Shuhrat Hayitov
Shuhrat Hayitov – Oʻzbek jurnalisti, teleboshlovchi, pedagog, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), adabiyotshunos, Xalq taʼlimi aʼlochisi (2017-yil),Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi (2021)[1]. XVI Xalqaro „Oltin qalam“ tanlovining Bosh milliy mukofoti sohibi[2][3].
Shuhrat Hayitov | |
---|---|
Shuhrat Moyliyevich Hayitov | |
"O‘zbekiston tarixi" telekanalining direktori | |
Mansab davri 2021-yildan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Shuhrat Moyliyevich Hayitov 20-fevral 1984-yil Chiroqchi Qashqadaryo viloyati |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Turmush oʻrtogʻi | Muhammadiyeva Dilafroʻz |
Bolalari | 4 ta |
Onasi | Ayisha Abdurahmonova |
Otasi | Moyli Hayitov |
Istiqomat joy(lar)i |
Toshkent Oʻzbekiston |
Taʼlim | Toshkent davlat unversiteti |
Kasbi | jurnalist, teleboshlovchi, pedagog, filolog |
Dini | islom |
Mashhur ishlari |
"Ziyoli minbari" „Navoiyga ehtirom“ "Yulduzlar yogʻdusi" "Ziyo dargʻalari" "Ibratga yoʻgʻrilgan umr" "Taraqqiyotning yangi bosqichi" "Telehikoya" "Aslida qanday?.." "Mavzu" "Yil faoli" koʻrsatuvlari. |
Qoʻmitalar | Oʻzbeksiton yozuvchilar uyushmasi aʼzosi |
Ilmiy unvoni | Dosent |
Maʼlumoti | Oliy, PhD |
Mukofotlari |
"Eng ulugʻ, eng aziz"(2017), „Sarhisob“(2017), „Yilning eng faol jurnalisti“ (2021) "Oltin qalam" Bosh milliy mukofoti. |
Biografiyasi
tahrirHayitov Shuhrat Moyliyevich 1984-yil 20-fevralda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani (hozirgi Koʻkdala tumanida) Ayritom qishlogʻida tugʻilgan[4][5]. Otasi Moyli Hayitov hamda onasi Ayisha Abdurahmonova qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat koʻrsatgan. Hayitovlar oilasida yetti nafar farzand boʻlib, Shuhrat ularning ichida eng kichigi boʻlgan. Ilk taʼlimini Chiroqchi tumanidagi 131-umumtaʼlim maktabida olgan[6] Soʻngra Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetining bakalavr, magistratura va aspirantura bosqichlarida tahsil olgan. Oilali, ikki oʻgʻil, ikki qiz farzandning otasi. Turmush oʻrtogʻi Muhammadiyeva Dilafroʻz Axtamovna filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida talabalarga dars berib keladi.
Mehnat faoliyati
tahrirTr | Ishlagan vaqti | Ish joyi | Mansabi |
---|---|---|---|
1 | 2006-yilda | "Oʻzbekiston" teleradiokanali" davlat unitar korxonasi „Oʻzbekiston“ radiokanali | Xodim |
2 | 2006 – 2003-yillar | „Oʻzbekiston“ radiokanalining „Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy eshittirishlar“ muharririyati | Muxbir, Muharrir, Sharhlovchi, siyosiy sharhlovchi |
3 | 2013 — 2014-yil | „Oʻzbekiston“ teleradiokanali" „Madaniy-maʼrifiy va badiiy dam olish dasturlari“ bosh muharririyat | Bosh muharrir oʻrinbosari |
4 | 2014 – yildan | "Oʻzbekiston" teleradiokanali" „Madaniy-maʼrifiy va badiiy dam olish dasturlari“ bosh muharririyat | Bosh muharriri |
5 | 2021-yildan | „Oʻzbekiston tarixi“ telekanali[7]. | Direktori |
Jurnalistik faoliyati
tahrirShuhrat Hayitov faoliyati davomida bir qancha eshittirish va telekoʻrsatuvlarga muallif va boshlovchilik qilgan. Undan tashqari qator koʻrsatuv va hujjatli filmlarga, shuningdek ilmiy-ommabop kitoblarga muharrirlik vazifasini bajargan.
- „Navoiyga ehtirom“,
- „Yulduzlar yogʻdusi“,
- „Ziyo dargʻalari“,
- „Ibratga yoʻgʻrilgan umr“,
- „Taraqqiyotning yangi bosqichi“,
- „Telehikoya“,
- „Aslida qanday?..“,
- „Mavzu“,
- „Yil faoli“,
- „Studiya-24“,
- „Islom sivilizatsiyasi markazi: shonli tarixdan buyuk kelajak sari“,
- „Ziyoli minbari“
- „Ramazon rivoyatlari“
XVI „Oltin qalam“ xalqaro tanlovining Bosh milliy mukofotiga sazovor boʻlgan[8].
