Shayx Jalol madrasasi
Shayx Jalol madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Shayx Jalol madrasasi XVII asrda, Shayx Jalol guzarida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan shayboniy Abdulazizxon davrida bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa vaqf hujati Amir Shohmurod davrida koʻchirilgan. Dastlabki vaqf hujjati 1691-yilda rasmiylashtirilgan. Ushbu vaqf hujjatida madrasa uchun 5 ta doʻkon, 2 ta omborxona va Favoriz va Xuffar tumanlarida 200 tanob yer vaqf qilingan. Madrasada 1 nafar mudarris talabalarga taʼlim bergan. Madrasa, masjid va xonaqoh uchun oshxona ham mavjud boʻlib, u yerda har kuni ovqat tayyorlangan. Shayx Jalol madrasasi bilan bogʻliq 5 ta hujjat aniqlangan. Hujjatida madrasada faoliyat koʻrsatgan mudarris mulla Muhammad Yaʼqub Mir Badriddin ismi keltirilgan boʻlib, maoshi 15 tillani tashkil etgan. Madrasa Buxorodagi ikkinchi darajali oliy toifaga mansub oʻquv dargohi hisoblangan. Shayx Jalol shayboniy Abdulazizxonning murshidi boʻlgan. Abdulazizxon ustozi sharafiga Buxorodagi darvozlarning birini nomini Shayx Jalol deb nomlaydi. Qabri atrofiga masjid va madrasa bunyod ettiradi. Ushbu ziyoratgoh XX asrning 30—40-yillarida vayron etilgan[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 22 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3].
Shayx Jalol madrasasi 22 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Shayx Jalol madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Asosiy sana: XVII asr
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 22 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Manbalar
tahrir- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.