Ravshan Muhiddinov
Ravshan Abdulatifovich Muhiddinov — Oʻzbekiston Respublikasining sobiq adliya vaziri (2007-2011), Prezidentning sobiq davlat maslahatchisi (2011-yilda)[1].
Ravshan Abdulatifovich Muhiddinov | |
---|---|
Равшан Абдулатифович Мухиддинов | |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi | |
Mansab davri 2011-yil 20-iyundan – 2011-yil 21-sentabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Muidjon Tohiriy |
Vorisi | Ravshanbek Shamsiyev |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri | |
Mansab davri 2007-yil 29-dekabrdan – 2011-yil 20-iyungacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Foziljon Otaxonov |
Vorisi | Nigʻmatilla Yoʻldoshev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-iyul 1963-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Mukofotlari | |
Unvoni | 3-darajali davlat adliya maslahatchisi (2007-2011) |
Biografiyasi
tahrirToshkent shahrida ishchi oilasida tugʻilgan.
Maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1985-yilda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini, 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1985-yilda Toshkent shahar Chilonzor tumani prokuraturasida ish o'rganuvchi sifatida boshlagan.
1986-1992-yillarda Toshkent shahar prokuraturasi tergov bo‘limi tergovchisi, prokurori, tergov bo‘limi katta prokurori.
1992-1995-yillarda Toshkent shahar Sobir Rahimov tumani prokurori o‘rinbosari.
1995-yilda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari.
1995-1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat-tahlil boshqarmasi prokurori.
1997-1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.
1998-2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul xodimi.
2000-2005-yillarda Jizzax viloyati prokurori.
2005-2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul xodimi.
2006-2007-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari.
2007-2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri.
2011-yilda — O‘zbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi.
2011-yilda — Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi.
2011-yil 20-noyabrda hibsga olingan. 2012-yil 16-fevral kuni Toshkent shahar Sergeli tumani sudi Ravshan Muhiddinovni bir qator og‘ir iqtisodiy jinoyatlar, jumladan, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
2017-yil dekabrda amnistiya munosabati bilan muddatidan avval ozodlikka chiqarilgan. 2018-yil 8-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining qarori bilan toʻliq oqlangan[2].
2018-yildan Toshkent shahridagi shirkatlardan birida yurist sifatida ishlamoqda.
Mukofotlari
tahrir2004-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ MUXITDINOV Ravshan Abdulatifovich
- ↑ „По амнистии из тюрем Узбекистана выходят только чиновники“. 2020-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-fevral.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўн уч йиллиги муносабати билан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари, Мудофаа ва Фавқулодда вазиятлар вазирликлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.