Shamsiyabonuashtarxoniylar oʻzbek sulolasi malikasi. Din Muhammadxonning xotini. Buxoro xonligining hukmdorlari — Imomqulixon va Nadr Muhammadxonlarning onasi hamda Mangʻitlar oʻzbek sulolasi vakillarining amir Haydardan (1800—1826) boshlab barcha Buxoro amirligi hukmdorlarining bibikalonidir.

Shamsiyabonu
Shamsiyabonu
Buxoro xonligi malikasi
Hukmdor Boqi Muhammadxon (1599—1605)
Vali Muhammadxon (1605—1611)
Imomqulixon (1611—1642)
Nadr Muhammadxon (1642—1645)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi XVI asrning 2-yarmi
Mashhad, Safaviylar davlati
Vafoti XVII asr
Buxoro, Buxoro xonligi
Fuqaroligi Safaviylar davlati
Buxoro xonligi
Turmush oʻrtogʻi Din Muhammadxon
Bolalari Imomqulixon
Nadr Muhammadxon
Otasi Mirzo Badiuzzamon

Shamsiyabonu taxminan XVI asrning 2-yarmida Mashhadda, Safaviylar davlatida tugʻilgan. Ota tomondan eronlik sayyidlar naslidan edi. Uning nasabnomasi quyadgicha boʻlgan: Shamsiyabonu binti Mirzo Badiuzzamon ibn Mirzo Muhammad Amin Mashhadiy ibn Mirzo Muhammad Safar ibn Mirzo Muhammad Muhsin ibn Mirzo Ali Rizo ibn Mirzo Muhammad Taqi ibn Mirzo Sayyid Abu Solih ibn Mir Sayyid Muhammad Muʼin ibn Mirzo Hidoyatulloh ibn Mirzo Sayyid Nuriddin Muhammad ibn Mir Jaloliddin Muhammad ibn Mir Sayyid Abu Muhammad ibn Imom Muhammad Askariy ibn Imom Ali Naqi ibn Imom Muhammad Taqi ibn Imom Muso Ali ibn Rizo ibn Imom Muhammad Kozim ibn Imom Muhammad Jaʼfar Sodiq ibn Imom Muhammad Boqir ibn Imom Zaynulobidin ibn Imom Muhammad Husayn ibn amir al-moʻminin Ali ibn Abu Tolib[1].

Shaxzoda Abdulmoʻminxon tomonidan Mashhad shahri qoʻlga olinganidan soʻng koʻpchilik shahar aholisi qoʻlga olinib qul sifatida Movarounnahrga yuboriladi. Ular orasida Shamsiyabonu ham bor edi. Qizni koʻrgan Din Muhammadxon uni oʻz nikohiga oladi[2]. Ulardan Imomqulixon va Nadr Muhammadxonlar dunyoga keladi[1].

Malikaning tarix oldidagi xizmatlari hali yetarli tadqiq etilmagan. Uning oʻgʻli Nadr Muhammadxon sayyidlar avlodidan boʻlgan Joʻyboriylarning avlodi Podshoh oyimga uylanadi. Sayyidlar avlodidan boʻlgan Shamsiyabonuning Din Muhammadxonga va Podshoh oyimning Nadr Muhammadxonga turmushga chiqishi sababdan muarrixlar Ashtarxoniylar va Mangʻit hukmdorlarini ham Chingiziy, ham sayyidlar naslidan deb qarashadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Jumanazar 2017.
  2. Алексеев 2006.

Adabiyotlar

tahrir