz“ (ruscha: Играем Андерсена) spektaklining sahna versiyasiga (1996-yil 3-iyul) mualliflik qilgan[3].

 
Qamariddin Ortiqov Shams-i-Qamar teatrining muxlislari bilan

Rejissyor va ssenariynavis sifatida Bahodir Yoʻldoshev nomidagi "Diydor" eksprimental-yoshlar teatr-studiyasi hamda "Ilhom" teatr-studiyasiga bilan ham yaqin ijodiy aloqalar oʻrnatgan.

Qamariddin Ortiqov 2003-yilda „Oy soati“ (ruscha: Час луны) nomli kitobini nashrdan chiqargan[1]. 2015-yilda esa „Tasviriy imzo“ (ruscha: Живописний автограф) nomli galereya uyini ochadi[4]. O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, „O‘zbekteatr“ uyushmasi va Shveytsariyaning hamkorlik bo‘yicha byurosi tomonidan Buxoroda tashkil qilingan „Yozgi teatr akademiyasi“da (Ustoz va shogird sanʼat ustalari yozgi maktabi) ishtirok etib, talabalar uchun mahorat darslari olib borgan[5]. U hozirgi kunda „Shams-i-Qamar“ teatr-studiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda[6].

ManbalarTahrirlash

  1. 1,0 1,1 1,2 „Камаритдин Артыков“ (2-oktabr 2003-yil). 17-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-oktabr 2022-yil.
  2. „Визит в «Поленово»“ (4-mart 2022-yil). 17-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-oktabr 2022-yil.
  3. „И снова Андерсен“ (9-yanvar 2013-yil). 17-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-oktabr 2022-yil.
  4. „Выставка «Живописный автограф» в Галерее изобразительного искусства Узбекистана.“ (10-fevral 2015-yil). 17-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-oktabr 2022-yil.
  5. „Buxoroda Yozgi teatr akademiyasi bo‘lib o‘tmoqda“ (16-iyul 2015-yil). 18-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-oktabr 2022-yil.
  6. „"Наш и только наш Маленький принц": удивительный спектакль театральной студии "Шамси Камар"“ (17-yanvar 2020-yil). 17-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-oktabr 2022-yil.