Sagʻanaqsoy
Sagʻanaqsoy (Qoraqushsoy) -Samarqand viloyatidagi soy, Korasuv daryosi irmogʻi. Uz. 30 km, havzasining maydoni 100 km². Qoʻytosh tizmasining janubiy yon bagʻridagi buloqdan (bal. 1700 m) boshlanadi. Yuqori oqimida Ugat qishlogʻigacha Nuchkalisoy deb ataladi. Kiykim qishlogʻidan pastda yozda qurib qoladi. Qoryomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 0,258 m³/sek., oqim moduli 5,8 l/sek.km². Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,609 m³/sek. dan (sersuv yilda) 0,047 m³/sek.gacha (kamsuvli yilda). Bahorda sersuv, baʼzan toshadi.[1]
Sagʻanaqsoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 30 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |