Romeo Lavia (2004-yil 6-yanvarda tugʻilgan) – Belgiyalik professional futbolchi, Premer-liganing „Chelsi“ klubi va Belgiya terma jamoasida himoyakor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Roméo Lavia
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 6-yanvar 2004-yil (2004-01-06) (20 yosh)[1]
Tavallud joyi Brussel, Belgiya
Boʻyi 1.81 m[1]
Ampluasi Markaziy yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsi
Raqami 45
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2012 S.C. Uoluve
2012–2020 Anderlext
2020–2021 Manchester Siti
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021–2022 Manchester Siti 0 (0)
2022–2023 Soutgampton 29 (1)
2023– Chelsi 0 (0)
Milliy terma jamoa
2019 Belgiya U15 1 (0)
2019 Belgiya U16 1 (1)
2021– Belgiya U19 10 (0)
2022– Belgiya U21 1 (0)
2023– Belgiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2023-yil 28-mart uchun)

U "Anderlext" akademiyasining tarbiyalanuvchisi boʻlib, 2022 yilda "Sautgempton" bilan shartnoma imzolashdan oldin Premer-liganing "Manchester Siti" jamoasida professional debyutini 2021 yilda oʻtkazgan. 2023 yilda „Sautgempton“ quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, "Chelsi" bilan 53 million funt sterlingga koʻchib oʻtdi hamda chelsi bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi.

Shuningdek u Belgiya yoshlar terma jamoasi futbolchisi, hamda 2023 yilda kattalar jamoasida debyut qilgan.

Klublardagi faoliyati tahrir

Anderlext tahrir

Lavia – Belgiyaning "Anderlext" klubining yoshlar jamoasiga sakkiz yoshiligida Bryussel yaqinidagi Neerpededagi oʻquv markaziga kelib qoʻshilgan.

15 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi mahalliy xalqaro yoshlar turnirida u birinchi marta Pep Gvardiolaning eʼtiboriga tushadi. Ispaniyalik murabbiy u erda oʻzining " Manchester Siti" oʻyinchisi Kevin De Bryuyne taklifiga binoan tashrif buyuradi[2]. Hamda Lavianing oʻyinlariga etibor qaratadi.

Manchester Siti tahrir

Oʻn olti yoshida Lavia 2020 yilning yozida „Anderlext“ni tark etib, „Manchester Siti“ safiga koʻchib oʻtadi va oʻzining ilk professional shartnomasini imzolaydi. U Manchester Sitining U18 jamoasi safiga qoʻshiladi va u erda boshqa futbolchilar fonida tezda ajralib turar edi. Oʻsha yilning noyabr oyida, atigi oʻn bir uchrashuvdan soʻng, Lavia allaqachon U23 jamoasi safigacha koʻtariladi. Belgiyalik yigit EDS jamoasi bilan birgalikda 2021 yil aprel oyida Premer-liga 2 chempionligini qoʻlga kiritadi va mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi.

2021 yilning yozidan boshlab Lavia asosiy jamoa bilan mashgʻulotlarni boshlaydi. U 2021-2022 yilgi UEFA Chempionlar Ligasida oʻynash uchun futbolchilar roʻyxati tarkibiga kirish huquqini qoʻlga kiritadi. Lavia oʻn yetti yoshida professional debyutini 2021-yil 21-sentabrda, 2021-22-yilgi EFL kubogining uchinchi bosqichida "Uikomb Uonderers" ga qarshi oʻyinda oʻtkazadi va oʻyinda sariq kartochka oladi[3].

Sautgempton tahrir

2022 yil 6 iyulda Lavia "Sautgempton" jamoasi safiga koʻchib oʻtadi hamda jamoa bilan besh yillik shartnoma imzolaydi[4]. Toʻlov rasman oshkor etilmagan boʻlsada, BBC Sport xabarlariga koʻra, uning boshlangʻich narxi 10,5 funt naqd hamda 3,5 funt sterling bonus va qoʻshimchalari bilan birga 13,5 funt sterlinga bahonlangani aytib oʻtilgan[5]. Shuningdek, kelishuv shartlariga 40 funt sterling ham kiritilgani takidlab oʻtilgan qaytarib sotib olish sharti va Manchester Siti uchun 20% keyingi transferdan ulush bandi bilan birga[6].

2022-yilning 6-avgustida Lavia "Tottenxem" ga (4:1) qarshi oʻyinda debyut qiladi[7]. U oʻzining ilk golini 2022 yil 30 avgustda Sautgemptonning „ Chelsi“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida kiritadi va 2004 yilda tugʻilgan Premer-ligada gol urgan birinchi futbolchiga aylandi[8]. Sautgempton 2023-2024 yilgi mavsum uchun EFL chempionatiga tushib, Premer-liga jadvalining quyi qismida mavsumni yakunlaydi[9].

Chelsi tahrir

2023-yilning 18-avgustida Lavia "Chelsi" jamoasi safiga qoʻshialdi[10], dastlabki toʻlovi 53 million funt va qoʻshimchalar evaziga yetti yillik shartnoma imzolaydi[11].

Terma jamoadagi faoliyat tahrir

Belgiyada tugʻilgan Lavia asli Ganalik. 2019-yilda u Belgiya U15 yoshlar terma jamoasida bitta rasmiy oʻyin oʻtkazgan hamda Belgiya U16 terma jamoasida bittadan gol urgan[12]. Oʻshandan beri u koʻp oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnashgan va ularda koʻpincha jamoa sardori sifatida terma jamoasini yetaklab tushgan.

2023-yil 17-mart kuni u Belgiya milliy terma jamoasiga ilk bor murabbiy Domeniko Tedesko tomonidan UEFA Evro-2024 saralash bosqichi doirasida Shvetsiyaga va Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari kengaytirilgan tarkibiga chaqiruv oladi[13][14].

Oʻyin uslubi tahrir

Lavia – himoyskor yarim himoyachi, uning taʼkidlashicha, uning ilhomlantiruvchi kumerlari "Barselona" futbolchisi Serxio Buskets va uning sobiq „Manchester Siti“dagi jamoadoshi Fernandinyolar hisoblanadi. U toʻpni qayta tiklashda, shiddatli pressingdan foydalanib, aql-zakovat, tirishqoqlik, tezlik bilan, himoya chizigʻini buzuvchi chuqur paslarni amalga oshirishda oʻzini qulay his qilishini yaqqol koʻrsatadi[15].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

2023 yil 28 maygacha bo'lgan o'yinlar
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Jami
Boʻlim oʻyin gol oʻyin gol oʻyin gol Oʻyin gol oʻyin gol
Manchester Siti 2021–2022[16] Premer-liga 0 0 1 0 1 0 0 0 2 0
Sautgempton 2022–2023[17] Premer-liga 29 1 2 0 3 0 34 1
2023–2024[18] Chempionship 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 29 1 2 0 3 0 34 1
Chelsi 2023–2024[18] Premer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0
Karyera jami 29 1 3 0 4 0 0 0 36 1

Xalqaro tahrir

2023 yilning 28 martigacha bo'lgan o'yinlar[19]
Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ilovalar Maqsadlar
Belgiya 2023 yil 1 0
Jami 1 0

Yutuqlar tahrir

Manchester Siti U23

  • Professional rivojlanish ligasi : 2020–2021

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Roméo Lavia“. Premier League. Qaraldi: 2021-yil 23-sentyabr.
  2. „Romeo Lavia: Man City wonderkid aiming to follow in Fernandinho's footsteps | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 2021-yil 23-sentyabr.
  3. „Manchester City v Wycombe Wanderers“. BBC Sport. Qaraldi: 2021-yil 21-sentyabr.
  4. „Saints swoop for Lavia“. Southampton FC (2022-yil 6-iyul). Qaraldi: 2022-yil 6-iyul.
  5. Minay. „Romeo Lavia: Southampton sign 18-year-old from Manchester City for £10.5m“. BBC Sport (2022-yil 6-iyul). Qaraldi: 2022-yil 6-iyul.
  6. Romano. „Southampton close to buying Rangers’ Joe Aribo after Roméo Lavia signs“. The Guardian (2022-yil 6-iyul). Qaraldi: 2022-yil 6-iyul.
  7. „Confident Tottenham recover to thrash Southampton“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  8. Bysouth. „Southampton 2–1 Chelsea“. BBC Sport (2022-yil 30-avgust). Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
  9. „Southampton relegated after defeat to Fulham“ (en). www.premierleague.com. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  10. „Lavia joins Chelsea“. Chelsea FC (2023-yil 18-avgust). Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  11. „Romeo Lavia: Chelsea sign Belgium midfielder from Southampton in £58m deal“. BBC Sport (2023-yil 18-avgust). Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  12. „Royal Belgian FA“. www.rbfa.be. Qaraldi: 2021-yil 23-sentyabr.
  13. „Belgium coach Tedesco wields the axe for Euro qualifiers“ (en). Reuters (2023-yil 17-mart). Qaraldi: 2023-yil 17-mart.
  14. „Domenico Tedesco announces his first selection“. Royal Belgian Football Association (2023-yil 17-mart). Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  15. Kulig. „Analysis: Why Romeo Lavia is turning heads at Manchester City by The American Cityzen“ (en). Football Talent Scout (2021-yil 4-iyul). Qaraldi: 2021-yil 23-sentyabr.
  16. „Games played by Romeo Lavia in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 22-sentyabr.
  17. „Games played by Romeo Lavia in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
  18. 18,0 18,1 „Games played by Romeo Lavia in 2023/2024“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 4-avgust.
  19. „Lavia, Roméo“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.

Tashqi havolalar tahrir