Rakaat
(Rakatdan yoʻnaltirildi)
Rakaat (arab. — muayyan amallarning namozda takrorlanishi) — islomda namozning asosiy qismi, namoz oʻqishda bajariladigan muayyan harakatlar va ular bilan qoʻshib oʻqiladigan duolar. Har Rakat bir necha ibodat harakatlarini oʻz ichiga oladi: tik turish, belgacha egilish (rukuʼ), boshni yerga qoʻyish (sajda), tiz choʻkish (qaʼda) va yana tik turishdan iborat bir tartibdagi harakatlardan tashkil topadi. Bir Rakat tugagach, yangi Rakat boshlanadi. Har bir namoz — xoh farz boʻlsin, xoh sunnat boʻlsin, maʼlum miqdordagi Rakatlarni oʻz ichiga oladi. [1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |