Ravshan Usmonov

oʻzbek diplomati

Ravshan Abrorovich Usmonov (30-sentabr, 1978-yil, Toshkent) — oʻzbek diplomati, yurist. 2012—2017-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi[1]. 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan[2]. 2018-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi[3]. 2023-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi elchisi[4]

Ravshan Abrorovich Usmonov
 Oʻzbеkistоnning Birlashgan Qirollikdagi elchisi
 
Mansab davri
2023-yil 14-noyabrdan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Said Rustamov
 Oʻzbеkistоnning Malayziyadagi elchisi
 
Mansab davri
2018-yildan – 2023-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Karomiddin Gadoyev
 Oʻzbеkistоnning Fransiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2012-yildan – 2017-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Bahromjon Aʼloyev
Vorisi Sardor Rustamboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-sentyabr 1978-yil (1978-09-30) (46 yosh)
Toshkent

Biografiyasi

tahrir

1978-yil 30-sentyabrda Toshkentda tugʻilgan.

Taʼlim

tahrir

2000-yilda Buyuk Britaniya Birmingem universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.

Ish tajribasi

tahrir

2000—2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi uchinchi kotibi, referenti, attashesi.

2005—2007 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2007—2010 — Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili.

2010—2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2012—2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya, Italiya va Portugaliyadagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Parijda).

2017—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.

2018-yildan 2023-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi[5].

2023-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi elchisi.

Rus, ingliz, fransuz va ispan tillarini biladi[6].

Manbalar

tahrir