Samarqand - Ashxobod Turkmanboshi avtomagistrali

Samarqand – Ashxobod – Turkmanboshi avtomagistrali (M37) – xalqaro ahamiyatli magistral avtomobil yoʻli. Umumiy uz. 1581 km. Yoʻl Samarqand shahridan boshlanib, BuxoroTurkmanobod (Chorjoʻy) – Mari orqali Kaspiy dengizi qirgʻogʻida Turkmanboshi portida tugaydi. Yoʻlning Oʻzbekiston hududidagi uzunligi 365 km, shundan 283 km I toifali, 82 km II toifalidir. Yoʻlning 62 km sement-beton, qolgan qismi asfalt-beton qoplamali. Yoʻldagi kunlik transport harakati jadalligi 13438 avtomobil/ kunni tashkil qiladi (2003). Yoʻlning oʻtmish tarixi 1928-yillardan boshlanadi. Dastlab shagʻaltosh qoplamali boʻlib, Samarqand— Navoiy—Buxoro viloyatlarini oʻzaro bogʻlovchi asosiy yoʻl boʻlgan. 1950—1963-yillarda yoʻl qattiq qora qoplamali kdlib qayta qurilgan (qarang. Zarafshon trakti). Keyinchalik sobiq Ittifoq davrida yoʻl qoʻshni Turkmanistonning Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi) port shahrigacha davom etdirilib, M37 xalqaro avtomagistrali deb qayta nomlangan.

Hozir bu avtomagistral Yevropa Ittifoqining Kale shahridan (Fransiya) boshlanib Belgiya, Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston orqali oʻtib, qoʻshni Qozogʻistonning Olmaota shahrida tugaydigan katta YE40 xalqaro avtomagistralining respublikamiz hududidan Buxoro—Navoiy—Samarqand orqali oʻtuvchi qismiga kiradi.

Adabiyot

tahrir
  • Strelsov I. V., Semenov L. I., Opit stroitelstva avtomobilnix dorog v Oʻzbekistane, T., 1965.

Tohirjon Mirzayev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil