TallimarjonQashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi shahar (1975-yildan). Qarshi choʻlining oʻzlashtirilishi munosabati bilan 1964-yilda tashkil etilgan. Tallimarjon suv ombori yonida joylashgan. Aholisi 9,9 ming kishi (2004). Tallimarjonda Qarshi kanali va nasos stansiyalardan foydalanish boshqarmasi, shu boshqarmaning markaziy taʼmirlash ustaxonasi, avtokorxona va boshqa bor. Shaharda umumiy taʼlim maktablari, kasbhunar kolleji (chilangar, elektriklar tayyorlaydi), ochiq suzish havzasiga ega boʻlgan sport majmuasi, kasalxona, tugʻruqxona, poliklinika va dorixona mavjud. Tallimarjon temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali (80 km) Qarshi shahri bilan bogʻlangan.

Tallimarjon
shahar
38°17′48″N 65°33′12″E / 38.29667°N 65.55333°E / 38.29667; 65.55333
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Nishon tumani
Aholisi
 (2004)
9 900
Vaqt mintaqasi UTC+5
Tallimarjon xaritada
Tallimarjon
Tallimarjon