Shamsiyabonu (Buxoro amirligi)
Shamsiyabonu binti Abulfayzxon (chigʻatoycha: شمسیه بنت ابو الفيض خان) — Buxoro amirligi malikasi. Buxoro davlatida hukmron boʻlgan sulolalar Ashtarxoniylar va Mangʻitlar xonadoni vakili. Kelib chiqishi bir tarafdan chingiziylar, ikkinchi tarafdan sayyidlar xonadoniga borib taqalgan. Tarixda „Xoni shahid“ nomi bilan mashhur Buxoro xonligi hukmdori Abulfayzxonning (1711–1747) qizi , Buxoro amirligi hukmdorlari Amir Shohmurodning (1785–1800) rafiqasi va Amir Haydarning (1800–1826) onasi boʻlgan .
Shamsiyabonu | |
---|---|
chigʻatoycha: شمسیه بنت ابو الفيض خان | |
Buxoro amirligi malikasi | |
Hukmdor |
Amir Shohmurod (1785–1800) Amir Haydar (1800–1826) |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
XVIII asrning 2- yarmi Buxoro xonligi |
Vafoti |
XIX asrning birinchi yarmi Buxoro amirligi |
Fuqaroligi |
Buxoro xonligi → Buxoro amirligi |
Turmush oʻrtogʻi | Amir Shohmurod |
Bolalari | Amir Haydar |
Otasi | Abulfayzxon |
Malikaning asl ismi Shamsiyabonu boʻlib, u baʼzi manbalarda Shamsmoh, Bonu Shams va Yulduzbegim nomlari bilan ham tilga olinadiSitorai Mohi xossaning bunyodkorlik va xayriya ishlarini davom ettirgan, tasarrufida boʻlgan yerlarni Buxoro davlatining oliy hukmdorlari alohida eʼtibor qaratgan Bahouddin Naqshband ziyoratgohidagi Mozori sharif oliy madrasasi foydasiga vaqf qilgan .
. Shamsiyabonu buvisiShamsiyabonu shaxsi, uning tarjimayi holi va ijtimoiy faoliyati, tarixdagi oʻrni fanda yetarlicha oʻrganilmagan. U haqida qisqacha naql qilingan oʻz davrining manbalarigina mavjud
.Manbalarda
tahrirShamsiyabonu haqidagi qisqacha tarixiy maʼlumotlar ushbu va boshqa mualliflarda uchraydi: Abdulkarim Buxoriyning „Tarixi Nadimiy“[1], Mirzo Shams Buxoriyning „Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Xoʻqand va Qoshgʻar“[2][3], Grebenkinning „Rodoslovnaya dinastii Mangit“ („Mangʻitlar sulolsasining tarixi“), Pyotr Shubinskiyning „Ocherki Buxari“ („Buxoroning umumiy tarzda yozilgan tavsifi“)[4], Mirzo Olim Mahdum hojining „Tarixi Turkiston“[5][6], Sayyid Muhammad Nosirning „Tuxfat az-zoirin“[7], Sayyid Mansur Olimiyning „Buxoro — Turkiston beshigi“[8], Abdusattor Jumanazarning „Buxoro taʼlim tizimi tarixi“[9][10][11][12].
Asl ismi
tahrirAbdulkarim Buxoriyning „Tarixi Nadimiy“ va Mirzo Shams Buxoriyning „Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Xoʻqand va Qoshgʻar“ asarida malikaning ismi tilga olinmagan. Faqatgina u Abulfayzxonning qizi, Amir Shohmurodning xotini va Amir Haydarning onasi ekanligi aytib oʻtilgan[1][2]. Mirzo Shams Buxoriy oʻsha davrda ayollarni ismi bilan chaqirishdan qochilgani, u nafaqat malikaning, hattoki Amir Haydarning ukasi Mir Husaynga uzatilgan oʻz opasi ismini ham bilmasligini yozadi[3].
Malikaning asl ismi Shamsiyabonu boʻlganini nafaqat tarixiy manbalar[7][9][10][11], hattoki uning avlodi boʻlgan Sayyid Mansur Olimiy[8] va hozirgacha saqlanib qolgan bir vaqf hujjati tasdiqlasada[12], Mirzo Olim Mahdum hojida u „Shamsmoh binti Abulfayzxon“ deb tilga olinadi[6]. Qahramon Rajabovning bir maqolasida esa malika „Bonu Shams“ deb nomlangan[13]. Baʼzi bir ruscha manbalarda malikaning ismi „Yulduzbegim“ boʻlgan deyiladi[2][3][4].
1861-yilda Rossiya imperiyasining Qozon universitetida ruschada chop etilgan Mirzo Shams Buxoriyning „Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Xoʻqand va Qoshgʻar“ asari oxirida keltirilgan izohlarda, shuningdek 1892-yilda chop etilgan Pyotr Shubinskiyning „Ocherki Buxari“ („Buxoroning umumiy tarzda yozilgan tavsifi“) maqolasida malikaning ismi John Malcolmda „Yulduzbegim“, Izzatullohda — „Shamsbonu oyim“ deb kelishi taʼkidlangan[3] va Grebenkinning „Rodoslovnaya dinastii Mangit“ („Mangʻitlar sulolsasining tarixi“) asarida „Yulduzbegim“ versiyasi qoʻllangani sababli ikkala nashrda ham shu talqinni ishlatish afzal koʻrilgan[3][4].
Kelib chiqishi
tahrirShamsiyabonu oliy tabaqaga mansub boʻlgan — kelib chiqishi bir tarafdan Chingiziylar, ikkinchi tarafdan sayyidlar xonadoniga borib taqalgan[sharh 1]. Oʻzbek olimi Abdusattor Jumanazar malikaning „keyingi avlodlari ismi oldiga „sayyid“ soʻzining qoʻshib yozilishi shundandir“, – deb yozadi. U tarixda „Xoni shahid“ nomi bilan mashhur boʻlgan Buxoro xonligi hukmdori Abulfayzxon (1711–1747) xonadonida tavallud topgan[11].
Bunyodkorlik va xayriya ishlaridagi hissasi
tahrirShamsiyabonu, buvisi Sitorai Mohi xossaning[9] bunyodkorlik va xayriya ishlarini davom ettirgan. Xususan, Abdusattor Jumanazar tadqiqotlari natijasida aniqlanishicha, u Buxoro davlatining oliy hukmdorlari alohida eʼtibor qaratgan Bahouddin Naqshband ziyoratgohidagi Mozori sharif oliy madrasasi uchun Shimoli Rud tumanidagi Samonchuq mavzesida 11 boʻlak yerni vaqf qilgan. Bu ishlarga guvohlik beruvchi vaqf hujjati malikaning oʻgʻli va Buxoro amirligi hukmdori Amir Haydar (1800–1826), qozi ul-quzzot Mir Abul Hasan ibn Mir Isomuddin muhrlari bilan tasdiqlangan va hozirgacha saqlanib qolgan[12].
Oilasi
tahrirOliy tabaqaga mansub Shamsiyabonuning eri tarixda „Amiri Maʼsum“ („Begunoh amir“) nomi bilan mashhur Buxoro amirligi hukmdori Amir Shohmurod (1785–1800) boʻlgan. Bir manbada naql qilinishicha, sabr-qanoat qilishda hamda evi bilan sarf-xarajat qilishda oʻzining hayoti bilan oʻrnak beruvchi Amir Shohmurod, mamlakat gʻaznasidan oʻzi uchun oʻsha davrning eng kambagʻal talabasi oladigan stipendiya miqdoridan oshmaydigan 1 tangani olsa, oʻzi shundogʻam oʻzining iqtisodiy ahvoli durust boʻlgan va moyanaga muhtojligi yoʻq Shamsiyabonuga 3 tanga olib berib, baʼzi-baʼzida „koʻp beryapman“ deb undan oʻpkalab qoʻyar ekan[4].
Barcha manbalar ulardan yagona oʻgʻil farzand, Amir Haydar (1800–1826) tugʻilganini tasdiqlasada, 1861-yilda Rossiya imperiyasining Qozon universitetida ruschada chop etilgan Mirzo Shams Buxoriyning „Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Xoʻqand va Qoshgʻar“ asari oxirida keltirilgan izohlarni tuzuvchilar, ushbu turmushdan 2 ta oʻgʻil farzand Amir Haydar hamda Mir Husaynlar dunyoga kelgani haqida notoʻgʻri maʼlumot berishgan[3]. Aslida, Amir Shohmurodning toʻngʻich farzandi Amir Haydar boʻlgan. Mir Husayn esa uning Bibi Otun binti Gʻani maxdumdan tugʻilgan oʻgʻli boʻlgan[11].
Mirzo Olim Mahdum hoji oʻzining „Tarixi Turkiston“ asarida Shamsiyabonuning[sharh 2] Amir Shohmuroddan oldingi turmushi Mangʻitlar sulolasining birinchi vakili Muhammad Rahimxon (1756–1758) bilan qurilganligini yozadi[6] va bu maʼlumot undan oldin yozilgan boshqa baʼzi bir ruscha manbalarda ham uchraydi[2][3][4].
Vafoti
tahrirMirzo Shams Buxoriyga koʻra malika uzoq umr koʻrib 92 yoshida vafot etgan. Pyotr Shubinskiy unga „Ashtarxoniylarning soʻnggi vakilasi“ deb taʼrif bergan[4]. Soʻrab-surishtiruvlar natijasida yaratilgan Grigoriy Gensning qoʻlyozma toʻplamida yozilishicha, Shamsiyabonu 1822-yilda vafot etgan. Lekin, 1861-yilda Rossiya imperiyasining Qozon universitetida ruschada chop etilgan Mirzo Shams Buxoriyning „Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Xoʻqand va Qoshgʻar“ asari oxirida keltirilgan izohlarni tuzuvchilar „… unda u 1730-yilda dunyoga kelishi va Amir Haydarni[sharh 3] 47 yoshida tugʻishi kerak boʻladi“, — deb Shamsiyabonu 1822-yilda vafot etganiga shubha bildirishgan[3].
Izohlar
tahrir- ↑ Abdusattor Jumanazarda quyidagicha izoh yozilgan: „Imomqulixon va Nadr Muhammadxonning onasi eronlik sayyidlar xonadoniga mansub edi. Nadr Muhammadning oʻzi ham joʻyboriy Abdurahimxojaning Oyposhsha bibi ismli qiziga uylanadi. Shu sababdan muarrixlar Ashtarxoniylar va mangʻit hukmdorlarini ham chingiziy, ham sayyidlar naslidan deb qarashadi“.
- ↑ Mirzo Olim Mahdum hojining „Tarixi Turkiston“ asarida malikaning ismi „Shamsmoh binti Abulfayzxon“ deb yozilgan.
- ↑ 1861-yilda Rossiya imperiyasining Qozon universitetida ruschada chop etilgan Mirzo Shams Buxoriyning „Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Xoʻqand va Qoshgʻar“ asari oxirida keltirilgan izohlarda „Amir Haydar 1777-yilda tugʻilgan.“, — deb yozilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Мир Абдуль-Керим Бухарский // История Средней Азии“ (ru). vostlit.info. Qaraldi: 2024-yil 6-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Мирза Шемс Бухари // О некоторых событиях в Бухаре, Хоканде и Кашгаре“ (ru). vostlit.info. Qaraldi: 2024-yil 6-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 „Мирза Шемс Бухари // О некоторых событиях в Бухаре, Хоканде и Кашгаре (Комментарии)“ (ru). vostlit.info. Qaraldi: 2024-yil 6-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 „Шубинский П. // Очерки Бухары“ (ru). vostlit.info. Qaraldi: 2024-yil 6-yanvar.
- ↑ Mirzo Olim Mahdum hoji 2008, s. 171.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Mirzo Olim Mahdum hoji 2008, s. 176.
- ↑ 7,0 7,1 Мухаммад Насриддин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари 2003, s. 17.
- ↑ 8,0 8,1 Sayyid Mansur Olimiy 2004, s. 39.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Jumanazar 2017, s. 220.
- ↑ 10,0 10,1 Jumanazar 2017, s. 263.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 Jumanazar 2017, s. 415.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 Jumanazar 2017, s. 515–516.
- ↑ Rajabov, 2006 & 40–42.
Adabiyotlar
tahrir- Jumanazar A. K. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.
- Mirzo Olim Mahdum hoji. Tarixi Turkiston. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008 — 241-bet. ISBN 978-9943-08-279-3.
- Sayyid Mansur Olimiy. Buxoro — Turkiston beshigi. Buxoro: Buxoro, 2004 — 127-bet.
- Мухаммад Насриддин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари. Тухфат аз-заирин. Французский Институт Иследований Центральной Азии: Ташкент, 2003 — 46-bet.
- Rajabov Q. K. Amir Haydar yoxud amiri sayyid // Buxoro mavjlari. — Buxoro, 2006.