Qissayi Sayfulmuluk

tahrir

XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida yashab o'tgan shoir Majlisiy tomonidan yozilgan ushbu asar XVI asr o'zbek adabiyotiga turkumiga kiritiladi.Doston Majlisiyning bizgacha yetib kelgan yagona asaridir.

Dostonning yaratilish tarixi

tahrir

Asarning yaratilish tarixi va manbalari haqida uning muqaddimasida muallif tomonidan ma'lumot berib o'tilgan.Unga ko'ra,shoir dostonni yigitlik ayyomida,badiiy ijodda ma'lum tajriba to'plagan davrida yaratgan.Majlisiy "Qissayi Sayfulmuluk"ni o'z boshiga qandaydir ish tushgan ,do'stlaridan yiroqlashib musofirlik mashaqqatlarini chekkan bir sharoitda yozganini ham ta'kidlab o'tadi.Doston xalqqa manzur bo'lgan va ularning mashhur "Xalq kitoblari" turkumidan o'rin olgan.Shoir asarni yaratishda "Ming bir kecha"dan va xalq og'zaki ijodi namunalaridan keng foydalanadi.U o'zbek,qozoq,turkman,tatar va boshqa turkiy xalqlar[1][1] orasida shuhrat qozongan."Qissayi Sayfulmulk" ham bosma,ham qo'lyozma holida xalq orasida keng tarqalgan.U ilk marotaba 1883-yili Qozonda nashr etiladi.Va ushbu nashr boshqa yillarda chop etilgan nusxalariga qaraganda mukammalroq bo'lib,uning hajmi 4000 misrani tashkil etadi.1959-yili asar alohida kitob holida nashrdan chiqadi.Doston rus tiliga tarjimon Vladimir Lipko tomonida o'girilgan.

Dostonning g'oyasi va obrazlari

tahrir

"Qissayi Sayfulmuluk" ishqiy-sarguzasht dostondir.Unda Misr podshohi Osim ibn Safvonning o'g'il ko'rishi ,bolaga Sayfulmuluk deb ism qo'yilishi,vazir Homidning ham o'g'il ko'rishi,unga Soid deb ism berilishi va bu ikki bolaning ko'kaldosh bo'lishi,ularning favqulodda hodisalarga to'la murakkab sarguzashtlari,Sayfulmulukning Fatina shohi Shahbol qizi Badeuljamolga,Soidning esa Badeuljamolning emikdoshi Sarandil(Sarandip-Shri-Lanka) shohi qizi Rabiulmulkka uylanishi,Sayfulmulukning odil podshoh,Soidning unga Vazir bo'lishi haqida hikoya qilinadi.Dostonning yetakchi mavzusi bo'lgan sevgi qahramonlarning murakkab sarguzashtlarida mujassamlashadi,vafo,sadoqat,do'stlik,mardlik,ahillik va qahramonlik kabi fazilatlar bilan birga kamol topadi.Shoir yarim hayotiy,yarim afsonaviy voqealar bayonida sof va samimiy sevgini,sevguvchilarning oliyjanob fazilatlarini kuylaydi.

Dostonning bosh qahramoni- Sayfulmuluk.U samimiy va sadoqatli oshiq,jasoratli va fidokor qahramon.Sayfulmuluk ishq yo'lida baxt-saodatga erishish uchun kurashga va g'alabaga shaylangan oddiy inson sifatida tasvirlangan.Sayfulmulukning do'sti-Soid esa sadoqatli do'st va jasur insondir..U barcha mashaqqatli kunlarda do'sti bilan birga bo'ladi.Dostonda yana Misr shohi Osim,Yaman shohi Badeulasr,Fatina shohi Shahbol va Sarandip shohi obrazlari berilgan.Majlisiy dostonda bir nechta xotin-qizlar obrazini ham yaratadi.Rabialmulk,Badeuljamol va onalar.Shoir xotin-qizlarga davrining peshqadam insonparvari va ma'rifatparvari sifatida yondashadi,ularning haq-huquqlarini himoya qiladi.Majlisiy yaratgan bu obrazlar to'g'rilik,halollik,samimiyat,qat'iyat,jur'at,sadoqat va boshqa ijobiy xislatlar bilan namoyon bo'ladi.

  1. 1,0 1,1 N.M.Mallayev. O'zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: "O'qituvchi", 1976.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "O'zbek adabiyoti tarixi" defined multiple times with different content