Sayyid Yahyo Murtuza masjidi (ozarbayjoncha: Seyid Yahya Murtuza məscidi; forscha: مسجد سید یحیی مرتضی) yoki Hazrat Ali masjidi (ozarbayjoncha: Həzrət Əli məscidi; forscha: مسجد حضرت علی) – XVII asrga oid tarixiy masjid. Bino Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri Asaf Zeynalli koʻchasida joylashgan. Masjid Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan[1].

Masjid
Sayyid Yahyo Murtuza masjidi
ozarbayjoncha: Seyid Yahya Murtuza məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Boku Asaf Zeynalli koʻchasi
Koordinatalar 40°21′53″N 49°50′07″E / 40.364741°N 49.835256°E / 40.364741; 49.835256 G O
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Shirvon-Absheron meʼmorchilik maktabi
Loyiha muallifi Sayyid Yahyo Murtuza
Binokorlik sanasi XVII asr
Holati qayta tiklangan

Tarixi tahrir

Oʻrta asr karvon savdo yoʻlida joylashgan Sayyid Yahyo Murtuza masjidi XVII asr boshlarida qurilgan. Ushbu yodgorlik oʻz davrining eng nufuzli shaxslaridan biri boʻlgan Sayyid Yahyo Murtuzaning mablagʻi evaziga bunyod etilgan. Murtuza ushbu masjidda diniy shaxs sifatida faoliyat yuritgan boʻlib, oʻlimidan keyin aynan shu masjid hovlisiga dafn etilgan. Hozirda uning qabri masjidning kirish eshigi yonida joylashgan[2].

Sayyid Yahyo Murtuza masjididan Ozarbayjon SSR davrida duradgorlik ustaxonasi sifatida foydalanilgan.

1990-yillardan keyin masjid Icheri-sheher Juma masjidi tarkibiga kiritilgan. Hozirgi kunda masjidda „Hazrati Muhammad“ jome masjidi diniy jamiyati faoliyat yuritib kelmoqda[3].

Arxitekturasi tahrir

Qurilish rejasiga koʻra masjid kvadrat shaklda, markaziy qismi gumbazli, minorasi yoʻq. Mehrobning janubiy devorlariga stalaktiklar bilan ishlov berilgan[4].

Galereya tahrir

Masjidning turli tomondan koʻrinishi

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Azərbaycan Respublikası ərazisində dövlət mühafizəsinə götürülmüş daşınmaz tarix və mədəniyyət abidələrinin əhəmiyyət dərəcələrinə görə bölgüsünün təsdiq edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikasi Nazirlər Kabinetinin qərarı“. e-qanun.az. 2021-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-mart.
  2. „MƏSCİD“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-mart.
  3. „"Azərbaycan bayrağı–milli-mənəvi sərvətimizi və bizi xarakterizə edən atribut" layihəsi uğurla icra olunur“ (az). scwra.gov.az (2016-yil 18-mart). 2016-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-mart.
  4. „MƏSCİD“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-mart.