Qoʻrgʻoshinqalʼa – qadimiy shahar xa robasi (milodiy IIV asrlar). Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqal’a tumanida joylashgan. Toʻrtkoʻl shahridan 44 km shimoli-sharqda. 1938-yilda Sergey Tolstov va Yahyo Gʻulomovlar tomonidan roʻyxatga olingan. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan.

Tuzilishi va holati

tahrir

Qal’aning qum ostida qolib ketgan, toʻgʻri burchakli devor qoldiqlari saqlangan. Tashqi devorning qalinligi salkam 2,5 metr, devorning ichki qismi qalinligi esa 2 metrdan oshadi. Ushbu devorning pastki qismi yerdan 1,5 metr balandlikda paxsadan qurilgan. Soʻngra ustidan xom gʻisht terib chiqilgan. Devor uchun ishlatilgan gʻishtlarga turli oʻlchamdagi shakl va tamgʻalar bosilgan Mudofaa devorida boʻrtib chiqqan 15 tacha burjlar bor. Burj va devorlarda dushmanga oʻq otish uchun maxsus nishon tuynuklari va devorda jangchilar harakati uchun maxsus yoʻlak qoddirilgan. Qal’adan uy-roʻzgʻor buyumlari, hayvonlar rasmi solingan sopol boʻlaklari va mis tangalar topilgan.