René Adler
René Adler (talaffuzi: Rene Adler)(1985-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, darvozabon sifatida oʻynagan[1][2].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 15-yanvar 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Leipzig, Sharqiy Germaniya | ||
Boʻyi | 1.91 m | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1991—2000 | VfB Leipzig | ||
2000—2003 | Bayer Leverkusen | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2006 | Bayer Leverkusen II | 30 | (0) |
2006—2012 | Bayer Leverkusen | 138 | (0) |
2012—2017 | Hamburger SV | 117 | (0) |
2017—2019 | Mainz 05 | 14 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2000—2001 | Germaniya U15 | 7 | (0) |
2001—2002 | Germaniya U17 | 15 | (0) |
2002—2003 | Germaniya U18 | 6 | (0) |
2003—2004 | Germaniya U19 | 9 | (0) |
2004—2005 | Germaniya U20 | 8 | (0) |
2005 | Germaniya U21 | 4 | (0) |
2008—2013 | Germaniya | 12 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Yoshlik yillari
tahrirAdler sobiq Sharqiy Germaniya terma jamoasi aʼzosi Yens Adlerning oʻgʻli[3]. Uning amakivachchasi — isroil-amerikalik professional lakroschi Maks Adler[4].
Klubdagi faoliyati
tahrirVfB Leipzig
tahrirAdler olti yoshida VfB Leipzigning yoshlar jamoasida oʻynagan. Leipzig uchun toʻqqiz yil oʻynagach, Adler 2000-yilda Bayer 04 Leverkusenning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan.
Bayer 04 Leverkuzen
tahrirYoshlar jamosida oʻynaganidan soʻng, Adler 2002-yilda B jamoasiga qoʻshilgan. U 2002/03-yilgi mavsumda B jamoasida sakkizta oʻyinda maydonga tushgan<ref» Club matches">„René Adler " Club matches“. World Football. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.</ref>. 2003/04-yilgi mavsum boshida u Bundesligada oʻynagan klubning asosiy tarkibiga koʻtarilgan[5].
Keyingi yillarda Adler jarohatlar tufayli yangi imzolangan Bernd Leno oʻz oʻrnini egallagunga qadar birinchi darvozabon boʻlib qolgan. U 2008/09-yilgi mavsumda 37[6] 2009/10-mavsumda 33[7] va 2010/11-yilgi mavsumda 44ta oʻyinda maydonga tushgan[8]. 2012-yilning yozida Adler Leverkuzen bilan oʻn ikki yil oʻynagach, erkin agent sifatida klubni tark etgan. U 2011/12-yilgi mavsumda B jamoasida atigi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan[9][10].
Hamburger SV
tahrirAdler 2012-yilda Bundesligadagi raqibi „Hamburger SV“ bilan besh yillik shartnoma imzolagan. U Germaniya kubogida Karlsruher SCga 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qilgan[11]. Adler 2012/13-yilgi mavsumni 33 oʻyin[12], 2013/14-yilgi mavsumni 33[13], 2014/15-yilgi mavsumni 15 oʻyin[14], 2015/16 yilgi mavsumni 25 oʻyin bilan yakunlagan[15].
2017-yilning may oyida Adler „Hamburger SV“ bilan shartnomasini uzaytirmasligini va besh yildan soʻng klubni tark etishini eʼlon qilgan[16].
Mainz 05
tahrir2017-yil iyul oyida Adler Mainz 05 jamoasi tarkibiga qoʻshilgan[17].
Isteʼfo
tahrir2019-yil 1-mayda Adler 2018/19-yilgi mavsumdan soʻng faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan[18]. Umuman olganda, u Germaniya chempionatining 269 uchrashuvida maydonga tushgan[19].
Xalqaro faoliyati
tahrirAdler Dieter Eilts boshchiligida Germaniya U-21 terma jamoasida toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan. U Yevro-2008da ikkinchi oʻrinni egallagan Germaniya terma jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlgan. Jens Lehmann nafaqaga chiqqanidan va Robert Enke vafot etganidan soʻng, u Jahon chempionati saralash bosqichida birinchi tanlov darvozaboniga aylangan[20]. Adler Germaniya terma jamoasi safida 2008-yilning 11-oktyabrida Rossiyaga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan. Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida tasdiqlangan boʻlsa-da, qovurgʻasidan olgan jarohati tufayli u munidalga bora olmagan. Adler ikki yil davomida terma jamoa safida ishtirok eta olmagan, biroq 2012-yilning noyabrida Hamburger SVga qoʻshilganidan soʻng ajoyib oʻyin koʻrsatgani uchun Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan. Biroq Adler JCh-2014 uchun Germaniya terma jamoasiga chaqirilmagan. 2008—2013 yillar oraligʻida u 12 ta oʻyinda maydonga tushgan[21].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Liga | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Bayer Leverkusen II | 2002—2003 | Regionalliga | 8 | 0 | — | 8 | 0 | |||||
2005—2006 | 19 | 0 | 19 | 0 | ||||||||
2006—2007 | 1 | 0 | 1 | 0 | ||||||||
2011—2012 | Regionalliga | 2 | 0 | 2 | 0 | |||||||
Jami | 30 | 0 | — | 30 | 0 | |||||||
Bayer Leverkusen | 2003—2004 | Bundesliga | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | ||
2004—2005 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||||
2005—2006 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||||
2006—2007 | 11 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | 15 | 0 | ||||
2007—2008 | 33 | 0 | 1 | 0 | 10 | 0 | 44 | 0 | ||||
2008—2009 | 31 | 0 | 6 | 0 | — | 37 | 0 | |||||
2009—2010 | 31 | 0 | 2 | 0 | 33 | 0 | ||||||
2010—2011 | 32 | 0 | 2 | 0 | 10 | 0 | 44 | 0 | ||||
2011—2012 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||||
Jami | 138 | 0 | 11 | 0 | 24 | 0 | — | 173 | 0 | |||
Hamburg | 2012—2013 | Bundesliga | 32 | 0 | 1 | 0 | — | — | 33 | 0 | ||
2013—2014 | 30 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 33 | 0 | ||||
2014—2015 | 12 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 15 | 0 | ||||
2015—2016 | 24 | 0 | 1 | 0 | — | 25 | 0 | |||||
2016—2017 | 19 | 0 | 1 | 0 | 20 | 0 | ||||||
Jami | 117 | 0 | 7 | 0 | — | 2 | 0 | 126 | 0 | |||
Mainz 05 | 2017—2018 | Bundesliga | 14 | 0 | 3 | 0 | — | — | 17 | 0 | ||
2018—2019 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | ||||
Jami | 14 | 0 | 3 | 0 | — | — | 17 | 0 | ||||
Karyerada jami | 299 | 0 | 21 | 0 | 24 | 0 | 2 | 0 | 346 | 0 |
Xalqaro
tahrirGermaniya | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2008-yil | 3 | 0 |
2009-yil | 5 | 0 |
2010-yil | 2 | 0 |
2013-yil | 2 | 0 |
Jami | 12 | 0 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Unterschrift gesetzt: Adler ist Mainzer“ (olmoncha). kicker.de (22-iyun 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
- ↑ „René Adler beendet seine Karriere“ (olmoncha). dfb.de (2019-yil 1-may). Qaraldi: 1-may 2019-yil.
- ↑ „Rene Adler ist der geerdete Fußball-Star“ (olmoncha). Hamburger Abendblatt (14-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 7-aprel 2015-yil.
- ↑ „Max Adler“ (inglizcha). Bentley. Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „René Adler“ (olmoncha). Fussballdaten.de. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
- ↑ „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
- ↑ „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
- ↑ „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
- ↑ „René Adler " Club matches“. World Football. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
- ↑ „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
- ↑ „Alibaz macht's mit Gefühl, Stoll mit Wucht“ (olmoncha). kicker (19-avgust 2012-yil). Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
- ↑ „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
- ↑ „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
- ↑ „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
- ↑ „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
- ↑ „René Adler verlässt den Hamburger SV“ (olmoncha) (22-may 2017-yil). Qaraldi: 22-may 2017-yil.
- ↑ „Mainz 05 verpflichtet René Adler“ (olmoncha). 1. FSV Mainz 05 (22-iyun 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „René Adler beendet seine Karriere“ (olmoncha). dfb.de (2019-yil 1-may). Qaraldi: 1-may 2019-yil.
- ↑ Arnhold. „René Adler - Matches in Bundesliga“. RSSSF.com (19-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2019-yil.
- ↑ „Adler eyes qualifying success“. FIFA (12-mart 2009-yil). 19-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Arnhold. „René Adler - International Appearances“. RSSSF.com (19-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2019-yil.