Rasul Baltayevich Baltayev (tug‘ilganidagi ismi-sharifi Saidrasul Boltaxo‘ja o‘g‘li, 1917—1959) — Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, tibbiyot xizmati mayori, 3-Ukraina fronti (Dneprni ishg‘ol etishda qatnashgan) 57-armiyaning 113-o‘qchi diviziyasi 201-alohida tibbiy-sanitariya bataloni komandiri.

O‘zbekiston SSR sog‘liqni saqlash tashkilotchisi (Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i), O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash vazirligi 4-bosh boshqarmasi asoschisi va birinchi rahbari (keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya birlashmasi bo‘ladi)[1], O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash vazirligining 1-sonli va 2-sonli markaziy kasalxonalari (vaqt o‘tgach, mustaqil kasalxonalarga aylantirilgan) birinchi bosh shifokori[2][3] .

Biografiyasi tahrir

R.B.Boltayev 1917-yilda O‘zbekiston SSRning Toshkent viloyatida (hozirgi Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hududi) tug‘iladi. U oilada 5 farzandning eng kenjasi edi.  

U 1940-yilda Toshkent tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlab, teri-tanosillar kasalligi bo‘yicha shifokor bo‘lib ishlaydi.

Urush yillari tahrir

1941-yil 16-iyul R.Boltayev O‘zbekiston SSR Oktyabr THK (tuman harbiy komisariati) tomonidan Sovet Armiyasi safiga chaqiriladi. Urush boshlanganidan so‘ng darhol 113-o‘qchilar diviziyasining 1292-sonli otishma polkining katta harbiy shifokori sifatida armiyaga jo‘natiladi. Armiyada u polkning katta shifokori, 201-alohida tibbiy-sanitariya batalonining komandiri bo‘ladi. Gʻarbiy frontda, Janubi-g‘arbiy frontda, Cho‘l frontida (keyinroq 2-Ukraina fronti), 3-Ukraina frontida dumanga qarshi ham jang qiladi.

Rasul Boltayevning birinchi mukofoti "Harbiy xizmatlari uchun" medali edi[4] . Mukofot varaqasiga[5] yozilishicha, medal “200 dan ortiq yaradorlarni jang maydonidan olib chiqishni tashkil etgani uchun” berilgan. Barcha yaradorlar oziq-ovqat bilan ta’minlangan, malakali tibbiy yordam ko‘rsatiladi (qo‘l-oyoq singanini transport immobilizasiyasi, qon va plazma quyish, antiseptik bog‘lash, shok holatidan chiqarish va hokazo)” . 1944-yilda tibbiyot xizmati kapitani Rasul Boltayev “ 201-tibbiyot bataloni ishini yaxshi tashkil etgani uchun” II darajali “Vatan urushi” ordeni[4][6] bilan taqdirlangan. Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi markaziy arxivi qaydnomalarida, to‘rt kunlik janglar davomida tibbiy batalon 1500 ga yaqin yaradorni qabul qilgan, ularning 50% dan ortig‘i faol jarrohlik davolashidan o‘tadi. Tibbiy batalon komandiri Rasul Boltayev tomonidan tashkil etilgan yaradorlarni o‘z vaqtida evakuasiya qilish va malakali jarrohlik yordamini tezkorlik bilan ko‘rsatish tufayli kelgan yaradorlarning tibbiy batalonda o‘lim darajasi misli ko‘rilmagan darajada past, ya’ni 0,9 foizni tashkil etadi . 1944 yilda tibbiyot xizmati kapitani R.Boltayev “201-tibbiyot bataloniga a’lo rahbarlik qilgani, jangovar postidagi fidokorona va halol mehnati uchun” Qizil Yulduz ordeni[4][7] bilan taqdirlanadi. Rasul Boltayev egallab turgan lavozimiga qaramay, jangovar sharoitlarda yordam ko‘rsatishda bevosita ishtirok etish uchun frontga jo‘naydi .

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 9-maydagi Farmoni bilan R.B.Baltayev “1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun” medali bilan aqdirlanadi»[4] .

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945 yil 9 iyundagi Farmoni bilan R.B.Boltayev "Budapeshtni ishg‘ol etilgani uchun" medali bilan taqdirlanadi[4] .

Rasul Boltayev Avstriyadagi urushni 3-Ukraina fronti tarkibida tibbiy xizmat mayori unvoni bilan, 57-armiyaning 113-o‘q diviziyasining 201-alohida tibbiy-sanitariya bataloni komandiri sifatida nihoyalaydi[4][8] .

Urushdan keyingi yillar tahrir

« Pravda Vostoka » gazetasining 1959-yil 3-dekabrdagi 283 (10953)[9] sonida yozilishicha, Sovet Armiyasi safidan demobilizatsiya qilingandan keyin R.B.Boltayev Oʻzbekiston dermatovenerologiya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi, Toshkent shahar Frunze tumani sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi bo‘lib faoliyat yuritadi. 1950-yilda Qarshi shahriga Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga ishga yuborilib, urushdan keyingi og‘ir yillarda o‘zining tashkilotchilik qobiliyatini yaqqol namoyon etadi, viloyat aholisi salomatligini mustahkamlash borasida Qashqadaryo viloyati, turli kasalliklarga (traxoma, sil, teri-tanosil, ruhiy kasalliklar va boshqalar) qarshi kurashish, kadrlar bilan ishlashlar bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshiradi.