Ilmiy faoliyati
tahrirSh. Hayitovning „Radioga tashrif“ (2012), „Xorijda boburshunoslik“(2021), „Radio va televideniye“ (2022) kabi oʻquv-uslubiy monogragik kitoblari, shuningdek, yuzga yaqin ilmiy-ommabop maqolalari Oʻzbekiston va xalqaro jurnallarda chop etilgan[9] Oʻzbek adabiyotshunosligi, ayniqsa, boburshunoslikka oid koʻplab xalqaro ilmiy anjumanlarda maʼruza qilgan[10]. Jumladan, AQSH, Turkiya, Ozorbayjon, Hindiston hamda Saudiya Arabistoning Ar-Riyod shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavvalludiga bagʻishlangan tadbirlarda oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etgan:
Temuriyzoda Boburning serqirra ijodi katta tarixiy va ilmiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, uning, adabiyot, tarix, tilshunoslik, huquqshunoslik, musiqa va geografiyaga oid qarashlari bizga tariximiz haqida juda ko‘p ma’lumotlar beradi. Shu bilan birga, o‘sha davr manzaralarini o‘rganishimizda muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi»[11].
deya fikir bildirgan. Yuzdan ortiq publitsistik maqolalar, Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga doir ellikdan ziyod ilmiy-ommabop maqolalari respublika va AQSh, Germaniya, Rossiya, Turkiya va Ozarbayjon kabi xorijiy davlatlar jurnallarida eʼlon qilingan. Turkum maqolalari „Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi“ (2014, 2016), „Bibliografiya“ (Moskva 2016), „Baburidi“ (Moskva 2019) nashrlaridan oʻrin olgan. Uning „Radioga tashrif“ (2012) va „Xorijda boburshunoslik“ (2021)[5], „Radio va telvideniye: kecha va bugun“, „ Televideniye mening taqdirimda“ (2022) asarlari chop etilgan[12]. Shu bilan birgalikda u „Telejurnalist“ toʻplamiga muharirlik qilgan[13] va yana Oʻndan ziyod ilmiy-badiiy asarlarga masʼul muharrir boʻlgan. Shu bilan birgalikda Shuhrat Hayitovning Turkiyada boburshunoslik yoʻnalishidagi turkum maqolalari „Bobur ensiklopediyasi“ nashrlaridan oʻrin olgan[5].
Asarlari
tahrirTr | Asar nomi | Asar mavzusi | Yili |
---|---|---|---|
1 | „Xorijda boburshunoslik“ | Mazkur monografiyada Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining xorijda oʻrganilishi, shuningdek, dunyo fondlarida saqlanayotgan qoʻlyozmalar tadqiqiga alohida ahamiyat qaratilgan. Kitobda shoir asarlarining oʻzbekcha-turkcha manbalari qiyosiy tadqiq etilib, „Boburnoma“, „Bobur devoni“, „Mubayyin“, „Risolayi volidiyya“ asarlarining turkcha tarjimalari qiyosiy-tipologik metod asosida oʻrganilgan. Turk adabiyotida shoir hayoti va ijodining yoritilishi, asarlari tarjimasi, qoʻlyozma matni va uning tavsifi va talqini kabilar bilan bogʻliq boburshunoslikdagi aktual masalalar va ularning yechimiga oid ilmiy-nazariy xulosalar ishlab chiqilgan[14]. | 2021-yil |
2 | „Radioga tashrif“ | Mazkur kitobda radiojurnalistik janrlar va ularning oʻziga xos xususiyatlari, radio ssenariy va ularning yozilish qoidalari, radiosuhbatlar matni, bugungi kun radiosining ijodkorlari va oʻziga xos jihatlari yoritilgan. | 2012-yil |
3 | „Televideniye mening taqdirimda“ | Mazkur kitobda televideniyeda koʻp yillar mobaynida faoliyat yuritgan ijodkorlarning oʻzbek telejurnalistikasi tarixi va buguniga oid turkum maqolalari, shuningdek esse, ocherk va badialar jamlangan[15]. | 2022-yil |
4 | „Radio va televideniye“ | Mazku oʻquv uslubiy qoʻllanmada mamlakatimizdagi radio va televideniyaning paydo boʻlish tarixi, teleradio jurnalistikasining tadrijiy taraqqiyot bosqichlari, janr hususiyatlari hamda, ushbu sohaga ulkan hissa qoʻshgan va qoʻshib kelayotgan davlat va nodavlat telekanal va soha hodimlari haqida maʼlumot beriladi[16] | 2022-yil |
Tr | Yili | Maqola nomi | Nashr etilgan manba
(jurnal, gazeta va saytlar) |
---|---|---|---|
1 | 2009-yil | „Mubayyin“ asarining turkcha tarjimasiga doir ayrim mulohazalar | Til va adabiyot taʼlimi |
2 | 2010-yil | Bobur merosining turkcha talqini | Til va adabiyot taʼlimi |
3 | 2011-yil | Babür eserlerinin Türkiyeʼde araştırması | Günsel sanʼat |
4 | 2011-yil | „Xatti Boburiy“ning oʻrganilishi | OʻzMU xabarlari |
5 | 2011-yil | Bobur sheʼrlarining turkcha tarjimasi | OʻzMU xabarlari |
6 | 2011-yil | Bobur asarlarining turkcha tarjimalari xususida | Til va adabiyot taʼlimi |
7 | 2011-yil | „Boburnoma“ning turkcha tarjimalari | Taʼlim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar |
8 | 2012-yil | „Boburnoma“ning turk olimlari tomonidan tadqiq etilishi | ADU Ilmiy xabarnomasi |
9 | 2012-yil | Issledovaniye tvorchestva Babura v Tursii | Filologiya məsələləri |
10 | 2012-yil | „Boburnoma“ning matniy-qiyosiy tahlili | Oʻzbek tili va adabiyoti |
11 | 2018-yil | Bobur ijodining turkiy xalqlar adabiyotida oʻrganilishi | Jahon adabiyoti[17][18]. |
12 | 2018 | Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiliq | Sharq yulduzi[19][20] |
13 | 2012-yil | Bobur asarlarining turkcha tarjimalari haqida | Zahiriddin Muhammad Boburning jahon madaniyati tarixida tutgan oʻrni xalqaro ilmiy anjuman materiallari |
14 | 2018-yil | Turkiy xalqlar adabiyotida boburshunoslik | Jahon turkologiyasida oʻzbek tilining oʻrni va xalqaro hamkorlik istiqbollari mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya |
15 | 2014-yil | Turkiy boburshunoslik: tavsif va tahlil | Oʻzbek adabiyotshunosligida talqin va tahlil muammolari mavzuidagi ilmiy-nazariy anjuman materiallari |
16 | 2019-yil | „Bobur devoni“ning turkcha nashri | OʻzMU Oʻzbek filologiyasining aspirant va doktorantlar ilmiy-amaliy anjuman materiallari toʻplami |
17 | 2018-yil | „Bobur ijodining xorijda oʻrganilishi (oʻzbekcha-turkcha manbalar qiyosiy tahlili)“ | Filologiya fan. boʻyicha falsafa dok. diss. avtoreferati. |
18 | 2019-yil | „Navoiy uyida 20 kun“ | Maʼnaviy hayot |
19 | 2019-yil may | „Bobur eʼtiqodi“ | Islom nuri[21][22] |
20 | 2019-yil | „Turkiyada Navoiy va Bobur ijodining oʻrganilishi“ | „Oʻzbek mumtoz adabiyotini oʻrganishning nazariy va manbaviy asoslari masalalari“ Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. |
21 | 2019-yil | „Turkiyada boburshunoslik“ | „Alisher Navoiy va XXI asr“ Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari |
22 | 2019-yil | „Xatti boburiy“ va uning oʻrganilishi" | „Oʻzbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari“ Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari |
23 | 2019-yil | „Kim koʻrubdur ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ“ | Mahalla |
24 | 2008-yil | Bobur Mirzo va uning „Mubayyin“ asari (tarjima) | Xorijda boburshunoslik ilmiy maqolalar toʻplami. |
25 | 2009-yil | „Boburnoma“ dunyo olimlari nigohida | Yosh kuch |
26 | 2010-yil 10-fevral | Bori elga yaxshilik qilgʻil… | Jamiyat |
27 | 2011-yil | Ibratga yoʻgʻrilgan hayot | Jamiyat |
28 | 2012-yil | Ulugʻ siymo – betakror sheʼriyat | OʻzR FA Yosh olimlar axborotnomasi. |
29 | 2014-yil | Turkiyada boburshunoslik | „Bobur ensiklopediyasi“ |
30 | 2016-yil | Hayitov Sh. M. Maqolalar | Zaxiriddin Muxammad Babur. Baburidi. Bibliografiya. – Moskva, 2016. |
31 | 2018-yil | Isteʼdodli boburiyzodalar | Saodat |
32 | 2020-yil 10-fevral | Navoiy va Boburni anglay olayapmizmi? | www.uza.uz. (Oʻzbekiston milliy axborot agentligi sayti) |
33 | 2020-yil 14-fevral | „Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiligʻ“ | Ishonch |
34 | 2019-yil | „Oʻxshashi yoʻq bir asar bor“ (suhbat) | Bobur va dunyo. |
37 | 2020-yil | „Ulugʻ ajdodlarimizni taniymizmi?“ | Bobur va dunyo. |
Mukofotlari
tahrir- „Eng ulugʻ, eng aziz“ (2016),
- „Sarhisob“ (2017),
- „MTRK SOVRINI“ (2010, 2012),
- „Qadring baland boʻlsin, ona tilim!“ „Ijtimoiy rolik“[23] (2020),
- „Yilning eng faol jurnalisti“ (2021) kabi respublika koʻrik-tanlovi.
- XVI Xalqaro „Oltin qalam“ tanlovining Bosh milliy mukofoti sohibi
- Sh. Hayitovning soha rivojiga qoʻshgan hissasi munosib ragʻbatlantirilib, qator vazirlik va tashkilotlarining faxriy yorliqlari, shuningdek, „Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“(2017)[5].
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ (2021) koʻkrak nishoni.
- „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yill“ (2022) koʻkrak nishoni.
- Londonda oʻtkazilgan (ECG Film Festival) oltinchi Britaniya xalqaro kinofestivali savrindori(2024)
Manbalar
tahrir- ↑ Shuhrat Hayitov „Oʻzbekiston tarixi“ telekanaliga direktor etib tayinlandi
- ↑ OAV: "„Oltin qalam“ XVI milliy mukofoti sovrindorlari taqdirlandi"
- ↑ „Oltin qalam“ – ijodga, izlanishga undayotgan tanlov
- ↑ Shuhrat Hayitov „Oʻzbekiston tarixi“ telekanaliga direktor etib tayinlandi
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Shuhrat, Hayitov „Шуҳрат Ҳайитовга табрик“. www.Muzaffar.uz. www.Muzaffar.uz. Qaraldi: 2022.15.09 12:50.
- ↑ „Qalamkashlar kamol topgan maskan“. 2022-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
- ↑ Shuhrat Hayitov „Oʻzbekiston tarixi“ telekanaliga direktor etib tayinlandi
- ↑ „Kun.uz jurnalisti “Oltin qalam” mukofoti bilan taqdirlandi“. Kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 19-sentyabr.
- ↑ „Xorijda boburshunoslik“ kitobi chop etildi
- ↑ „Boburiylar sulolasi: tarixi, adabiyoti, madaniyati“ mavzusida seminar hamda foto koʻrgazma tashkil etildi
- ↑ Ar-Riyodda Zahiriddin Muhammad Bobur tavvalludiga bag‘ishlangan onlayn-tadbir o‘tkazildi
- ↑ Маматова, Д „Тележурналистларга байрамона туҳфа“. https://uza.uz/posts/384859. https://uza.uz/posts/384859.+Qaraldi: 2022.15.09 soat 13:03.
- ↑ Hayitov, Shuhrat „«Тележурналист» нашрдан чиқди“. https://uza.uz. https://uza.uz.+Qaraldi: 5-dekabr.
- ↑ „"Хорижда бобуршунослик"“. https://uza.uz. https://uza.uz.+Qaraldi: 16,09,2022 7:45.
- ↑ Shuhrat, Hayitov. Televideniya mening taqdirimda, "IJOD PRESS", Toshkent: "IJOD PRESS", 2022 — 264-268-betlar-bet. ISBN 978-9943-8132-8-1.
- ↑ Xadjayev.A, Hayitov.Sh. Radio va Televidenie. Toshkent.sh: "IJOD PRESS" nashryoti, 2022-yil — 334-336-betlar-bet. ISBN 978-9943-8132-7-4.
- ↑ Hayitov, Shuhrat „Turkiy xalqlar adabiyotida Bobur ijodi“. Ziyouz.uz. Ziyouz.uz. Qaraldi: 26-sentyabr.
- ↑ Xayitov, Shuhrat. „Turkiy Xalqlar adabiyotida Bobur ijodi“. Jahon adabiyoti. 170-174 betlar-bet. ISSN 2010-5517.
- ↑ Xayitov, Shuhrat. “Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘”, Sharq Yulduzi, Toshkent: Sharq Yulduzi, 08.02.2021 — 146-150-bet. ISBN 0131-1832.
- ↑ Hayitov, Shuhrat (2019.15.03). „Заҳириддин Муҳаммад Бобур эътиқоди“. Islom Nuri. 5(622)-jild, № 5(622). 6-7 betlar-bet.
{{cite magazine}}
:|qaralgan sana=
parametriga qiymat berilganda,|url=
parametriga ham qiymat berilishi lozim (yordam); More than one of|pages=
va|page=
specified (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|accessdate=
va|date=
(yordam) - ↑ Shuhrat, Hayitov „Заҳириддин Муҳаммад Бобур эътиқоди“. Hidoyat.uz. Hidoyat.uz. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
- ↑ „„Qadring baland boʻlsin, ona tilim“ xalqaro tanlovi gʻoliblari taqdirlandi“. 2022-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.