Shokir Fayzullayev
Shokir Nasibullayevich Fayzullayev — 2010—2015-yillarda Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi[1].
Shokir Nasibullayevich Fayzullayev | |
---|---|
Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi | |
Mansab davri 2010-yil 23-mart – 2015-yil 29-avgust | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Qambarali Eshonqulov |
Vorisi | Alisher Sultonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-iyun 1964-yil Toshkent |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirMaʼlumoti
tahrir1986-yilda Toshkent politexnika institutini, 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
tahrir1986—1991-yillarda — „Progress“ ishlab chiqarish birlashmasida texnologik muhandis, katta muhandis, yetakchi muhandis, sektor mudiri, mahalliy qurilish materiallari va mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslardan xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i.
1991—1992-yillarda „Nafosat“ ishlab chiqarish kichik korxonasi direktori.
1992—1993-yillarda „Mahalliy sanoat“ birlashmasi bosh mutaxassisi, 1-toifali muhandis-iqtisodchisi, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi.
1993—1994-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish davlat qo‘mitasida tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijdagi mulk boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijdagi mulk bo‘limi boshlig‘i.
1994—1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijdagi mulk bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — xorijiy investitsiyalar va xorijdagi mulk boshqarmasi boshligʻi.
1995—1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi huzuridagi xususiylashtirishga ko‘maklashish guruhi ijrochi direktori.
1998—1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi investitsiya dasturlari bo‘limi bosh mutaxassisi.
1999—2003-yillarda „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi sektorni isloh qilish va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish boshqarmasi boshlig‘i.
2003—2005-yillarda „O‘zbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi neft-gaz tarmog‘ini istiqbolli mutanosib rivojlantirish va shartnomaviy tashqi iqtisodiy aloqalar bosh boshqarmasi boshlig‘i.
2004—2005-yillarda „O‘zneftgazmash“ aksiyadorlik jamiyati bosh direktori.
2005-2008-yillarda „O‘zbekkimyomash zavodi“ OAJ bosh direktori.
2008—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.
2010—2015-yillarda „O‘zbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi.
2015—2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari.
2017-yildan „Jizzakh Petroleum“ (hozirgi „Sanoat Energetika Guruhi“ MChJ) bosh direktori.
2007-yildan Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali Vasiylik kengashi aʼzosi.
Manbalar
tahrir- ↑ arxiv nusxasi, 2023-01-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-24