Shoxona xlorion
Shoxona xlorion (lat. Chlorion regale) — Hasharotlar sinfi, pardaqanotlilar turkumi, arilar super oilasi, Chlorion urugʻiga mansub kavlovchi arilarining kam uchraydigan turi (Sphecidae). Oʻzbekiston Qizil kitobiga zaif, tabiatda kam uchrovchi tur sifatida kiritilgan[1].
Shoxona xlorion | ||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||||
|
Tavsif
tahrirJanubiy Osiyo, Afgʻoniston, Eron, Pokiston, Hindiston va Markaziy Osiyo Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston hududlarida uchraydi. Tekislik va past togʻlarning choʻl qumli-tuproqli va xaroba hududlarida yashaydi. Oʻzbekistonda Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida uchrashi qayd etilgan. Ular chirildoqlarni (Gryllidae) ovlaydilar. Arilar parvozi aprel oyidan iyul oyigacha kuzatiladi. Bu tur birinchi marta 1873—yilda ingliz entomologi Frederik Smit (1805-1879) tomonidan tasvirlangan. Arilarning soni kam. Yakka holda uchraydi[2].
Yashash tarzi
tahrirYiliga bir marotaba nasl beradi. Uchishi va tuxum qoʻyishi asosan choʻlda oʻsimliklar gullagan vaqtga toʻgʻri keladi. Hashorotlar turli oʻsimliklarning gullari ayniqsa yulgʻun gullari bilan koʻproq oziqlanadi. Urgʻochi hashorotlar chirildoqlarni ovlaydi va ularni falaj qilib oʻz uyasida. Keyinchalik hashorotlardan biriga tuxum qoʻyadi. Qurtlarini falajlangan hasharotlar (asosan, oʻsimlik shiralari) va oʻrgimchaklar bilan boqadi. Voyaga yetgan arilar gul nektari bilan oziqlanishi tufayli oʻsimliklarni changlatishda ishtirok etadi.
Koʻpayishini cheklovchi omillar
tahrirXoʻjalik maqsadida choʻl hududlarini oʻzlashtirish, yerni shudgorlash, koʻp miqdorda chorva mollarini boqish hashorotlar sonining kamayib ketishiga sabab boʻlgan.
Muhofaza qilish choralari
tahrirNurota qoʻriqxonasida muhofaza ostiga olingan. Yashash joylarini va sonini mukammal oʻrganish lozim.
Manbalar
tahrirAdabiyot
tahrir- Красная книга Республики Узбекистан. — Т. II — Животные. Ташкент: Chinor ENK, 2009.
- Pulavskiy V. V. Prionyx. S.183-184. V kn.:Opredelitel nasekomix evropeyskoy chasti SSSR, Sphecidae // L., Nauka, 1978. — T. 3, str. 120—192.