Qoraqoʻl
Qoraqoʻl (1889-1921 va 1939-90 yillarda Prjevalsk) — Qirgʻiziston Respublikasi Issiqkoʻl viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Terskay Olatovining shimoliy etagida, Qoraqoʻl daryosi boʻyida. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 64,3 ming kishi (1999). 1871-yildan Jetisuv viloyatidagi uyezd shahri. Oziq-ovqat, meva-sharob, gʻalla mahsulotlari, shu jumladan, non, baliq zavodlari, sut, goʻsht kombinatlari va yengil sanoat (poyabzal va tikuvchilik fabrikalari); elektr-texnika zavodi, elektr issiklik markazi, aeroport bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi (temir-beton qorishmalari, gʻisht-shagʻal zavodlari). Pedagogika instituti, Issiqkoʻl universitetining oliy iqtisod kolleji, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Qoraqoʻl atrofida "Oqsuv" va "Jetioʻgʻiz" balneologik kurortlari joylashgan.
Qoraqoʻl qirgʻizcha: Каракол | |
---|---|
Shahar | |
42°29′26″N 78°23′37″E / 42.49056°N 78.39361°E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
Hukumat | |
• mer | Farxad Aljambayev |
Asos solingan | 1869-yil 1-iyul |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar, xristianlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +996-3922-XXXXX |
Pochta indeks(lar)i | 722200 |
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |