Robiya Qodir (uygʻurcha: رابىيە قادىر; anaʼnaviy xitoy yozuvida: 熱比婭·卡德爾; Pinyin: Rèbǐyà Kǎdé'ěr; 1946-yil 15-noyabr, Oltoy shahri, XXR) – asli Xitoyga qarashli Shinjon-Uygʻur viloyati (Sharqiy Turkiston)dan boʻlgan va uygʻur xalqining insony huquqlari uchun kurashib kelayotgan uygʻur faollaridan biri. 2005-yildan buyon AQShda istiqomat qilib, Uygʻurlarning ovozini dunyoga yoyish uchun harakat qilib kelmoqda.

Robiya Qodir
رابىيە قادىر
热比娅·卡德尔
Tavalludi 21-noyabr 1946-yil (1946-11-21) (78 yosh)
Oltoy shahri, XXR
Fuqaroligi Xitoy bayrogʻi XXR
AQSH bayrogʻi AQSh
Turmush oʻrtogʻi Abdurehim Tohti (]]1962]]—1977)
Siddiq Roʻzi (1981)
Bolalari 6 nafar (Abdurahim Tohtidan)
5 nafar (Siddiq Roʻzidan)
Mukofotlari Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga 5 marotaba nomzod.
Veb-sayti Dunyo Uygʻurlari Qurultoyi

2006-yilda Dunyo Uygʻurlari Qurultoyi (WUC)ga rahbar etib saylangan. Robiya Qodir bu lavozimda 2017-yilga qadar faoliyat koʻrsatib keldi[1].

Hayoti

tahrir

Robiya Qodir 1947-yil 21-noyabr kuni Shinjon-Uygʻur muxtor viloyatining Oltoy shahrida tugʻilgan. Kambagʻal oilada tugʻilib oʻsgan Robiya oʻrta taʼlimni Oltoyda olgan. 1965-yili 18 yoshga toʻlgan Robiya oila qurib, viloyatning boshqa bir shahri boʻlgan Agsuga koʻchib oʻtadi. Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan oʻsha yillarda amalga oshirilgan madaniy inqilob davrida turmush oʻrtogʻ bilan diniy kiyim-kechak savdosi bilan shugʻullangan. Robiya Qodir bu kabi biznes bilan shugʻullangani tufayli hukumatda oʻtirgan yuqori doiradagi shaxslar tomonidan dushman va chayqovchi deb eʼlon qilingan. Buning natijasida keyinchalik eri bilan ajrashishga majbur boʻlgan[2].

1981-yilda Robiya Qodir olim Siddiq Roʻzi bilan turmush quradi. Bu nikohdan keyin er-xotin Shinjon-Uygʻur muxtor viloyatining markaziy shahri boʻlmish Urumchiga koʻchib oʻtadi. Allaqachon tadbirkor sifatida oʻzini namoyon qila boshlagan Rabiya Urumchida uygʻur milliy mahsulotlari sotiladigan universal doʻkon ochadi. 1985-yilda Rabiya Qodirga tegishli boʻlgan savdo markazining maydoni 14 000 kvadrat metrni tashkil etgan. Ishini tobora kengaytirib olgan Robiya Qodir imkoniyatlari ortib borishiga parallel ravishda koʻplab uygʻurlarni ish bilan taʼminlab, ularning taʼlim-tarbiyasiga ham eʼtibor qaratgani aytiladi. Rabiya musulmon ayollarni Urumchi shahridagi mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun „Ming onalar harakati“ loyihasini ham amalga oshirgan[3][4]. Xitoy hukumati uzoq yillar davomida Robiyani etnik ozchilik xalqlar orasidan chiqqan Xitoydagi eng muvaffaqiyatli ayol sifatida koʻrsatib kelgan[5].

SSSR parchalangan yillarida Robiya Qodir oʻsha paytgacha yigʻib olgan 200 million yuan bilan oʻz savdosini yanada kengaytirib oladi. Bir necha yil oʻtgach, uygʻur tadbirkor Xitoyning eng boy 5 kishisidan biriga aylangan. Muvaffaqiyatli biznes karerasini yoʻlga qoʻygan Robiya Qodir „millioner ayol“ laqabini ham olgan. Robiya Qodir Xitoy, Rossiya va Qozogʻiston bilan savdo aloqalarini oʻrnatuvchi 8 kompaniyani oʻz atrofida birlashtirgan xolding kompaniyaga asos solgan[6]. Robiya Qodir tadbirkorlik faoliyati haqida gapirar ekan, bu yoʻlda davlatdan bir tiyin ham yordam olmaganini taʼkidlab keladi. Biznes hayotiga kir yuvish biznesi bilan qadam qoʻygan Robiya Qodir oʻz biznesini supermarketlar tarmogʻi bilan yanada rivojlantirib olgan.

Oilasi

tahrir

Ikki marotaba turmush qurgan Robiya Qodirning 11 nafar farzandi boʻlib, hozirda AQShning Virginiya shtatiga qarashli Fairfaks shahrida istiqomat qiladi.

Siyosiy faoliyati

tahrir

1994-yil Xitoyning eng boy yettinchi odami sanalgan Robiya Qodir 1997-yilgacha deputatlik faoliyatini olib borgan. 1997-yilda deputatlik mandatidan mahrum qilingan va qamoqqa olingan. 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Robiya Qodir qamoqxonada inson huquqlari boʻyicha kurash olib borgan va shu sababli koʻplab nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor boʻlgan. AQSh va xalqaro tashkilotlar bosimi ostida Xitoy hukumati 2005-yilda Robiya Qodirni ozod qilishga majbur boʻlgan. 2006-yilda Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan Robiya Qodir Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtdi.  2005-yildan buyon Amerikada yashab, uygʻurlarning ovozini dunyoga yetkazishga harakat qilib kelmoqda.

2006-yilda Dunyo Uygʻurlari Qurultoyi (WUC) rahbari etib saylangan.

2007-yil iyun oyida nemis yozuvchisi Aleksandra Kaveli Robiya Qodir hayoti va ijodi haqida kitob yozdi. Kitobning nomi „Buyuk gʻoyali ayol“dir.

Shinjon-uygʻur muxtoriyatidagi uygʻur xalqining huquqlarini himoya qiluvchi Robiya Qodir oʻz intervyularida barcha uygʻur tashkilotlari tinchlik uchun kurashayotganiga ishonishini qayta-qayta taʼkidlab keladi.

Robiya Qodir 2007 yili Chexiya Respublikasi poytaxti Praga shahrida boʻlib oʻtgan demokratiya va xavfsizlik boʻyicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

2009-yil iyul oyi boshida Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatida ikki uygʻurning oʻldirilishi ortidan hukumat politsiyasi va uygʻurlar oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlangan. Robiya Qodir bu toʻqnashuvlarda Xitoy politsiyasi 1000 dan ortiq uygʻurni oʻldirganini aytib keladi. Xitoy hukumati, oʻz navbatida, Shinjondagi voqealarda Robiya Qodirni ayblab chiqqan.

Manbalar

tahrir
  1. „Leadership of the World Uyghur Congress“. Uyghurcongress.org. 2006-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2005-yil 10-iyul.
  2. Basu, Arin „I Want to Make my Fights International: Rebiya Kadeer“. Interview. Radio Free Asia. 2011-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-dekabr.
  3. „Profile: Rebiya Kadeer“. BBC (2005-yil 17-mart). Qaraldi: 2010-yil 4-yanvar.
  4. „Profile: Rebiya Kadeer“. BBC (2005-yil 17-mart). Qaraldi: 2010-yil 4-yanvar.
  5. „Films "Leaving Fear Behind" and "China's Public Enemy No. 1 – Rebiya Kaadeer"“. Online Article about a Movie. City of Tublin. Qaraldi: 2011-yil 14-dekabr.
  6. Chan, Royston. „China to demolish Kadeer buildings in restive Urumqi“. Reuters (2009-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 24-dekabr.