Qizilqoʻgʻa (tuman)
Qizilqoʻgʻa audani — Qozogʻiston Respublikasiga qarashli Atirov viloyati tarkibidagi tuman. Tumanning maʼmuriy markazi — Miyali qishlogʻi.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Atirov viloyati |
Maʼmuriy markazi | Miyoli |
Asos solingan sanasi | 1944-yil |
Akim | Takeshov Amanjan Adilxanovich |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2010) | 30 594[1] (4-oʻrin) |
Zichligi | 1,2 kishi./km² |
Maydoni | 24 900 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 71238 |
Pochta indeksi | 060500-060509[2] |
Avtomobil raqami kodi | E, 06 |
Xaritada | |
48°16′48″N 53°51′0″E / 48.28000°N 53.85000°E |
Geografiyasi
tahrirTuman hududi 24,9 ming km². Yer relefi — tekisliklardan iborat. Qizilqoʻgʻa tumani gʻarbida Atirov viloyatining Inder va Mahambet tumanlari bilan, Atirov shahri bilan, shimoliy tarafidan Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining Sirim va Qoratepa tumanlari bilan, sharqiy tarafidan Oqtoʻba viloyatining Oʻyil va Baygʻanin tumanlari bilan, janubiy tomonidan Atirov viloyatining Maqat va Jilioʻy tumanlari bilan chegaradosh.
Iqlimi
tahrirIqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, qor kam yogʻadi, yozi issiq va quruq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −12 °C (ayrim paytlarda −40 °C-gacha tushib ketadi), iyulda 25,4 °C (ayrim paytlarda 43 °C-gacha koʻtariladi). Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200 mm.
Ijtimoiy soha
tahrirTuman hududida avtomobil yoʻli Sagʻiz stansiyasidan tuman markazi Miyali qishlogʻi bilan va Qorabogʻ qishlogʻi orqali Inderbor va Maqat qishloqlari bilan bogʻlaydi. Qizilqoʻgʻa tumanida aloqa boʻlimi, qishloq xoʻjaligi qurilish mahkamasi, bosmaxona, savdo mahkamalari, kasbiy-texnik maktab, 13 ta oʻrta maktab, 27 ta tibbiyot mahkamalari, 15 ta madaniyat uyi, 20 ta kutubxona faoliyat yuritmoqda. 1952-yildan boshlab tuman gazetasi chop etiladi.
Aholisi
tahrirTuman aholisi 30,5 ming kishi (2010). Qizilqoʻgʻa tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 1,2 kishidan toʻgʻri keladi.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Atirov viloyatining hokimyati[sayt ishlamaydi]