Shovosil Ziyodov
Shovosil Ziyodov — (1973-yil Toshkent shahrida tugʻilgan) sharqshunos-filolog-arabshunos, tarix fanlari doktori. ToshDShIning (hozirgi OʻzMU)1995-yil bitiruvchisi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori.
Faoliyati
tahrirShovosil Ziyodov 1995-yil avgust oyidan OʻzFA Sharqshunoslik Institutida kichik ilmiy xodim; mikrofilmlar saqlash boʻlimi mudiri; shu institut aspiranti (2002-2003); katta ilmiy xodim (2004); 2005 – 2006-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida yetakchi ilmiy xodim; OʻzFA Sharqshunoslik Instituti doktoranti (2008 – 2011). 1999 – 2007-yillar orasida bir necha bor Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya (Oksford universiteti) da oʻz ilmiy malakasini oshirib qaytgan. 2005 – 2007-yillar orasida “Yevroosiyada islomni oʻqitish” – nomli koʻp bosqichli yozgi seminar dasturining uchala bosqichida (Qozon, Bishkek, Simferopol) qatnashgan. Shu orada: 2004-yildan ToshDShI “Dinshunoslik” kafedrasida, 2008-yildan TIU “Islomshunoslik” kafedrasida oʻqituvchi va universitet qoshidagi “Islom tadqiqot markazi”da ilmiy xodim boʻlib ham ishladi. 2014-yildan Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori; 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori.[1]
Ilmiy yoʻnalishi
tahrirTarixnavislik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari, Markaziy Osiyoda kalom tarixi, Sharq qoʻlyozmalari va Qurʼon qoʻlyozmalari tarixi, toshbosma kitoblar tarixi, kutubxonachilik madaniyati tarixi, muhrlar tarixi, xoʻjalar shajaralari tarixi. Shovosil Ziyodov 110 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi va bir qancha xalqaro ilmiy konferensiyalar (Italiya, AQSh, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Ukraina) ishtirokchisi.[1]
Asosiy ilmiy ishlari
tahrirNomzodlik dissertatsiya mavzusi: “Abu Mansur al-Moturidiy yozma merosi va uning «Kitob at-taʻvilot” asari», – Toshkent, 2003.
- Ziyadov Sh. et Muminov A. «Nouvelles des Manuscrits du MoyenOrient & FiM-MOD». Paris. juin 1998. N0.VII/1. -Fiche № 235 – 236.– frans. tilida.
- Ziyadov Sh. et Muminov A. “Nuvelles des Manuscrits du MoyenOrient & FiMMOD”. Paris. – December 1998. No.VII/2. -Fiche № 252 – 256. – frans. tilida.
- Ziyadov Sh. et Muminov A. “Lʻhorizon intellectuel dʻun erudit du XVe siecle: nouevelles decouverts sur la bibliotheqque de Muhammad Parsa”. Patrimoine manuscrit et vie intellectuelle de lʻasie centrale islamique // Cahiers dʻasie Centrale. Paris-Tachkent. - 1999. № 7. – S. 77 – 98. – frans. tilida.
- Abu Mansur al-Moturidiy va uning “Taʼvilot ahl as-sunna” asari haqida yangi maʼlumotlar // Sharqshunoslik. – Toshkent, 1999. – № 9. – B.66 – 73.
- Abu Mansur al-Moturidiy // Al-Moturidiy taʼlimoti va uning X – XII asrlarda Movarounnahr madaniyatida tutgan oʻrni (maʼruzalar toʻplami) – Toshkent, 1999. – B.56 – 60.
- Abu Mansur al-Moturidiy // Maʼnaviyat yulduzlari. – Toshkent: Meros, 1999. – B.76 – 79.
- Kratkiy katalog Sufiyskix proizvedeniy XVIII-XX vv. Iz sobraniya Instituta Vostokovedeniya AN RUzb. – Berlin, 2000. – 237 s. –v soavtorstve s S. Gulomovim, Sh. Ziyodov, A. Muminovim, G. Karimovim, X. Madraimovыm, N. Toshevim, Sh. Toshevoy. Handlist of Sufi manuscripts in the holdings of the Oriental Institute,Academy of Sciences, Republic of Uzbekistan. – Berlin: Das Arabische Buch, 2000. – 237 S.). – ingliz tilida.
- Al-Moturidiy hayoti va merosi. – Toshkent: Meros, 2000. – 27 b.
- Abu Mansur al-Moturidiy // Muloqot. – Toshkent, 2000. – № 1. – B.51 – 52.
- Pok iymon posboni // Sharq mashʼali. – Toshkent, 2000. – № 1-2. – B.18 – 21.
- Abu Mansur al-Moturidiy va kalom taʼlimoti // Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar. – Toshkent, 2000. – № 3. – B.32 – 37.
- Abu Mansur al-Moturidiy va uning kalom taʼlimoti // Oʻzbekiston tarixi. – Toshkent, 2000. – № 3. – B.3 – 7.
- Kalom taʼlimoti va Abu Mansur al-Moturidiy // Islom, tarix va maʼnaviyat. – Toshkent: Meros, 2000. – B.26 – 34.
- Abu Mansur al-Moturidiy buyuk kalom imomi // Imom al-Moturidiy va uning islom falsafasida tutgan oʻrni mavzuidagi Xalqaro konferensiya materiallari. Samarqand, 2000. – Toshkent: Fan, 2000. – B.34 – 35.
- «Nouvelles des Manuscrits du Moyen-Orient& FiMMOD». – Paris. - juin, 2000. -No. IX/1. -Fiche. – № 308 – 311. – frans. tilida.
- Abu Mansur al-Moturidiy // Maʼnaviyat yulduzlari. – Toshkent: Meros. -2001. – B.87 – 89.
- Qadimiy qoʻlyozmalarga bagʻishlangan uchinchi xalqaro ilmiy anjuman yakunlari toʻgʻrisida axborot // Qoʻlyozmalar – durdonalar. Ajdodlarimizning qoʻlyozma merosini toʻplash, ilmiy oʻrganish va nashr etish muammolari (ilmiy-amaliy anjumanga taqdim etilgan maʼruzalar toʻplami). – Toshkent: Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi, 2001. – B.29 – 30.
- Katalog sufischer Handschriften aus der Bibliothek des Instituts fuer Orientalistik der Akademie der Wissenschaften, Republik Usbekistan / Verzeichnis der orientalischen Handschriften in Deutschland. Supplementband 37. Herausgeber Jurgen Paul. Stuttgart: Franz Steiner Verlag, 2002. - 358 S. (“Katalog sufiyskix proizvedeniy XVIII – XX vv. iz sobraniy Inistututa Vostokovedeniya im. Abu Rayxana al-Biruni AN RUz”. – Shtutgart. 2002.) – frans. tilida.
- Taschkenter Handschriften uber das Milieu Bucharischer Theologen in 13. und 14. Jarhunderten // Manuscripta Orientalia,Vol. 9. No. 3 September. – St. Petersburg. 2003. – pp. 56-58. – frans. tilida.
- Ebu Mansur el-Maturidiʻiy nispet edilen eserlerin Tashkent yazmalari ve Maturidi uzerine yapilan bazi arastirmalar // Imam Maturidi va Maturidilik / Tarihi Arka Pilan, Hayati, Eserleri, Fikirleri va Maturidilik Mezhebi. Haz/ Sonmez Kutlu. –Ankara, 2003. – s. 271–281. – turk tilida.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar). Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022.