1952-yilgacha Qashqadaryo viloyatida traxomatoz xizmati mavjud emas edi. Joriy yilning sentyabr oyida Qarshi shahrida 50 o‘ringa mo‘ljallangan birinchi traxomatoz dispanser ochilib, 2 yildan so‘ng viloyat traxomatoz dispanseriga aylantiriladi. Oradan bir yil o‘tib, Qarshi shahrida bir qancha traxomatoz markazlar ochiladi. Traxoma kasalligiga qarshi tezkor chora-tadbirlar ijobiy natija beradi. Shuningdek, urushdan keyingi dastlabki yillarda Qarshi shahrida suyak-siliga qarshi sanatoriy ochiladi. Shahrisabzda esa birinchi sil kasalliklari dispanseri faoliyatini boshlaydi. 1950-yillarda silga qarshi muassasalar tarmog‘i sezilarli darajada kengaydi. 1954-yilga kelib, Qashqadaryo viloyatida 19 nafar ftiziatr va 4 nafar rentgenologlar ish olib boradi, dispanserlarda 340 doimiy va 500 ta vaqtinchalik o‘rinlar mavjud edi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni ommaviy emlash va katta yoshdagi bolalarni qayta emlash boshlanadi”[10] .

1954-yilda R.Boltayev O‘zbekiston SSR Vazirlar Soveti sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi).

1955-yilda Kreml tibbiyot-sanitariya boshqarmasi SSSR Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi 4-Bosh boshqarmaga aylantirilgandan so‘ng (1953-yil 24-aprel) O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash vazirligining 4-bosh boshqarmasi tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Baltayev O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash vazirligining 4-bosh boshqarmasining birinchi boshlig‘i etib tayinlanadi. 4-Bosh boshqarmaning tashkiliy tuzilmasini o‘rganish va tajriba orttirish uchun u Moskva va Kiyevga yuboriladi. R.Boltayev Toshkentga qaytishi bilan O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash vazirligining 4-Bosh boshqarmasi tuzilmasi ishlab chiqiladi.  

4-Bosh boshqarmaning birinchi boshlig‘i o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan yangi ish O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash vazirligining 1-sonli markaziy shifoxonasi (SSB 1-sonli markaziy klinik shifoxonasini yangi kapital binosini qurish edi) puxta va qisqa vaqt ichida qurib bitkaziladi. 1958-yilda R.B.Boltayev tashabbusi bilan 1-sonli markaziy shifoxona hududidan bemorlarni davolashda foydalaniladigan mineral suv olish uchun artezian qudug‘i o‘zlashtiriladi. 1-sonli markaziy shifoxona ehtiyojlari uchun 19561959-yillar davomida eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va o‘sha paytda tibbiy uskunalar sotib olingan.  

Sog‘liqni saqlash bo‘yicha amalga oshirgan mehnatlari uchun 1958-yilda Boltayev "Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.  

Rasul Boltayev asosiy e’tiborni kadrlarni tanlash va joylashtirishga qaratadi, iqtidorli yoshlarni ham, O‘zbekiston SSRning taniqli tibbiyot olimlarini ham 4-Bosh boshqarmaga maslahatchi sifatida ishga taklif qiladi. 1956—1959-yillarda bemorlarni o‘z kasbining yetakchi professorlari B.I.Berliner,  S.A.Maksumov, L.D.Vasilenko, Z.I.Umidov, P.I.Fedorov, A. A.Akovbyan, O.N.Pavlov, A. A.Kogan va boshqalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishadi.  

O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash vazirligining 1-sonli markaziy kasalxonasida O‘zbekiston SSRning barcha rahbarlari davolanib, zarur hollarda boshqa mamlakatlar hukumat delegasiyalari a’zolari ham ko‘rikdan o‘tkazilib, davolangan. Amerikalik afsonaviy qo‘shiqchi va aktyor Pol Robson ham 50-yillarda ushbu shifoxonaga tashrif buyurib, davolanadi.

Xuddi shu davrda R.B.Boltayev “Farg‘ona ipak-o‘rash kombinati ishchilari salomatligiga chang omilining ta’siri” mavzusida dissertasiya yozadi, ammo vafoti tufayli bu ishini yakuniga yetkaza olmaydi.  

Taniqli shifokor Boltayev 1959-yil 2-dekabrda qisqa vaqt ichida, ammo og‘ir xastalikdan vafot etadi.

Manbalar tahrir

  1. „Медико-Санитарное объединение при Министерстве Здравоохранения РУз“. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-noyabr.
  2. „Центральная клиническая больница №1 МСО“. 2016-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  3. „Центральная клиническая больница №2 МСО“. 2016-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Архивная справка № 11/47812 от 11 февраля 2015 года / Федеральное Государственное Казенное учреждение «Центральный Архив Министерства обороны Российской Федерации» — Подольск, Московская область
  5. Фронтовой Приказ № 700 от 30.10.1942 г., издан ВС ЗЗ Армии Западного фронта
  6. Фронтовой приказ № 180/н от 30.11.1944 г., издан ВС 57/А
  7. Фронтовой Приказ № 15/н от 10.02.1944 г., издан ВС 57 А/
  8. „Перечень наград согласно данным электронного банка документов «Подвиг Народа (электронный архив)»“. 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Узбекский научно-исследовательский кожно-венерологический институт“. 2018-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-may.
  10. «Здравоохранение Кашкадарьинской области за 50 лет» / Вафакулов Б. В. — Ташкент: Медицина, 1975.

Havolar tahrir

  1. " Pravda Vostoka " gazetasi No 283 (10953) 3 dekabr 1959 yil Muharrir S. S. Chernik. 4 sahifa “R. B. Baltaev.
  2. " Xalq jasorati" elektron hujjatlar banki (elektron arxiv)
  3. 2015 yil 11 fevraldagi 11/47812-sonli arxiv guvohnomasi / "Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining markaziy arxivi" Federal davlat g'aznachilik muassasasi - Podolsk, Moskva viloyati.