Salola xalqaro aeroporti (IATA: SLLICAO: OOSA) – Ummon Sultonligining ikkinchi yirik aeroporti. Maskat xalqaro aeroportidan keyingi oʻrinda turadi. Zufor muhofazasining Salola qirgʻoqboʻyi hududida, Salola shahar markazidan 5.5 kilometr (3.4 mi) shimoli-sharqda joylashgan. Aeroportda mintaqaviy yoʻnalishlarga parvozlar, shuningdek, Yevropadan bir nechta qitʼalararo charter xizmatlari mavjud. Yaqinda aeroport menejment va xizmat koʻrsatish sohasidagi mukammalligi uchun Skytrax 5 yulduzli mintaqaviy aeroport reytingida gʻolib chiqdi.

Salola xalqaro aeroporti
IATA kodi: SLLICAO kodi: OOSA
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Ummon hukumati
Operator OAMC
Xizmat doirasi Salola, Ummon Sultonligi
Joylashuvi Ar Rubat koʻchasi (Salola shahridan 13,9 km)
Markazi
Dengiz sathidan balandligi 73 ft / 22 m
Koordinatalari 17°02′20″N 54°05′32″E / 17.03889°N 54.09222°E / 17.03889; 54.09222
Vebsayti salalahairport.co.om
Xarita
SLL (Ummon)
SLL
Aeroportning Ummon xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
07/25 4 000 13,123 Asfalt
Manba: GCM[1] Google Maps[2]

Tarixi

tahrir

Dastlabki davri

tahrir
 
1972-yilda Zufor urushi paytida RAF Saloladagi aerodrom mudofaasi

Salolada aerodrom 1935-yil Ummon Sultonligini qoʻllab-quvvatlash uchun Britaniya qirollik harbiy havo kuchlari tomonidan tashkil qilingan[3]. U yerdagi samolyotlardan 1954—1957-yillardagi Jabal Axdar urushi hamda 1962- va 1976-yillarda Zufor urushida foydalanilgan. 1977-yilda britaniyaliklar RAF Salolani tark etadi[4].

 
Salola aeroportidagi birinchi fuqarolik inshootlari.

Salola aeroporti 1977-yilda fuqarolik obyekti sifatida faoliyat boshlaydi. Dastlab faqat Maskatdan ichki reyslarni va BAA yoki Qatarga bir nechta charter reyslarini amalga oshirgan. Ummon havo xizmatlari (OAS) Salolaga 1982-yilda xizmat koʻrsatishni boshladi va Oman Airning ilk reysi 1993-yil aprel oyida Maskatdan keldi. Fuqarolik aeroporti bilan birgalikda Ummon Qirollik havo kuchlarining RAFO Salola nomli harbiy aviabazasi joylashgan.

2003-yilda Salola aeroporti xalqaro aeroport maqomini oldi. Shu yili Oman Air Dubaydan Salolaga muntazam qatnovlarni boshladi, bu esa yoʻlovchilar oqimi oshishiga olib keldi. Ayni paytda boshqa aviakompaniyalar faqatgina Xarif mavsumida qatnovlarni amalga oshirar edi. Keyingi yil Air India Kojikodega, keyin esa Cochinga parvozlarni yoʻlga qoʻydi va Salolaga mavsumiy boʻlmagan xalqaro reyslarni amalga oshiruvchi birinchi aviakompaniyaga aylandi[5]. 2003-yildan beri aeroportda yoʻlovchilar oqimi va fuqarolik parvozlari soni koʻpayib bormoqda[6]. Hudud ham mahalliy aholi, ham xorijliklar uchun mashhur sayyohlik yoʻnalishi hisoblanadi, ayniqsa iyuldan sentyabrgacha Osiyo mussoni Xarif mavsumining boshlanishi bilan mintaqaga kirib, uni odatiy qurgʻoqchil koʻrfaz mintaqasidan gʻayrioddiy jozibali joyga aylantiradi. Ayni paytda mamlakatning ikkinchi muhim aeroporti hisoblanadi.

