Sayfi Saroyi
Sayfi Saroyi (arabcha: قصر الصيفي — Sayfi Saroyi — (1321-1398)) — turkiy shoir va tarjimon.
Sayfi Saroyi | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1321-yil |
Vafoti | 1398-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | shoir, tarjimon |
HayotiTahrirlash
Sayfi Saroyi — Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan.
FaoliyatiTahrirlash
Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha gʻazallari, qasida, qitʼa, ruboiylari, "Suhayl va Guldursun‟ dostoni (1394) hamda Saʼdiy Sheroziyning asarining tarjimasi "Gulistoni bit-turkiy‟ (1390—91) yetib kelgan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) "Turk adabiyoti namunalari‟da berilgan. "Suhayl va Guldursun‟ dostoni oʻzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida oʻz oʻrniga ega. Doston xalq afsonasi "Guldursun‟ asosiga qurilsada, unda real tarixiy voqealar, yaʼni Amir Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan. Sayfi Saroyi (1321, Xorazm viloyati Sariqamish qishlogʻi — 1398, Iskandariya) — shoir, tarjimon. Markaziy Osiyoda moʻgʻullar istilosi davrida yashagan, oʻz vatanini tark etishga majbur boʻlgan, umri darbadarlikda kechgan. Keyinchalik Oltin Oʻrda (Saroy sh.), Misr va Turkiyada yashagan. Fors, arab tili, adabiyoti, tarixi va xalq ogʻzaki poetik ijodini mukammal oʻrgangan, lirik shoir, qasidanavis, epik dostonchi va tarjimon sifatida tanilgan. Bizgacha uning 10 dan ortiq gʻazal, qasida, qitʼa, ruboiy, "Suhayl va Guldursun‟ dostoni, "Gulistoni bitturkiy‟ asari yetib kelgan. "Sindbodnoma‟ni oʻzbek tiliga qilgan tarjimasi saqlanmagan. Sheʼrlarida vatanparvarlik, odamiylik, inson qadrqimmati, doʻstlik, muhabbat motivlari bilan birga ijtimoiy mavzu ham kuylangan ("Kungul‟, "Topilmas‟, "Erur‟ va b.). Sayfi Saroyi Saʼdiyning "Guliston‟ asarini oʻzbek tiliga birinchi boʻlib tarjima qilib, yarim original, falsafiyaxloqiy "Gulistoni bitturkiy‟ asarini yaratgan (1391). Saʼdiy asarining asosiy magʻzini olib, uni zamona ruhini va mahalliy muhitni aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qitʼa va baytlar bilan toʻldirgan. Asar 8 bob, har bir bobda hikoyatlar bor. Hikoyatlarning koʻpchiligi didaktik mazmunda. Shoir pandnasihat qilish yoʻli bilan adolat va osoyishtalik oʻrnatish, zolim podsho va amaldorlarni insof va adolatga chaqirish, davlatni qatʼiy qonunqoidalar asosida boshqarish, kishilar xulq-atvorini yaxshilash mumkin, deb oʻylaydi. Shu maqsadda tugʻrilik, rostgoʻylik, sadoqat va marhamat kabi fazilatlarni targʻib etadi. Asar katta adabiy yodgorlik, qadimiy turkiy tilni oʻrganishda ham muhim manbadir. Uning yagona qoʻlyozmasi Gollandiyadagi Leyden universitetida (inv. № 1355), fotonusxasi, "Suhayl va Guldursun‟ dostoni qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi[1].
Nashr qilingan asarlariTahrirlash
Sayfi Saroyi. Sheʼrlar, Guliston. — T.: 1968;
Sayfi Saroyi. Gulistoni bit turkiy. Kitobda: 14 asr Xorazm yodnomalari. — T.: Fan, 1973;
Sayfi Saroyi. Suhayl va Guldursun. Kitobda: Uch bulbul gulshani. — T.: Gʻafur gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1986.
ManbalarTahrirlash
AdabiyotlarTahrirlash
- Sheʼrlar, Guliston, T., 1968.
- Mallayev N., Õzbek adabiyoti tarixi, 1-kitob, T., 1976;
- Õzbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 1j., T., 1977.
- Õzbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. T.1. — T.: Fan, 1978.