Qumdaryo
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Qumdaryo, Qalqamasoy — Qashqadaryo viloyatining shimolidagi daryo. Uz. 103 km, havzasining maydoni 866 km². zarafshon tizmasi gʻarbiy tarmoqlarining janubiy yon bagʻirlarida, 1880 m balandlikdan boshlanadi. Chambil qish-logʻidan quyida (boshlanishidan 26 km da) suvi sugʻorishga sarflanadi va Dautosh qishlogʻidan quyiroqda (boshlanishidan 35 km da) Suluk qishlogʻigacha (boshlanishidan 60 km da) qurib qoladi. Undan pastroqda, 43 km masofa davomida quruq oʻzan sifatida kuzatiladi. Asosiy irmoqlari: Gʻovkanasoy, Quruqsoy, Langar (barchasi oʻng qirgoqdan). Qor, qis-man yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toʻlinsuv davri yanvar — mayda boʻlib oʻtadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi Chambil qishlogʻi yonida 2,05 m³/sek. Oʻrtacha yillik suv sarfi 6,08 m³/sek. dan (koʻp suvli yilda) 0,750 m³/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Eng koʻp suv sarfi 105 m’/sek.gacha mart — aprelda, eng kam suv sarfi 0,42 m³/sek. dan oʻzanni qurib qolishigacha iyul—dekabrda kuzatiladi.
Qumdaryo | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 103 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |