Sofía Margarita Vergara Vergara (talaffuzi: Sofiya Margarita Vergara Vergara; 1972-yil 10-iyulda tugʻilgan)[1][2] — amerikalik aktrisa va model. U 2013-yildan 2020-yilgacha Amerika televideniyesida eng koʻp maosh oluvchi aktrisa boʻlgan.[3][4][5]

Sofía Vergara
Tavalludi
Sofía Margarita Vergara Vergara

10-iyul 1972-yil (1972-07-10) (51 yosh)
Kolumbiya
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kolumbiya bayrogʻi Kolumbiya
Kasbi
  • Aktrisa
  • model
  • tadbirkor
Faoliyat yillari 1991-yildan hozirgi kungacha
Turmush oʻrtogʻi Joe Manganiello
Bolalari 1
Otasi Julio Enrique Vergara Robayo
Onasi Margarita Vergara Dávila De Vergara

Vergara 1990-yillarning oxirida ispan tilidagi „Univision“ televideniyesi uchun ikkita telekoʻrsatuvni olib borib tezda mashhur boʻldi. Uning ingliz tilidagi birinchi taniqli aktyorlik ishi, 2003-yilda „Chasing Papi“ filmida suratga tushish boʻlgan. Keyinchalik u „Four Brothers“ (2005) va Tyler Perryning „Meet the Browns“ (2008) va „Madea Goes to Jail“ (2009) komediyalarida rol ijro etadi. „ALMA Award“ning nominatsiyasiga sazavor boʻldi. 2009-yilda u „ABC“ komediya seriyasi boʻlgan „Modern Family“da, Gloriya Delgado-Pritchett rolini oʻynay boshladi, Vergara shu roli uchun toʻrtta Oltin Globus mukofotiga, toʻrtta Primetime Emmy Awards va oʻn bitta Screen Actors Guild Awards mukofotlarida taqdirlandi.

Vergara "Smurflar" (2011), "New Year’s Eve" (2011), "The Three Stooges" (2012), „Machete Kills“ (2013), „Fading Gigolo“ (2013), „Chef“ (2014) va "Hot Pursuit" (2015) filmlarida ham ijod qilgan. U shuningdek, Happy Feet Two (2011), Escape from Planet (2013) va The Emoji Movie (2017) animatsion filmlarida qahramonlarga ovoz bergan edi. Vergara 2020-yilda ham eng koʻp maosh oluvchi Hollywood aktrisasi boʻldi. 2020-yildan beri Vergara Americaʼs Got Talent hakamlik qiladi.[6]

Yoshlik yillari

tahrir

Vergara Rim-katolik oilasida,[7] Barranquilla shahrida tugʻilgan.[8] Uning onasi Margarita Vergara de Vergara uy bekasi, otasi Hulio Enrique Vergara „Robayo“ goʻsht zavodi uchun goʻsht yetkazib beruvchi chorvador edi.[9][10][11] Uning besh ukasi bor. Ukalari va amakivachchalari unga „Toti“ laqabini qoʻyishgan.[12] Vergara dastlab Kolumbiya Milliy universitetida stomatologiya boʻyicha uch yil oʻqigan. Biroq u modellik va shou-biznes bilan shugʻullanish maqsadida universitetni tamomlashiga ikki semestr qolganda tashlab ketgan.[13]

1998-yilda uning akasi Rafael Vergarani jinoyatchilar tomonidan oʻgʻirlashga urinayoygan paytida oʻldirilgan. Shundan keyin, Vergara AQShga koʻchib ketadi. Florida shtatining Mayami shahriga borib joylashadi.[14] Uning amakivachchasi va asrab olingan singlisi Sandra ham Qoʻshma Shtatlarda kino sohasida ishlashadi.[15][16]

Faoliyati

tahrir

Bir kuni AQShda plyajda kezib yurganda uni koʻrib qolgan fotograf uni suratga olishga taklif qiladi. Shu tariqa Vergara shou-biznesga kirib keldi.[17] U birinchi telekoʻrsatuvida suratga olish payti qoʻrqqan.[18] U birinchi marta 17 yoshida Lotin Amerikasida namoyish etilgan Pepsi reklama roligida chiqdi.[19] Keyin u „Creative Workshops“ aktyorlik maktabida oʻqishni boshladi.[20]

2011-yilda Vergara Cover Girlning reklama yuzi deb topildi va birinchi reklamala roliklari 2012-yil yanvar oyida paydo boʻldi.[21] 2011-yil aprel oyida u David Beckham[22] bilan Diet Pepsi reklama roligida va 2012-yilning yanvar oyida boshqa yulduzlar[23] bilan suratga tushdi. Shuningdek, 2011-yilda Vergara Kmart uchun kiyim-kechak ishlab chiqarayotgani eʼlon qilindi.[24] Comcast kompaniyasining „Xfinity“ brendi uchun bir qator reklama roliklarida suratga tushdi.[25] Vergara rejissor Li Daniels tomonidan suratga olingan mustaqil drama „The Paperboy“ filmida suratga tushishi kerak edi. Suratga olish ishlari bir haftaga kechiktirilganda va uning „Modern Family“ ning uchinchi mavsumi uchun suratga olish ishlarida qatnashgani uchun, vaqt yetishmaganligi sababli oʻqishni tashlab ketdi.[26] 2011-yil iyul oyida u aka- uka Farrellilarning "The Three Stooges" filmini suratga tushdi. Bu uning yirik filmdagi birinchi bosh roli edi. U shunday degan edi: „Men erini oʻldirishga harakat qiladigan yomon ayolni oʻynayman, shunda u hamma pulni oladi.“[27] 2012-yil aprel oyida u oʻgʻli Manoloning YouTube veb-serialidagi Vida con Totyda paydo boʻldi.[28]

 
Vergara 2009-yil

Vergara 2012-yil 18-iyulda Forbes.com tomonidan eʼlon qilingan roʻyxatda, oldingi 12 oy davomida 19 million dollar ishlab topgan AQSh televideniyesidagi eng koʻp maosh oluvchi ayol boʻldi.[29][30] Vergara „People“ jurnalining „50 ta eng goʻzal odamlar“ roʻyxatiga kiritilgan va The Hollywood Reporter va Billboard tomonidan Hollywooddagi eng nufuzli lotin ayollaridan biri deb atalgan. Vergara 2015-yil 7-mayda Hollywood „shon-shuhrat xiyoboni“ yulduzini oldi[31][32] 2013-yilda u Diet Pepsi, Rooms To Go va Synthroid dori-darmonlari bilan reklama kelishuv shartnomalarini imzoladi. 2015-yilda Forbes Vergaraning yillik daromadini 28,5 million dollarga baholagan.[33] U ABC telekanalining „Zamonaviy oila“ filmida Gloriya Delgado-Pritchett rolini ijro etgan. Buning uchun u 2010-yildan 2013-yilgacha komediya serialida eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa uchun „Primetime Emmy“ mukofotiga nomzod boʻlgan.[34]

2014-yilda Vergara Amerikaning kepakka qarshi shampun „Head & Shoulders“ brendining vakili va reklama yuzi boʻldi.[35][36][37] 2016-yil sentabr holatiga koʻra, Forbes talqiniga koʻra, Vergara oʻtgan yili 43 million dollar daromad olib, televidenieda eng koʻp maosh oluvchi aktrisa boʻlgan.[38] 2017-yil mart oyida u muommolarga duch keldi.[39] 2020-yil fevral oyida Vergara oʻn beshinchi mavsumidan boshlab „Americaʼs Got Talent“ shousida hakam boʻlishi eʼlon qilindi.[40]

 
 
Sofia Vergara

Shaxsiy hayoti

tahrir

Vergara tabiiy ravishda sariq sochlarga ega. Filmlar va televideniye uchun undan baʼzan ispancha goʻzallikni tarannum etish uchun, sochlarini toʻq jigarrang yoki qora rangga boʻyash soʻraladi.[41][42] Vergara 18 yoshida oʻzining oʻrta maktabdagi sevgilisi Joe Gonzalezga turmushga chiqdi. Ularning 1991-yil sentabrda tugʻilgan Manolo ismli oʻgʻillari bor.[43][44] Ular 1993-yilda ajrashishdi Vergara va uning yangi yigiti Nick Loeb ikki yil uchrashgandan keyin 2012-yilda unashtirilgan edi. 2014-yil 23-mayda Vergara unashtiruv bekor qilinganini eʼlon qildi.[45] Vergara va „True Blood“ yulduzi Jo Manganiello 2014-yil Rojdestvo kunida olti oy davom etgan uchrashuvidan keyin unashtirilgan.[46] Ular 2015-yil 21-noyabrda Florida shtatining Palm-Bich shahrida turmush qurishdi.[47][48]

Vergara 2000-yilda qalqonsimon saraton kasalligiga chalingan. U qalqonsimon bezni olib tashladi, radioyod terapiyasidan oʻtdi va toʻliq tuzalib ketdi.[49] U gipotireozning oldini olish uchun dori-darmonlarni qabul qiladi.[50] 2011-yil 9-mayda Vergaraning ukasi Julio oʻsha yilning aprel oyida hibsga olinganidan soʻng Qoʻshma Shtatlardan Kolumbiyaga deportatsiya qilindi. Julio, shuningdek, uzoq vaqt davomida giyohvandlik kasaliga chalingan.[51][52] Vergara „Parade“ jurnaliga ukasi haqida shunday dedi: „Kimnidir 10 yil davomida, asta-sekin oʻlayotganini koʻrish — bu eng yomon jazo. Endi u boshqa odamga oʻxshaydi“.[53] 2014-yil dekabr oyida „Jimmy Kimmel Live“dagi chiqishida Vergara fuqarolik imtihonida mukammal ball olganidan keyin Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarosi boʻlganini maʼlum qildi.[54][55]

