Sharifa Davronova (2006-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik yengil atletikachi. 2022-yilgi yengil atletika boʻyicha U20 jahon chempionatida 15 yoshida uch hatlab sakrash boʻyicha gʻolib chiqqan.

Sharifa Davronova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 27-sentyabr 2006-yil (2006-09-27) (17 yosh)
Samarqand, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Yengil atletika

Faoliyati tahrir

Davronova Kolumbiyaning Kali shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi yengil atletika boʻyicha U20 jahon chempionatida ayollar oʻrtasida yengil atletikaning uch hatlab sakrash turida 15 yoshida gʻolib chiqdi. Davronova 14.04 metr uzodlikka sakradi. Sharifaning bu natijasi musobaqada 2-oʻrinni egallagan, jahon reytingida esa birinchi oʻrinni egallab turgan raqibasining natijasidan 66 smga yaxshiroq edi[1]. Davronova keyinroq COVID-19 pandemiyasi tufayli Turkiyaning Koʻniya shahrida oʻtkazilishi kechiktirilgan 2021-yilgi Islom birdamlik oʻyinlariga yoʻl oldi. 2022-yil 11-avgust kuni Davronova ayollar o‘rtasida uch hatlab sakrashda 14,30 metrga sakrab oltin medalni qo‘lga kiritdi[2].

Hayoti tahrir

Davronova Samarqand shahrida tug'ilgan. Onasi — Nasiba Hoshimova. Muzaffar Karimov murabbiyligida 10 yoshidan boshlab yengil atletika bilan shug‘ullanadi[3].

Xalqaro musobaqalardagi ishtiroki tahrir

  Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi
Yil Musobaqa Musobaqa oʻtkazilgan joy Oʻrin Yoʻnalish Natija
2022 Yengil atletika boʻyicha U20 jahon chempionati Kali, Kolumbiya 1 Uch hatlab sakrash 14.04 m
Islom birdamligi oʻyinlari Koʻniya, Turkiya 1 Uch hatlab sakrash 14.30 m
Yengil atletika boʻyicha U18 jahon chempionati Al-Quvayt, Quvayt 1st Uzunlikka sakrash 6.06 m
1 Uch hatlab sakrash 13.23 m
2023 Yengil atletika boʻyicha yopiq inshhotlardagi Osiyo chempionati Ostona, Qozogʻiston 1 Uch hatlab sakrash 13.98 m
Yengil atletika boʻyicha U18 jahon chempionati Toshkent, Oʻzbekiston 2 Uzunlikka sakrash 6.22 m
1st Uch hatlab sakrash 13.99 m

Manbalar tahrir