Saroybotu, Eski Saroy (yilnomalarda — Katta saroy) — Botuxon tomonidan qurdirilgan shahar (1254). Dastlab Oltin Oʻrdattt asosiy siyosiy markazi hisoblangan. S.B.da koʻplab saroylar, masjidlar, hunarmandchilik dahalari (Cherepyanoye pole) va boshqa boʻlgan. S.B. atrofida katta nekropol joylashgan. Oltin Oʻrda xonlarining oʻzaro kurashi va Amir Temurning yurishi (1395) natijasida qattiq shikastlangan. 1480 y. uzilkesil vayronaga aylangan. 18-asr shahar oʻrnida selitra (oʻgʻit) zavodi joylashgan. Shahar harobalari hozirgi Astraxon viloyati Harabali tumanidagi Selitrennoye kishlogʻida saqlanib qolgan. F.B.Ballod (1922), P.S.Rikov (1931)lar tomonidan qazish ishlari olib borilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil