Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati-2006
2006-yil 10-27-mart kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Chempionat toʻrtinchi marta 64 oʻyinchi ishtirokida knock-out turnir shaklida oʻtkaziladi.
Syu Yuxua, 2006-yil chempioni. | |
Joy | Yekaterinburg, Rossiya |
---|---|
Sana | 10-27-mart, 2006-yil |
Ishtirokchilar | 64 ta |
Chempion | |
Syu Yuxua | |
Syu Yuxua turnir finalida Alisa Galliamovani 2½: ½ hisobida magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritadi. Eʼtiborlisi, Syu Yuxua o‘shanda uch oylik homilador boʻlgan edi[1].
Ishtirokchilar
tahrirOʻyinchilar 2006-yil yanvar oyidagi FIDE Elo reytingiga koʻra saralangan edilar[2]. Bundan tashqari, istisno tariqasida amaldagi chempion Antoaneta Stefanova birinchi oʻringa qoʻyilgan edi.
- Antoaneta Stefanova (BUL), 2499, GM (WC)
- Koneru Humpy (IND), 2537, GM (WC)
- Pia Cramling (SWE), 2515, GM (E04)
- Alexandra Kosteniuk (RUS), 2514, GM ®
- Maia Chiburdanidze (GEO), 2511, GM (WC)
- Syu Yuxua (CHN), 2502, WGM ®
- Yekateriyna Lagno (UKR), 2500, IM (E05)
- Zhu Chen (CHN), 2482, GM ®
- Nadezhda Kosintseva (RUS), 2480, IM (E05)
- Subbaraman Vijayalakshmi (IND), 2479, IM (Z3.2)
- Tatyana Kosintseva (RUS), 2479, IM (E04)
- Monika Soćko (POL), 2475, IM (E04)
- Viktorija Čmilytė-Nielsen (LTU), 2475, IM (E05)
- Chjao Syue (CHN), 2473, WGM ®
- Qin Kanying (CHN), 2469, WGM (Z3.5)
- Alisa Galliamova (RUS), 2467, IM ®
- Yelena Dembo (GRE), 2461, IM (E05)
- Almira Skripchenko (FRA), 2461, IM (E05)
- Ekaterina Kovalevskaya (RUS), 2458, IM (WC)
- Lilit Mkrtchian (ARM), 2453, IM (E05)
- Nana Dzagnidze (GEO), 2452, IM (E04)
- Irina Krush (USA), 2447, IM (Z2.1)
- Lela Javakhishvili (GEO), 2444, IM (E05)
- Natalya Jukova (UKR), 2432, WGM (E04)
- Nino Khurtsidze (GEO), 2430, IM (E05)
- Svetlana Matveeva (RUS), 2428, IM (E05)
- Ekaterina Korbut (RUS), 2427, WGM (J04)
- Ketevan Arakhamia-Grant (GEO), 2426, IM (E04)
- Elina Danielian (ARM), 2423, IM (E05)
- Elisabeth Pähtz (GER), 2422, IM (J05)
- Elena Zaiatz (RUS), 2422, IM (E05)
- Iweta Radziewicz (POL), 2421, IM (E05)
- Tatiana Kononenko (UKR), 2417, WGM (E05)
- Marie Sebag (FRA), 2415, IM (E05)
- Peng Zhaoqin (NED), 2407, GM (E04)
- Cristina Adela Foisor (ROM), 2402, IM (E04)
- Marta Zielińska (POL), 2398, WGM (E05)
- Anna Ushenina (UKR), 2398, WGM (E05)
- Irina Vasilevich (RUS), 2386, IM (E05)
- Wang Yu (CHN), 2385, WGM (AS)
- Shen Yang (CHN), 2380 (Z3.5)
- Irina Slavina-Turova (RUS), 2379, IM (E04)
- Claudia Amura (ARG), 2366, WGM (AM)
- Evgenija Ovod (RUS), 2366, IM (E05)
- Ruan Lufei (CHN), 2361 (Z3.5)
- Sulennis Pina (CUB), 2358, WGM (AM)
- Jovanka Houska (ENG), 2355, IM (E04)
- Carolina Luján (ARG), 2346, WGM (Z2.5)
- Maka Purtseladze (GEO), 2341, IM (E05)
- Dana Aketayeva (KAZ), 2330, WIM (Z3.4)
- Maria Kursova (RUS), 2319, WIM (PN)
- Atousa Pourkashiyan (IRI), 2319, WIM (Z3.1)
- Ju Wenjun (CHN), 2290 (AS)
- Subbaraman Meenakshi (IND), 2289, WGM (AS)
- Irina Berezina-Feldman (AUS), 2285, IM (Z3.6)
- Hou Yifan (CHN), 2269, WFM (Z3.5)
- Maritza Arribas (CUB), 2269, WGM (Z2.3)
- Karen Zapata (PER), 2218, WIM (Z2.4)
- Hoàng Xuân Thanh Khiết (VIE), 2196, WIM (Z3.3)
- Ingris Rivera (COL), 2128 (AM)
- Natalia Khoudgarian (CAN), 2106, WIM (Z2.2)
- Faridah Basta Sohair (EGY), 2083, WIM (AF)
- Tuduetso Sabure (BOT), 2072, WGM (AF)
- Amina Mezioud (ALG), 1978 (Z4.1)
Shaxmatchi ayollar oʻrtasida eng kuchli yigirmatalikdan atigi ikkita o‘yinchi ushbu turnirda ishtirok etmaydi. Bular Judit Polgar (dunyoda 1-raqamli ayol shaxmatchisi va umumiy hisobda 14-o‘rin) va Xoang Tan Trang (11-oʻrin) edi. Xoang Tan Trang ushbu turnir o‘rniga 2005 va 2007-yillardagi ochiq chempionat tadbirlarida qatnashadi.
Ishtirokchilarni tanlash usullari
tahrir
|
|
Chempionat shakli
tahrirHar bir juftlik bahslari ikki kun davomida oʻynaladigan ikkita oʻyindan iborat edi. Klassik oʻyinlarda 40 ta harakat uchun 90 daqiqa va 41-harakatdan boshlab 30 daqiqa qoʻshib hisoblanar edi. Agar durang qayd etilsa, ertasi kuni tay-brek oʻynaladi. Tay-breyklarning formati quyidagicha edi[3]:
- Ikkita tezkor oʻyin (25 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi.
- Agar hisob yana teng boʻlsa, ikkita tezkor oʻyin (10 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi.
- Agar ushbu ikki oʻyindan keyin ham durang qayd etilsa, raqiblar ikkita blits oʻyinini oʻtkazishadi (5 daqiqa va 3 soniya oraligʻi).
- Agar juft blits oʻyinlaridan keyin ham hisob teng boʻlsa, bitta Armageddon oʻyini (oq gʻalaba qozonishi kerak, qora faqat durang oʻynashi kerak) oʻynaladi. Oqda 5 daqiqa, qorada 4 daqiqa va ikkala oʻyinchida ham 61-harakatdan boshlab uch soniyalik interval boʻladi.
Chempionat oʻtkazilish sanalari
tahrir- 1-tur: 11-mart va 12-mart, tay-breyk 13-mart
- 2-tur: 14-mart va 15-mart, tay-breyklar 16-martda
- 3-tur: 17-mart va 18-mart, tay-breyk 19-martda
- Chorak final: 20-mart va 21-mart, tay-breyk 22-martda
- Yarim final: 23-mart va 24-mart, tay-breyk 25-martda
- Final: 25-martdan 27-martgacha
Natijalar
tahrirFinal uchrashuvi
tahrirFinal uchrashuvida klassik oʻyinlarning toʻrtinchi oʻtkazilmadi, chunki Syu Yuxua uchinchi oʻyindan keyin Alisa Galliamovadan ikki ochko oldinga oʻtib boʻlgan edi
1 | 2 | 3 | 4 | Jami | |
---|---|---|---|---|---|
Alisa Galliamova (Rossiya) | 0 | ½ | 0 | — | ½ |
Syu Yuxua (Xitoy) | 1 | ½ | 1 | 2½ |
Turnir jadvali
tahrirOʻyinchilar yanvar oyidagi FIDE Elo reytingiga koʻra saralangan. Standart tanlov usulida juftliklar tanlanadi, yaʼni #1-raqamli oʻyinchi #64-raqamli oʻyinchi bilan, #2-raqamli oʻyinchi #63-raqamli oʻyinchi bilan, #3-raqamli oʻyinchi #62-raqamli oʻyinchi bilan va hokazo. Juftliklar fevral oyida eʼlon qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Xu Yuhua is the eleventh Women's World Champion“. chessbase.com (2006-yil 25-mart). Qaraldi: 2011-yil 14-avgust.
- ↑ FIDE January 2006 Top 50 Women
- ↑ „Women's World Chess Championship regulations“. FIDE. Qaraldi: 2011-yil 25-noyabr.