Samuel Chimerenka Chukwueze (talaffuzi: Samuel Chimerenka Chukvueze; 1999-yil 22-mayda Nigeriyaning Ikvuano shahridan tugʻilgan) — nigeriyalik futbolchi, „Villarreal“ klubi va Nigeriya terma jamoasi vingeri.

Samuel Chukwueze
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Samuel Chimerenka Chukwueze
Tavallud sanasi 22-may 1999-yil (1999-05-22) (24 yosh)
Tavallud joyi Umuahia, Nigeriya
Boʻyi 1.72 m[1]
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Villarreal
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Future Hope
New Generation Academy
2012—2017 Diamond Football Academy
2017—2018 Villarreal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018 Villarreal B 20 (4)
2018— Villarreal 131 (15)
Milliy terma jamoa
2015 Nigeriya U17 7 (3)
2018— Nigeriya 25 (4)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Chukwueze dastavval, oʻz vatanida futbol oʻynay boshlagan. Yoshligi davomida turli akademiyalarda futbol bilan shugʻullangan. 2017-yilda ispaniyaning „Villarreal“ futbol klubi skautlari uni payqab qolishgan va u klub bilan professional shartnoma imzolagan. 2018-yilning 15-aprelida u Segunda Bda „Sabadell“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan[2].

Xalqaro faoliyati tahrir

2015-yil kuzida Samuel Chukwueze Nigeriya terma jamoasi tarkibida Chilidagi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u AQSh , Chili, Xorvatiya, Avstraliya, Braziliya, Meksika va Mali jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[3][4][5][6][7][8][9]. Avstraliya va chililiklarga qarshi janglarda Samuel uchta gol urgan.

2018-yil 20-noyabr kuni Ugandaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Samuel Chukwueze Nigeriya terma jamoasi safida debyut qilgan[10].

2019-yilda Samuel Chukwueze Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida bronza medalni qoʻlga kiritdi. Turnirda u Burundi, Gvineya, Tunis, Jazoir, Janubiy Afrika va Kamerun jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11][12][13][14][15][16]. Janubiy afrikaliklarga qarshi kechgan bahsda Samuel terma jamoadagi ilk golini urdi.

2022-yilda Samuel Chukwueze ikkinchi marta Kamerunda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Misr, Sudan va Tunis jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[17][18][19]. Sudanliklarga qarshi kechgan bahsda Samuel gol urgan.

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Villarreal C. F. „B“  Ispaniya 2017-18 11 2 11 2
2018-19 9 2 9 2
Jami 20 4 0 0 0 0 20 4
Villarreal C. F.  Ispaniya 2018-19 26 5 3 2 9 1 38 8
2019-20 37 3 4 1 41 4
2020-21 28 4 1 0 11 1 40 5
2021-22 27 3 2 2 9 2 38 7
2022-23 13 0 1 2 7 3 21 5
Jami 131 15 11 7 36 7 178 29
Umumiy faoliyatida 151 19 11 7 36 7 198 33

Manbalar tahrir

  1. „Samuel Chukwueze“. Villarreal CF. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  2. „Сабадель VS. Вильярреал B 1:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 15-aprel).
  3. „Нигерия (до 17) VS. США (до 17) 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 17-oktyabr).
  4. „Чили (до 17) VS. Нигерия (до 17) 1:5“ (en). soccerway.com (2015-yil 21-oktyabr).
  5. „Хорватия (до 17) VS. Нигерия (до 17) 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 21-oktyabr).
  6. „Нигерия (до 17) VS. Австралия (до 17) 6:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 29-oktyabr).
  7. „Бразилия (до 17) VS. Нигерия (до 17) 0:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 1-noyabr).
  8. „Мексика (до 17) VS. Нигерия (до 17) 2:4“ (en). soccerway.com (2015-yil 6-noyabr).
  9. „Мали (до 17) VS. Нигерия (до 17) 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 8-noyabr).
  10. „Нигерия VS. Уганды 0:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 20-noyabr).
  11. „Нигерия VS. Бурунди 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 22-iyun).
  12. „Нигерия VS. Гвинея 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 26-iyun).
  13. „Тунис VS. Нигерия 0:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 17-iyul).
  14. „Алжир VS. Нигерия 2:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 14-iyul).
  15. „Нигерия VS. ЮАР 2:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 10-iyul).
  16. „Нигерия VS. Камерун 3:2“ (en). soccerway.com (2019-yil 6-iyul).
  17. „Нигерия VS. Египет 1:0“ (en). soccerway.com (2022-yil 11-yanvar).
  18. „Нигерия VS. Судан 3:1“ (en). soccerway.com (2022-yil 15-yanvar).
  19. „Нигерия VS. Тунис 0:1“ (en). soccerway.com (2022-yil 23-yanvar).