Sayyid Burhoniddin Xovandshoh — alloma va muhaddis. Sayyid Burhoniddin Xovandshoh ibn Kamoliddin Mahmud taniqli faqih, olim bo‘lib, Buxoroda tavallud topgan. U buyuk faqihlar Mahmud ibn Ahmad al-Mahbubiy, Ubaydulloh ibn Mas’ud al-Mahbubiy (?—1346) avlodlari hisoblanadi[1]. Sayid Burhoniddin Xovandshoh Temuriylar hukmronligi davrida Balxga Buxorodan ko‘chib boradi va o‘sha yerda vafot etadi. Sayyid Burhoniddin Xovandshohning o‘g‘li buyuk tarixchi Mirxond, (1433—1498) hisoblanadi. Mirxond 1433-yil Balxda tug‘ilgan. Maʼlumki, Mirxond Alisher Navoiyning homiyliklari va ko‘rsatmalariga muvofiq „Ravzat us safo fi siyrat ul-anbiyo val muluk val xulafo“ („Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bog‘i“) nomli asarni yozgan. Bu asar dunyoning yaratilishidan to 1523-yilgacha Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni o‘z ichiga qamrab olgan. Kitob yetti jilddan iborat: 1. Dunyoning yaratilishidan to Sosoniy Yazdigard (632—651) davri voqealarigacha. 2. Muhammad salallohu alayhi vasallam va xulafoi roshidin zamonidagi voqealar. 3. O‘n ikki Imom tarixi, shuningdek, Ummaviylar va Abbosiylar davri voqealari. 4. Abbosiylar bilan zamondosh bo‘lgan sulolalar (asosan Eron, Markaziy Osiyo va Hindiston) davri voqealari. 5. Mo‘g‘ullar, inchunin Chingizxon va uning avlodi; Eron va baʼzi qo‘shni mamlakatlarda mo‘g‘ullar hamda ulardan keyin Temur davrigacha mavjud bo‘lgan sulolalar tarixi. 6. Amir Temur va uning hukmronlik davridan to Sulton Abu Said o‘limigacha (?—1469) bo‘lgan voqealar tarixi. 7. Sulton Husayn Boyqaro va uning farzandlari tarixi (1523-yilgacha) yozilgandir. Ushbu asarning yettinchi jildi Xondamir qalamiga mansub. Ulugʻ tarixchi Xondamir (?—1534) Mirxondning nevarasi hisoblanadi[2].

Muhaddis

Ism

Sayyid Burhoniddin Xovandshoh

Tavalludi


Falsafa maktabi


Manbalar

tahrir
  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.