Sinan Oğan (1969-yil 14-mart, Iğdır) — kelib chiqishi asli ozarbayjon boʻlgan turk siyosatchisi[2]. 2011-yilda oʻng qanot Milliyatchi Harakat partiyasi tarkibida Iğdır viloyati deputati boʻlib, TBMMda faoliyat boshlagan. Marmara universiteti va Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan[3]. Sinan Oğan 2023-yilgi Turkiya prezidentlik saylovlarida Ata ittifoqining nomzodi sifatida koʻrsatilgan[4].

Sinan Oğan
TBMM
Mansab davri
2011-yil 12-iyun – 2015-yil 7-iyun
Prezident Recep Tayyip Erdoğan
TÜRKSAM rahbari
Mansab davri
2004-yil 9-mart – hozir ham lavozimda
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-mart 1969-yil (1969-03-14) (55 yosh)
Melekli, Iğdır Turkiya bayrogʻi Turkiya
Siyosiy partiyasi
Boshqa siyosiy
birlashmalari
Ata ittifoqi
Turmush oʻrtogʻi Gökçen Oğan
Bolalari 2 nafar
Istiqomat joy(lar)i Anqara
Taʼlim Marmara Universiteti
Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti
Kasbi Akademik
Siyosatchi
Strateg
Dini Shialik[1]
Ilmiy unvoni Doktor
Mukofotlari Terakki medali

Hayoti

tahrir

Sinan Oğan 1967-yil 1-sentyabrida Turkiyaning Iğdır shahrida tugʻilgan. 1989-yilda Marmara universitetining menejment fakultetini tamomlagan. Rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan Sinan Oğan Marmara universiteti Turkiyat Tadqiqotlar institutida ilmiy xodim, 1993-yildan 2000-yilga qadar Ozarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universitetida dekan muovini lavozimlarida ishlab kelgan. 1994-yildan 1998-yilgacha Turkiya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) vakili sifatida faoliyat olib borgan. 2000-yilda Turkiyaga qaytib, Kavkaz mintaqasi boʻyicha Yevroosiyo strategik tadqiqotlar markazida ish boshlagan. TURKSAM, yaʼni xalqaro aloqalar va strategik tahlil markaziga asos solgan. 2009-yilda Oğan Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Sinan Oğan 2011-yil 12-iyunida boʻlib oʻtgan umumiy saylovlarda Milliyatchi Harakat partiyasidan Iğdır viloyati deputati etib saylangan.

Kitoblari

tahrir
  • Turuncu Devrimler — 2006-yilda chop etilgan.
  • Azerbaycan — İktisadi Bünyesi (1992-yilda Turk dunyosi tadqiqot fondi nashri)
  • Rusyaʼda Siyaset ve Oligarşi 2003-yilda Rossiyada nashr etilgan[5].

Mukofotlari

tahrir

Sinan Oğan Milliyet gazetasining „Sosyal Bilimler“, Marmara universiteti „Akademik Üstün Başarı“ va Ekoavrasya uyushmasining 1992-yilgi „Türk Dünyasına Hizmet“ kabi mukofotlari sohibi. „Interpress Media Tracking Center“ tomonidan 2010-yilda eng koʻp muhokama qilingan shaxs va televizor ekranlarida eng koʻp koʻrsatilgan ismlar boʻyicha olib borilgan soʻrovnomada 131 xabar bilan Turkiyada eng koʻp televidenie ekranlarida koʻrinish bergan siyosatchilari qatoriga kirgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Sinan Oğan alevi mi? Sinan Oğan Caferi mi? Sinan Oğan mezhebi nedir?“.
  2. Head of Turkey-Azerbaijan association becomes deputy of Turkish parliament (Wayback Machine saytida 2014-10-27 sanasida arxivlangan)
  3. „Sinan Oğan“. Official page. 2014-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-oktyabr.
  4. Agency, Anadolu (2023-05-15), MHP expels 3 deputies ahead of April 16 referendum, Anadolu Agency (March 10, 2017da chop etilgan)
  5. Dr. Sinan OĞAN. Nationofturks.com.

Havolalar

tahrir

Havolalar

tahrir