2000-yillardan beri rivojlanishi

tahrir

2011-yilda yangi zamonaviy Salola aeroporti uchun rejalashtirish va qurilish ishlari boshlandi. Ushbu harakat Transport va kommunikatsiya vazirligi tomonidan shaharning turizm sohasini yanada rivojlantirish hamda shaharga va shahardan uchib ketayotgan yoʻlovchilar oqimiga xizmat koʻrsatish maqsadida qilingan. Xalqaro aeroportni yakunlash uchun 20 dan ortiq turli qurilish kompaniyalari bilan qiymati 854 million dollarga teng[7] shartnomalar imzolandi[8]. COWI A/S-Larsen qoʻshma korxonasi loyihada bosh konsultant boʻldi, keyinchalik qoʻshma korxona HILL INTERNATIONAL LLC tomonidan almashtirildi[9].

Salola aeroporti birinchi bosqichda bir million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishi rejalashtirilgan edi. Yangi aeroport uchun ikkinchi, uzunligi 4 km boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi ham qurilishi hisobga olingan[10]. Aeroportning hozirgi uchish-qoʻnish yoʻlagi ham eng katta samolyotlarni qabul qilish uchun kengaytiriladi, shuningdek, shimolda yangi parallel taksi yoʻli quriladi[11]. Xalqaro aeroportda shuningdek, 65 000 m² yoʻlovchi terminali binosi boʻlib, 3000 tagacha avtomobil uchun avtoturargoh va 57 metr balandlikdagi ATC minorasi boʻladi[8][10].

Aeroportning dizayni kelajakdagi rivojlanish loyihalarini hisobga oladi va agar kerak boʻlsa, yiliga olti milliongacha yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkonini beradi[12].

Salolaning yangi aeroporti 2015-yil iyun oyida ishga tushdi, Oman Air aviakompaniyasi Maskatdan parvozni amalga oshirib, yangi aeroportga kelgan birinchi aviakompaniyaga aylandi. Biroq, yangi aeroport rasman 2015-yilning noyabr oyida ochildi. Yangi aeroportning janubida joylashgan eski aeroport shundan soʻng ichki va favqulodda aeroportga aylantirildi.

Infratuzilmasi

tahrir

Yangi xalqaro aeroport eski aeroportga qaraganda koʻproq infratuzilmaga ega. OAMC bilan hamkorlikda xususiy kompaniya tomonidan yangi Duty Free xizmati ishga tushirildi. Koʻplab oziq-ovqat peshtaxtalari ochilganidan beri xizmat koʻrsatmoqda. Oman Air aviakompaniyasi yangi terminalda havo tomoni va darvozalari qarshisida Gold va Silver Sinbad xizmat kartalari egalari boʻlgan biznes klass, birinchi klass va ekonom klass yoʻlovchilari uchun yangi zalni joylashtirdi. Aeroport yoʻlovchilar orasida samarali dam olish xonasi va Duty Free xizmatlarini taqdim etayotgani reytingiga ega. Yangi aeroportda konditsionerli toʻrtta aerokoʻprik mavjud. Yangi terminal nafaqat shahar turizmini, balki mahalliy va xalqaro yoʻlovchilar oqimini ham rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

tahrir
Aviakompaniya Manzillar
Air Arabia Abu-Dabi[13], Sharja
Air India Express  Kojikode,  Kochi[14],  Tiruvanantapuram
Centrum Air Toshkent (2024-yil 30-oktyabrdan boshlanadi)[15]
Edelweiss Air Mavsumiy:  Syurix (2025-yil 25-fevraldan boshlanadi)[16]
Etihad Airways Mavsumiy: Abu-Dabi[manba kerak]
flydubai Dubay–Xalqaro
flynas Mavsumiy: Ar-Riyod[17]
Gulf Air Mavsumiy: Bahrayn[manba kerak]
Jazeera Airways Mavsumiy: Kuvayt[18]
Kuwait Airways Mavsumiy: Kuvayt[19]
Oman Air Maskat
Qatar Airways Doha
SalamAir Abu-Dabi[20] Jidda[21], Kuvayt, Maskat, Suhor
Mavsumiy: Fujayra, Praga[22]
Saudia Mavsumiy: Ar-Riyod, Jidda
Smartwings Mavsumiy charter:  Bratislava[23]
Wizz Air Mavsumiy: Abu-Dabi

