Shoh Axsi madrasasi
Shoh Axsi madrasasi — Buxoro madrasasi. Hozirgi kunda madrasa saqlanib qolmagan.
Shoh Axsi madrasasi XVI asrda Shoh Axsi guzarida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Abdullaxon ibn Iskandarxon davrida, hazrat oxund Poyanda Muhammad Husayniy Shoh Axsaviy tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa faoliyati bilan bogʻliq bir qator hujjatlar topilgan. Bir hujjatda mazkur madrasada tahsil olgan Kamol Hoʻqandiy kasal boʻlib qolganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Madrasa mutavvalisi mudarris boʻlgan. Madrasa har bir xonasida ikki nafar talaba yashagan. Hujjatlarda Sadr rais Mir Badriddin arznomalarining birida Shoh Axsi xonaqohining sharqiy tomonidagi 8 hujrasi taʼmirlangani va unda talabalar yashagani toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Shoh Axsaviy tasavvuf ahlidan boʻlgan. XVI asrda Naqshbandiya tariqatining mashhur vakillaridan biri. Buxoro xonligi hukmdori Abdullaxon II 1566-yilda oʻz madrasasini qurib bitkazganidan soʻng, Shoh Axsini tanlab, madrasa bosh mudarrisi qilib tayinlagan. Shoh Axsaviy 1601-yilda Buxoroda vafot etadi va Mozori Sharif darvozasi tashqarisida dafn etiladi. U yagan hudud uning nomi bilan atalgan[2]. Sadri Ziyo Shoh Axsi madrasasida 12 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3].
Shoh Axsi madrasasi 12 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Shoh Axsi madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | hazrat oxund Poyanda Muhammad Husayniy Shoh Axsaviy |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | hazrat oxund Poyanda Muhammad Husayniy Shoh Axsaviy |
Asosiy sana: XVI asr
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 12 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Manbalar
tahrir- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.