Shavkat Seydametov
Shavkat Seydametov (1954-yil 19-aprelda, SSSR, Oʻzbekiston SSR, Buxoro viloyati, Narpay qishlogʻi) — Sovet va Ukraina teatr, kino va sanʼat ustasi. Kelib chiqishi Qrim tatar hunarmandlariga borib taqaladi.
Shavkat Seydametov | |
---|---|
Tavalludi | 19-aprel 1954-yil |
Fuqaroligi |
SSSR Ukraina |
Kasbi |
Rassom Ssenograf |
Biografiyasi
tahrirOʻzbekistonning Buxoro viloyati Narpay qishlogʻida deportatsiya qilingan qrim-tatarlar oilasida tugʻilgan.1957-yilda oilasi bilan Tojikiston SSRning Leninobod viloyatiga koʻchib oʻtadi.
1972-yilda Dushanbe (Tojikiston) shahridagi M.Olimov nomidagi Respublika rassomlik texnikumiga oʻqishga kirib, 1976-yilda tamomlagan. U Leninobod badiiy fondiga yuborilib, u yerda dizayn ishlari bilan shugʻullangan, kulolchilik sanʼatini puxta egallagan, monumental rangtasvir bilan ham shugʻullangan. 1976-yildan viloyat va respublika koʻrgazmalarida qatnasha boshlagan.
1992-yilda SSSR parchalanganidan keyin u Qrimga qaytib, Simferopol viloyatining Dubki qishlogʻiga joylashdi. 1993-yildan Qrim-tatar musiqali drama teatrida ishlay boshlaydi, 1994-yildan teatrning bosh rassomi boʻladi. 1993—2004-yillarda teatr tomonidan sahnalashtirilgan spektakllarning aksariyati Shavkat Seydametov tomonidan yaratilgan[1].
2003-yildan kinoda ishlay boshladi[2]. 2004-yilda u Kiyevga koʻchib oʻtdi.
Tanlangan ishlari
tahrirTeatr asarlari
tahrirQrim-tatar musiqa va drama teatri spektakllari uchun ssenografiya va liboslar dizayni:
Kinodagi faoliyati
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Heroes of Our Hearts: the story of Shevket Seydametov“ (Ukrainian). ukrinform.ru.
- ↑ „Sevket Seydametov. Cinema works“ (Russian). www.kino-teatr.ru.