Statistikasi

tahrir
Yil Jami yoʻlovchilar soni Jami yuklar, jumladan pochta (tonnada) Jami fuqarolik parvozlari soni
2020 386,107  [24] 743  [25] 3,384[26]
2019 1,365,854  [24] 1,395  [25] 11,886[26]
2018 1,386,994   [27] 979   15,518 [28]
2017 1,485,635   1,327   17,511
2016 1,198,846   1,563   10,703
2015 1,027,578   1,350   10,293
2014 841,970   [29] 1,799   8,571[29]
2013 746,994   1,417   7,944
2012 629,305   1,335   6,175
2011 513,278   1,366   5,520
2010 455,297   1,283   5,085
2009 426,503   1,284   5,045
2008 407,788   1,129   4,248
2007 337,679   1,110   4,079
2006 288,700   1,441   4,215

Manbalar

tahrir
  1. Aeroport haqida OOSA Great Circle Mapper'da.
  2. „Salalah International Airport“. Google Maps. Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
  3. „Royal Air Force Operations in Oman, 1918-1939“. www.rafmuseum.org.uk. Royal Air Force Museum. Qaraldi: 2020-yil 14-may.
  4. „Oman and the Cold War“. www.rafmuseum.org.uk. Royal Air Force Museum. Qaraldi: 2020-yil 14-may.
  5. „Your Gateway to Oman“. Omanairports.com. 2013-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
  6. „Oman Airports“. Oman Airports. Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
  7. „Muscat Airport terminal ready by end of 2013“. ConstructionWeekOnline.com (2012-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
  8. 8,0 8,1 „New Salalah airport to handle 2 million passengers“. 2012-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-oktyabr.
  9. „COWI - Salalah International Airport, Oman“. 2014-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-oktyabr.
  10. 10,0 10,1 „Salalah Airport, Oman“. COWI. 2014-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
  11. „Salalah International Airport, Salalah“. 2011-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-oktyabr.
  12. „Oman's airports offer opportunities“. 2012-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-oktyabr.
  13. „AACO | Air Arabia Abu Dhabi introduces flights to Salalah“.
  14. „Air India Express to resume Cochin-Salalah service from Apr-2023“. CAPA. Qaraldi: 2023-yil 21-mart.
  15. Liu, Jim. „Centrum Air Adds Tashkent – Salalah Schedule From late-Oct 2024“ (en-CA). AeroRoutes (2024-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 10-oktyabr.
  16. „Edelweiss Air NW24 MENA Network Expansion“.
  17. Liu, Jim „flynas S20 Network Expansion“. Routesonline. Qaraldi: 2020-yil 26-fevral.
  18. „Jazeera Airways to begin operations to Salalah - The Arabian Stories News“. Thearabianstories.com (2022-yil 7-mart). Qaraldi: 2022-yil 30-may.
  19. Casey, David „Manchester, Madrid and Moscow Among Kuwait Airways' Network Additions“. Routesonline. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  20. „Salam Air network expansion in S19“. Routesonline. Qaraldi: 2020-yil 22-may.
  21. Karp, Aaron „Oman's SalamAir To Commence Service To Four Indian Cities“. Routesonline. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
  22. „SalamAir to launch direct flights to 5 new destinations“.
  23. „Hydrotour“.
  24. 24,0 24,1 „Transport - DATA PORTAL“. data.gov.om. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  25. 25,0 25,1 „Civil Aviation Authority - Open Data“. www.caa.gov.om. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  26. 26,0 26,1 „Transport - DATA PORTAL“. data.gov.om. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  27. „Traffic Statistics Muscat Int. Airport Summary By Month“. PACA (2018). 2019-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  28. „2018 نتائج موسم صاللة السياحي“ (ar).
  29. 29,0 29,1 „FlipBook“. 2018-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.

Havolalar

tahrir

  Vikiomborda Salalah International Airport mavzusiga oid fayllar bor