Sergey Petrovich Zirchenko (1964-yil 28-noyabr, Ashxobod – 2007-yil 2-dekabr, Odessa) – sovet va ukrainalik futbolchi, yarim himoyachi ampulasida harakat qiladi. SSSR sport ustasi (1987).

Sergey Petrovich Zirchenko
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1964-yil 28-noyabr
Tavallud joyi Ashxobod, SSSR
Vafot sanasi 2007-yil 2-dekabr
Vafot joyi Odessa
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983 Paxtakor (14)
1983—1985 Zvezda Jizzah (8)
1986—1989 Chernomorets (Odessa) (6)
1990 Kolos (Nikopol) (3)
1991 Tiligul (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hayoti tahrir

Sergey Zirchenko 1964-yil 28-noyabrda Turkmanistonning Ashxobod shahrida tugʻilgan. Zirchenko faoliyatini Oʻzbekistonning "Narimanovets" (1982—1983-yilgi mavsum) va "Zvezda Jizzax" (1983—1985-yilgi mavsum) klublarida boshlagan. "Zvezda Jizzax" klubida 78 oʻyinda 14 ta gol urgan[1]. 1986—1989-yillarda u Odessaning „Chernomorets“ jamoasida oʻynagan. Odessaning „Chernomorets“ jamoasida umumiy 71 oʻyinda 8 ta gol, Oliy ligada esa 31 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. Keyinchalik „Kolos Nikopol“ jamoasida (1990) oʻynagan. „Kolos Nikopol“ jamoasidagi faoliyati davomida 34 oʻyinda 6 ta gol urgan[2]. 1991-yilgi SSSR chempionatida Tiraspolning „Tiligul“ jamoasi tarkibida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. „Tiligul“ jamoasi Ittifoq chempionatining birinchi ligasida ikkinchi oʻrinni egallaydi va oʻz tarixida birinchi marta oliy ligaga chiqish huquqini qoʻlga kiritadi. Biroq, u Sovet ittifoqining parchalanishi va ittifoq chempionatining tugatilishi sababli SSSR chempionatining yuqori divizionida oʻynamagan. Sergey Zirchenko 1992-yilda Chernomoretsga qaytdi. Keyinchalik Rossiyaga koʻchib oʻtdi va u yerda 1992—1993-yilgi mavsumni „Terek“ safida, 1994-yilgi mavsumni „Erza“ klubi safida va 1995-yilgi mavsumni "Zenit" (Sankt-Peterburg) klubi safida oʻtkazdi. Sergey Zirchenko "Zenit" (Sankt-Peterburg)da futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Sergey Zirchenko 2007-yil 2-dekabrda Odessada vafot etdi.

Yutuqlari tahrir

Sergey Zirchenko 1992-yilgi Ukraina kubogi gʻolibi hisoblanadi[3].

Manbalar tahrir

  1. „Зирченко Сергей Петрович“. www.football.odessa.ua. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  2. „Статистика Зірченко Сергій Петрович“. www.allplayers.in.ua. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  3. „Одесский футбол“. football.odessa.ua. 2014-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-iyun.

Havolalar tahrir