Sherxon Qorayev
Sherxon Qorayev (ruscha: Sherxon Karaev, inglizcha: Sherkhon Karaev) — filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), adabiyotshunos olim. 1977-yilning 5-oktabrida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida ziyoli inson Po‘latxon Ziyodillaxon o‘g‘li xonadonida tavallud topgan.
Sherxon Qorayev | |
---|---|
Tavalludi |
5-oktyabr 1977-yil Kattaqoʻrgʻon, Samarqand, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Sohasi | adabiyot |
Mukofotlari |
|
Taʼlimi
tahrirSherxon Qoraev 1984-yilda Kattaqo‘rg‘on shahrining 2-o‘rta maktabida o‘qiy boshlaganman. Taqdir taqozosi bilan 1988-yilda Nishon tumanining Talimarjon shahriga oila a’zolari bilan ko‘chib kelgan va ushbu tumanning 4-o‘rta maktabida o‘qishni davom ettirib, ta’lim muassasasini 1994-yilda tugatgan.
Sherxon Qorayev Toshkent Davlat universiteti (Hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti)ning bakalavriat jurnalistika fakultetini 1996-2000-yillarda, magistiraturani 2000-2002-yillarda imtiyozli diplomlar bilan tamomlagan. O‘qish davrida Alisher Navoiy nomidagi Davlat va Yaponiyaning “Sumitomo Corporation” maxsus stipendiyalari sohibi bo‘lgan.
Mehnat faoliyati
tahrirSherxon Qoraev 1994-yildan Nishon tumanining Talimarjon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat saroyida madaniy tadbirkor bo‘lib ishlagan. 1995-yildan Nishon tuman hokimligining “Mehnat bayrog‘i”(hozirgi “Nishon tongi”) gazetasida muxbirlik qilgan. Sherxon Qoraev 1998-2022-yillarda “Fidokor”, “Turkiston”, “Markaziy Osiyo madaniyati”, “Nishon tongi” kabi xalqaro, respublika va mahalliy gazetalarda muxbir, bo‘lim muharriri, mas’ul kotib, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Toshkent avtomobil-yo'llari instituti, Talimarjon sanoat va suv xo‘jaligi kasb-hunar kolleji va Nishon tumanidagi 4-o‘rta maktablarida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. U hozirgi kunda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Gumanitar fanlar kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi vazifasida ishlab kelmoqda.
Bundan tashqari, u 13-Guliston saylov okrugidan Qashqadaryo viloyat xalq deputatlari Nishon tuman Kengashi deputati etib saylangan.
Ilmiy faoliyati
tahrirSherxon Qoraev 2021-yilning 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Qarshi Davlat universiteti huzuridagi Ilmiy Kengashda “Temuriylar davri adabiy majlislari (Alisher Navoiy qarashlari asosida)” mavzuidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi dissertatsiyani himoya qilgan.
Sherxon Qoraev hozirgi kunda “O‘zbek adabiyoti tarixida adabiy majlislar masalasi (XVI-XX asr boshi misolida) mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Uning 200dan ortiq ilmiy maqolalari AQSh, Angliya, Hindiston, Polsha, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Tojikiston va respublikamiz matbuotida nashr etilgan.
Ijodi
tahrirSherxon Qoraevning “Bir qultum ishq” (2014), “Avliyolar avliyosi” (2017), “Dunyoni ma’rifat qutqaradi” (2018), “Navoiy o‘qigan kitoblar” (2018), “Muhammad Yusuf va G‘aybullo As-Salom” (2019), “Munosib voris”(2020), “Navoiy adabiy majlislari” (2020), “Navoiy o‘qigan kitoblar” (2020), “Navoiy majlislari”(2020), “Temuriylar davri adabiy majlislari (2021) kabi o‘ttizga yaqin ilmiy-ommabop, badiiy-publitsistik va she’riy kitoblari chop etilgan.
Mukofotlari
tahrirSherxon Qoraev 2016 yilda Prezident farmonlari bilan ta’sis etilgan “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” hamda 2021 yilda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
2018 yilda esa “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichida “Bosma OAV xodimlarining maqolalari bo‘yicha” g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.