Qovurilgan oʻrgimchaklar Kambodjaning ayrim yerlarida mashhur boʻlgan yegulikdir. Poytaxt Pnompenda koʻp sotilmasa-da, mamlakatning boshqa shaharlarida kundalik taom sifatida yeyiladi.[1] Yirik oʻrgimchaklar oʻrmonlarda ovlanib, yogʻda qovuriladi. Bu anʼana qachon boshlangani nomaʼlum, bir taxminga koʻra Qizil Khmerlar hukmronligi paytidagi ocharchilik tufayli shunday ozuqa isteʼmol qilinishi boshlangan, deyiladi.[2]

Qovurilgan oʻrgimchak va hasharotlar sotayotgan ayol. Kambodja, 2010.

Bunda asosan katta tarantulalar pishiriladi, bir porsiyasi 300 riel (~150 soʻm) turadi.[3] Tayyorlangan oʻrgimchaklarga sarimsoq, tuz, qayla qoʻshiladi. Mazasi "tovuq va baliqqa oʻxshaydi, " deb taʼriflangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Eating spiders in Skuon, Cambodia
  2. Ray, Nick (2002), Lonely Planet Cambodia, Lonely Planet Publications, ISBN 1-74059-111-9. p. 308.
  3. ABC News Online (2-sentabr, 2002). "Spiderwomen serve up Cambodiaʼs creepy caviar (Wayback Machine saytida 2008-06-03 sanasida arxivlangan).