Rosetta (talaffuzi: Rozetta) avtomatik kosmik stansiya boʻlib, Yevropa kosmik agentligi tomonidan 67P/Churyumov–Gerasimenko (67P) kometasini tadqiq etish uchun yaratilgan. Kometaga qoʻnuvchi Philae apparati tashiydi.[1][2]

Rosetta apparati, komputer grafikasi.

Rosetta 2004-yil 2-martda Ariane 5 raketasida fazoga olib chiqilib, kometaga 2014-yil 6-avgustda yetib bordi[3] va kometa atrofida aylanuvchi birinchi apparat boʻldi.[4][5][6] (kometalar tomon uchirilgan avvalgi apparatlar ularning yonidan uchib oʻtishgandi.[7]) Apparat ikki asosiy qism: 12 asbobli Rosetta orbital apparati va 9 asbobli Philae qoʻnuvchi apparatidan iborat.[8] Rosetta apparati 67P kometasini 17 oy sinchiklab oʻrganishi rejalashtirilgan. Missiya Darmstadt shahridagi Yevropa kosmik amaliyotlar markazidan boshqariladi.[9]

Apparat qadimgi Misrga oid bitiklar yozilgan Rozetta toshi sharafiga nomlangan. Qoʻnuvchi apparat esa Nil daryosidagi Fila oroli va unda topilgan yunon-Misr obeliski sharafiga atalgan. Rozetta toshi va Fila obeliskidagi bitiklarni oʻrganish Misr yozuvini tushunishga yordam qilgan. Shunga qiyos qilib, bu apparatlar kometani oʻrganish orqali Quyosh tizimi tarixini tushunishga yordam qilishi mumkin.[10][11]

Rosetta'ning Philae apparati 2014-yil 12-noyabrida 67P kometasiga qoʻndi.[12][13]

Manbalar

tahrir
  1. Agle, DC; Brown, Dwayne; Bauer, Markus „Rosetta's Comet Target 'Releases' Plentiful Water“. NASA (30-iyun 2014-yil). Qaraldi: 30-iyun 2014-yil.
  2. Chang, Kenneth. „Rosetta Spacecraft Set for Unprecedented Close Study of a Comet“. New York Times (5-avgust 2014-yil). Qaraldi: 5-avgust 2014-yil.
  3. Scuka, Daniel „Thruster burn kicks off crucial series of manoeuvres“. European Space Agency (7-may 2014-yil). Qaraldi: 21-may 2014-yil.
  4. Fischer, D. „Rendezvous with a crazy world“. The Planetary Society (6-avgust 2014-yil). 2014-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2014-yil.
  5. Bauer, M. „Rosetta Arrives at Comet Destination“. European Space Agency (6-avgust 2014-yil). 2014-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2014-yil.
  6. Lakdawalla, E. „Finding my way around comet Churyumov-Gerasimenko“. The Planetary Society (15-avgust 2014-yil). 2014-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2014-yil.
  7. Algar, Jim. „Rosetta's lander Philae snaps selfie with comet“. Tech Times (14-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2014-yil.
  8. „Rosetta at a glance“. European Space Agency. 2011-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2010-yil.
  9. Pearson, Michael; Smith, Matt. „Comet-chasing probe wakes up, calls home“. CNN (21-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2014-yil.
  10. Sharp, Tim. „Rosetta Spacecraft: To Catch a Comet“. Space.com (15-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2014-yil.
  11. „Unlocking the secrets of the universe: Rosetta lander named Philae“. European Space Agency (5-fevral 2004-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2014-yil.
  12. Chang, Kenneth. „European Space Agency’s Spacecraft Lands on Comet’s Surface“. New York Times (12-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2014-yil.
  13. „Rosetta: Comet Probe Beams Back Pictures“. Rosetta: Comet Probe Beams Back Pictures. SkyNews (12-noyabr 2012-yil). 2015-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-noyabr 2012-yil.

Havolalar

tahrir