Seni sogʻindim

„Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq

Seni sogʻindim“ (shunchaki „Sogʻindim“ oʻlaroq ham maʼlum) — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2005-yil eʼlon qilingan[manba kerak]. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan[manba kerak]. „Seni sogʻindim“ „Bolalar“ guruhining 2000-yillarda chiqarilgan eng taniqli taronalaridan biridir.

„Seni sogʻindim“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2005
Yozib olingan 2005
Davomiyligi 4:23
4:45 (toʻliq versiya)
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov

Qoʻshiq tonalligi — lya-minor[1]. Qoʻshiqning toʻliq versiyasi boshida ayol diktor sogʻinch haqida sheʼr oʻqigan.

2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Seni sogʻindim“ qoʻshigʻini guruhning 2005-yilga qadar eʼlon qilingan olti qoʻshigʻidan iborat „14-albom“ nomli albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritgan[2], ammo bu taronalar 2005-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.

„Seni sogʻindim“ qoʻshigʻi „Bolalar“ guruhining 2007-yil „iTunes“da eʼlon qilingan „The Very Best of the Fontana Years“ (tarjimasi „Fontana yillarning eng sara [qoʻshiqlari]“) terma albomiga 13-trek oʻlaroq kiritilgan[3]. Bu albom markaziy osiyolik xonanda yoki guruhning „iTunes“da eʼlon qilingan ilk albomidir. Ammo albom mualliflik huquqlari bilan bogʻliq kelishmovchiliklar tufayli 2012-yildan keyin platformadan olib tashlangan.

Manbalar tahrir

  1. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-sentyabr 2022-yil.
  2. „"Болалар" гуруҳининг 14 чи оригинал альбоми“. YouTube (1-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 24-sentyabr 2022-yil.
  3. „iTunes - Music - The Very Best of the Fontana Years by Bolalar (ingl.). Apple Music (22-yanvar 2007-yil). Qaraldi: 2012-yil 11-may.

Havolalar tahrir