Sanobar Nosirova (1970, Qoʻrgʻontepa tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2021-yil 24-avgustdan buyon Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi[1].

Sanobar Nosirova
 Bo‘ston tumani hokimi
Mansab davri
2021-yil avgustdan – hozirga qadar
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1970-yil
Qo‘rg‘ontepa tumani
Millati o‘zbek
Siyosiy partiyasi O‘zlidep
Taʼlim Andijon paxtachilik instituti
Mukofotlari "Shuhrat" medali

Tarjimai holi

tahrir

Sanobarxon Nosirova 1970-yilda Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini (ayni paytda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti), 2005-yilda esa Andijon muhandislik va iqtisodiyot institutini (ayni paytda Andijon mashinasozlik instituti) tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1992-yili Qoʻrgʻontepa tumani Savoy qishloq xoʻjalik texnikumi oʻqituvchiligidan boshlagan.

Turli yillarda „Gʻallabank“ning Qoʻrgʻontepa tumani filialida kassir, bosh hisobchi, boshqaruvchi vazifalarida va Qoʻrgʻontepa tumani „Buyuk turon invest“ kredit uyushmasining ijrosi direktori lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

2016 yildan tayinlovga qadar Qoʻrgʻontepa tumani „El rizqi non“ mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari boʻlgan.

Xalq deputatlari Boʻston tumani kengashining 2021-yil 24-avgustdagi navbatdan tashqari sessiyasida Sanobarxon Nosirova 2021-yil 31-iyul kuni ogʻir xastalikdan vafot etgan sobiq tuman hokimi Sadbarxon Mamitova oʻrniga hokim etib tayinlangan.

Mukofotlari

tahrir

2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[2].

Manbalar

tahrir