Roberto Baggio
Roberto Baggio (talaffuzi: Roberto Badjo) — italiyalik futbolchi.1967-yil 18-fevralda Italiyaning Venetsiya shahridagi Kaldono shahrida tavallud topgan. Hujumkor yarim himoyachi sifatida maydonda toʻp surgan. Baggio oʻz sport faoliyatini 1982—2004-yillar oraligʻida Italiyada oʻtkazgan. „Vichensa“, „Fiorentina“, „Yuventus“, „Milan“, „Bolonya“, „Internazionale Milano“, „Breshia“ klublarida oʻynagan. Terma jamoa safida 1990, 1994 va 1998-yilllardagi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Roberto Baggio[1] | ||
Tavallud sanasi | 18-fevral 1967-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Caldogno, Italy[2] | ||
Boʻyi | 1.74 m[2] | ||
Ampluasi | Hujumchi, hujumkor yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1974–1980 | Caldogno | ||
1980–1983 | Vicenza | ||
Total | 488 | (218) |
1993-yilda jahon va Yevropaning eng yaxshi futbolchisi, 1992/93-yilgi UEFA kubogi gʻolibi, 1994-yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 1990-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori, 1994/95 va 1995/96-yillarda Italiya chempioni, 1994/95-yilgi Italiya kubogi gʻolibi boʻlgan. Uchta jahon chempionatida gol urgan yagona futbolchi.
2000-yilda FIFA tomonidan oʻtkazilgan internet soʻrov natijalariga koʻra 20-asrning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida Maradona, Pele, Eysebiodan keyin 4-oʻrinni egalladi. 2004-yilda FIFA 100 roʻyxatiga kirdi. World Soccer jurnaliga koʻra 20-asrning eng buyuk futbolchilari roʻyxatiga kiritilgan[3][4].
Futbolchilik faoliyatini tugatgach, xayriya ishlari bilan shugʻullana boshlagan. 2002-yildan BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining yaxshi niyat elchisi[5]. 2010-yilgi Jahon tinchlik mukofoti sovrindori[6].
Klubdagi faoliyati
tahrirRoberto Baggi 7 ta farzanddan iborat oilada tavallud topdi.
Futbolchilik faoliyatini 1981-yilda „Vichenza“ klubida boshlagan. Uni futbolchi sifatida payqagan skaut Antonio Moroga minnatdorchilik bildirgan. 1982/83-yilgi mavsumni B seriyada „Vichensa“ning asosiy tarkibida boshlagan[7].
1985-yil uni Florensiyaning „Fiorentina“ klubi sotib oldi va katta shuhrat qozondi. 1990-yilda „Yuventus“ga 25 milliard italyan lirasiga sotildi. Bu oʻsha paytdagi rekord transfer edi. "Fiorentina" muxlislari noroziliklariga javoban Baggio shunday dedi: „Men taklifni qabul qilishga majbur boʻldim“. 1993-yili oʻzining ilk Yevrokubogini qoʻlga kiritdi. Yaʼni „Yuventus“ safida UEFA kubogini yutishdi. Uning oʻyini unga jahonning eng yaxshi futbolchisi va Yevropaning yilning eng yaxshi futbolchisi boʻldi.
Baggio 1994/95-yilgi mavsumda „Yuventus“ bilan oʻzining ilk Italiya chempionligini qoʻlga kiritdi. Bosh murabbiy Marcello Lippi bilan mojarodan so'ng Baggio „Milan“ga sotib yuborildi. Oʻzining ilk mavsumida yangi klubiga mamlakat chempioni boʻlishga yordam berdi va ketma-ket ikki yil boshqa jamoalarda mamlakat chempioni boʻlgan ilk futbolchiga aylandi.
1997-yili Baggio „Bolonya“ga oʻtdi. Hammaga uni erta hisobdan chiqargani uchun isbotlamoqchi boʻldi va bir mavsumda 22 ta gol urdi. Shu yutuqlari sabab 1998-yilgi Jahon chempionatiga Gianfranco Zola oʻrniga Italiya terma jamoasi safida qatnashish huquqini oldi.
1998-yilgi Jahon chempionatidan soʻng Milanning „Inter“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Birinchi mavsumi muommosiz oʻtdi. Bir yil oʻtib klubga „Yuventus“dan murabbiy Marcello Lippi keldi. Bu esa klub bazasida undan keyin terma jamoadagi oʻrnini yoʻqotishiga olib keldi. Keyinchalik Baggio oʻz tarjimai holida Lippi „Inter“ futbolchilarining u haqida salbiy gapirganini murabbiyga koʻrsatishdan bosh tortgani uchun eʼtibordan chetda qoldirilganini yozgan. Yevropa Chempionlar Ligasining soʻnggi yoʻllanmasi uchun oʻyinda „Parma“ darvozasiga ikki goli bilan klub tarixida iz qoldirdi. Umuman olganda Roberto Baggio „Inter“dagi faoliyati davomida 58 ta oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan.
„Inter“da ikki yil faoliyat yuritgach, unchalik mashhur boʻlmagan „Breshia“ klubiga oʻtdi. Jiddiy jarohatiga qaramay, mavsum oxirigacha tuzalib ketdi. Biroq, terma jamoa bosh murabbiyi Giovanni Trapattoni tomonidan 2002-yilgi Jahon chempionati uchun tarkibga kiritilmadi. Muxlislar va mutaxassislar bu qaror uchun uni tanqid qilishadi. Italiya barcha katta rejalarga qaramay chorak finalga ham chiqa olmadi.
Baggio 2004-yilgacha „Breshia“da oʻynadi va faoliyatini yakunladi. Oxirgi oʻyinini 2004-yil 16-may kuni „San-Siro“da „Milan“ga qarshi oʻtkazdi. "Breshia" murabbiyi Gianni de Bjazi 88-daqiqada uni zaxiradan maydonga tushirdi va muxlislar bilan toʻlgan stadion uni qarsaklar bilan tabriklashdi. Faoliyati davomida Roberto Baggio A seriyada 205 ta gol urdi. Bu uni musobaqa tarixida yettinchi toʻpurarga aylandi. Undan oldinda faqat Silvio Piola, Gunnar Nordal, Giuseppe Meassa, Jose Altafini, Francesco Totti va Antonio Di Natale bor edi.
Afsonaviy futbolchi oʻzining 300-golini 2002-yil 16-dekabrda „Breshia“ mezbonligidagi „Pyachensa“ga qarshi oʻyinda urdi. U faqat Piola (364) va Meassa (338)dan ortda qolgan holda 50 yildan oshiq vaqt mobaynida bu koʻrsatkichga erishgan birinchi futbolchi boʻldi.
Badjoning 10-raqamli futbolkasi „Breshia“da abadiy Baggioniki boʻlib qoldi.
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirTerma jamoadagi birinchi oʻyinini 1988-yil 16-noyabrda Gollandiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Oxirgi oʻyinini esa 2004-yil 28-aprelda Ispaniyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
1998-yilgi Jahon chempionatida terma jamoa bosh murabbiyi Cesare Maldini ikki mashhur hujumkor futbolchilar — Roberto Baggio va Alessandro del Piero bitta tarkibda maydonga tushishini xohlamasligini aytdi: „Ularning bir vaqtda maydonda paydo boʻlishi mening taktik sxemalarimga toʻgʻri kelmaydi“ — degan u. Badjoning oʻzi esa "Maldinining taktikasiga koʻra Del Piero aniq peshqadam bo'lishi kerak" edi. 1998-yilgi jahon chempionati ilk ikki oʻyini Chili va Kamerunga qarshi bahslarda Roberto Baggio asosiy tarkibda maydonga tushdi. Chili bilan oʻyinning oxirgi 5 daqiqasida Baggio tomonidan amalga oshirilgan penaltidan gol italyanlarni magʻlubiyatdan asrab qoldi. Kamerunga qarshi oʻyinning 65-daqiqasida Del Piero Baggioning oʻrniga maydonga tushganda hisob italyanlar foydasiga 1:0 boʻlib turgandi. Qolgan 25 daqiqada italyanlar yana ikki bor gol urishdi. Biroq Cezare Maldini guruhning uchinchi oʻyini boʻlgan Avstriyaga qarshi bahsda Del Pieroni boshlangʻich tarkibda maydonga tushirdi va Baggio zaxirada qoldi. Del Pero golli uzatmani amalga oshirgan boʻlsada 72-daqiqada Baggio bilan almashtirildi. Baggio asosiy vaqt tugashiga bir daqiqa qolganda gol urdi va italyanlar gʻalaba qozondi. Nimchorak finalda Norvegiyaga qarshi bahsda esa Baggio zaxirada qoldirildi.
Faoliyatini tugatgandan soʻng
tahrirBadjo xayrlashuv oʻyini 2004-yil 28-aprelda Ispaniyaga qarshi oʻtkazdi.
Uning avtobiografik „Osmondagi to'p“ asarida murabbiylar bilan koʻplab mojarolar haqida soʻz boradi.
Baggioning „Ilohiy dum“ nomi bilan tanilgan soch turmagi futbolchining dini bilan bogʻliq.
2007-yil 18-fevralda 40 yoshga toʻlgan kunida muxlislar bilan muloqot qilish uchun yangi veb-sayt ochdi.
2010-yilning yozida Italiya futbol federatsiyasiga texnik direktor lavozimiga keldi.
2011-yil 18-iyulda Baggio Pro Liga (sobiq C seriya) klublarida murabbiylik qilish huquqini beruvchi 2-toifali professional murabbiylik litsenziyasini oldi. Bu litsenziya unga A va B seriya klublarida ikkinchi murabbiy boʻlib ishlash yoki Italiya yoshlar chempionatida ishtirok etuvchi klublarni boshqarishi mumkin edi[8][9][10].
2012-yil 5-iyulda Koverchano shahridagi mutaxassislarni tayyorlovchi markazda toʻqqiz oylik kursni tamomlagach, Baggio imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdi. Shundan soʻng UEFA Pro litsenziyasini qoʻlga kiritdi. Bu litsenziya jamoalarda ishlovchi eng yuqori darajadagi litsenziya edi[11].
Yutuqlari va mukofotlari
tahrirJamoaviy
tahrir"Yuventus"da
- Italiya chempioni - 1994/95
- Italiya kubogi sohibi - 1995
- UEFA kubogi sohibi - 1993
"Milan"da
- Italiya chempioni - 1995/96
"Bolonya"da
- Intertoto kubogi sohibi - 1998
Italiya terma jamoasi
- Jahon chempionatining bronza medali - 1990
- Jahon chempionati kumush medali - 1994
Shaxsiy yutuqlar
tahrir- „Oltin toʻp“ sohibi (France Football) - 1993
- Jahonning eng yaxshi futbolchisi - 1993
- FIFA ning eng yaxshi futbolchisi - 1993
- „Onze Mondial“ boʻyicha Yevropaning eng yaxshi futbolchisi-1993.
- Jahon kubogi kumush toʻp sohibi - 1994
- Jahon chempionatida gollar soni boʻyicha Italiya terma jamoasining rekordchisi - 9 gol
- Giuseppe Prisco mukofoti sohibi - 2004[12]
- Bravo mukofoti sohibi - 1990
- „Guerin Sportivo“ versiyasi boʻyicha Italiyaning eng yaxshi futbolchisi - 1985, 1996, 2001
- Gaetano Shirea mukofoti sohibi - 2001
- Golden Foot mukofoti sohibi - 2003
- Jahon terma jamoasining ramziy terma jamoasiga kirgazilgan - 1994
- FIFAning barcha davrlar jamoasiga kiritilgan
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan
- „World Soccer“ maʼlumotlariga koʻra 20-asrning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatiga kiritilgan.
- „Placar“ versiyasi boʻyicha 100 ta eng yaxshi Jahon chempionatida oʻynagan futbolchilar roʻyxatiga kiritilgan[13]
- „Planete Foot“ versiyasi boʻyicha dunyoning eng yaxshi 50 futbolchisi roʻyxatiga kirgan
- „Milan“ klubi shon-shuxrat zaliga kirgan
- Italya futboli shon-shuxrat zaliga kirgan - 2011
Davlat mukofotlari
tahrirShaxsiy hayoti
tahrirAndreina Fabbi bilan turmush qurgan. Ularning uch nafar farzandi bor. Valentina (1990-yil), Mattia (1994-yil), Leonardo (2005-yil) shular jumlasidandir.
Gollar hisoboti
tahrirButun faoliyati davomida urgan gollari soni - 318 ta.
- Klublar uchun - 291 ta
- A Seriyada - 205 ta
- Yevrokuboklarda - 32 ta
- Milliy terma jamoa uchun - 27 ta
- Jahon chempionatida - 9 ta
91 penaltidan 76 tasini golga aylantirgan[12].
Manbalar
tahrir- ↑ „Comunicato Ufficiale N. 442“ [Official Press Release No. 442] (it). Lega Serie A (2001-yil 8-may). 2021-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedBaggio - Goals in Serie A
- ↑ „FIFA names greatest list (BBC Sports)“ (en). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „Maradona or Pele? (CNN Sports Illustrated)“ (en). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „Роберто Баджо на сайте ФАО“. 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „AFP: Baggio delight at World Peace Award“ (en). AFP (2010-yil 9-noyabr). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-noyabr.
- ↑ Bojestvenniy Badjo[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „Roberto Baggio supera esami allenatore“ (it). ANSA (2011-yil 18-iyul). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-iyul.
- ↑ „Роберто Баджо получил тренерскую лицензию“. Чемпионат.com (2011-yil 19-iyul). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-iyul.
- ↑ „Roberto Baggio: Allenatore patentato“ (it). CalcioMercato.com (2011-yil 19-iyul). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-iyul.
- ↑ „Роберто Баджо начинает тренерскую карьеру“. calcionews.net. 2012-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
- ↑ 12,0 12,1 „Roberto Baggio Statistics“ (en). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „The Best X Players“ (en). 2011-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „Cavaliere Ordine al Merito della Repubblica Italiana“ (it). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „Baggio delight at World Peace Award - Yahoo! News“ (en). news.yahoo.com (2010-yil 9-noyabr). 2010-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-noyabr.
Havolalar
tahrir- Roberto Bagjio — oxirgi romantik, birinchi gol muallifi (web.archive.org)
- figc.it saytidagi profil (Wayback Machine saytida 2015-01-19 sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya
- Shaxsiy veb-sayt (web.archive.org)
- Roberto Bagjio dunyosi (web.archive.org)
- Aleksey Malinovskiy. Bagjioning siri (web.archive.org)
- „Kichik Budda“ (web.archive.org)
- Roberto Bagjio: „Men oʻsha penaltini yana koʻp marta bajardim“ (web.archive.org)