2015-yildan 2017-yilgacha Vergara Loeb bilan munosabatda boʻlganida in vitro urugʻlantirish natijasida hosil boʻlgan ikkita urugʻlantirilgan embrionning kelajagi boʻyicha huquqiy tortishuvda ishtirok etgan.[56] Embrionlar Kaliforniyadagi tibbiy klinikadagi kriokonservatsiyada saqlangan.[57] 2014-yilda er-xotin ajralishgan.[58]

2016-yil dekabr oyida Luiziana shtatida Vergaraning embrionlariga daʼvogar sifatida Vergaraga qarshi yashash huquqi uchun daʼvo qoʻzgʻatildi. Embrionlar sud jarayonida „Emma“ va „Izabella“ deb nomlandi va ularning „ishonchli vakili“ Vergara bilan aloqasi boʻlmagan Nyu-Orleanlik Jeyms Charbonnet ismli shaxs qayd etildi. Daʼvo qoʻzgʻashdan maqsad embrionlarni surrogat ona yordamida rivojlantirish, tugʻilishi va ular uchun berilgan va Charbonnet tomonidan boshqariladigan meros ishonchidan foydalanish masalalari turardi.[59][60][61][62][63]

 
Sofia Vergara Pepsining reklamasida
 
Sofía Vergara

Filmografiyasi

tahrir
Yili Nomi Rol Eslatma
2002 Collateral Damage Airplane Hijacker Oʻchirilgan[64]
Big Trouble Nina
2003 Chasing Papi Cici
2004 The 24th Day Isabella
Soul Plane Blanca
2005 Lords of Dogtown Amelia
Four Brothers Sofi
2006 Grilled Loridonna
National Lampoonʼs Pledge This! Herself
2008 Tyler Perry’s Meet the Browns Cheryl
2009 Madea Goes to Jail T. T.
2011 The Smurfs Odile Anjelou
New Year’s Eve[65] Ava
Happy Feet Two Carmen Ovoz bergan
2012 The Three Stooges Lydia Harter
2013 Escape from Planet Earth Gabby Babblebrook Ovoz bergan
Fading Gigolo Selima
Machete Kills Madame Desdemona
2014 Chef Inez
2015 Wild Card D. D.
Hot Pursuit Daniella Riva Shuningdek, ijrochi produser
2017 The Female Brain Lisa
The Emoji Movie Flamenco Dancer Ovoz bergan[66]
2018 Bent Rebecca
The Con Is On Vivien
2019 Bottom of the 9th Angela Ramirez
2021 Koati Zaina[67] Ovoz bergan

Televideniye

tahrir
Yili Nomi Roli Eslatma
1995 Acapulco, cuerpo y alma Irasema Telenovella
1995-1998 Fuera de serie Herself Hammualliflik
1999 A que no te atreves
Baywatch Qism: „yigitlar oʻgʻil boʻladi“
2000 Club La Bomba Herself Hammualliflik
2002 My Wife and Kids Selma Qism: „Samba Hikoyasi“
2004 Eve April Perez Qism: „har doim partiya“
Rodney Carmen Qism: „Orzu Sevgilisi“
2005 Hot Properties Lola Hernandez Asosiy rol (13 qism)
Punk’d[68] Herself 5-mavsum
2007 Entourage Village Girl Qism:"oʻrmonga xush kelibsiz"
Amas de Casa Desesperadas Alicia Oviedo 23-qism
The Knights of Prosperity Esperanza Villalobos
Dirty Sexy Money Sofía Montoya 4-qism
2008 Fuego en la sangre Leonora 10-qism
Men in Trees Pilar Romero 2-qism
2009 Dancing with the Stars Herself
2009-2020 Modern Family Gloria Delgado-Pritchett
2011 Sesame Street Herself
2012 Saturday Night Live Herself (Host)
2013 The Cleveland Show Señora Chalupa (voice) Maxsus qism: „The Essence of Cleveland“
2013-2017 Family Guy Flower Saleswoman / Hispanic Woman / Gloria (voice) 2-qism Episodes, „The Giggity Wife“ „Emmy Winning Episode“
2014 Killer Women N/A Produser
2016 The Simpsons Carol Berrera (voice) Maxsus qism: „Teenage Mutant Milk-Caused Hurdles“
2020-present Americaʼs Got Talent Herself/Judge 15-mavsum
TBA Griselda Griselda Blanco Asosiy rol, shuningdek ijrochi produser[69]

Musiqiy kliplari

tahrir
Year Title Artist
1997 "Que Diera" Carlos Vives
2020 "Yo Visto Así" Bad Bunny

Teatrda

tahrir
  • Chikago Matron „Mama“ Morton rolida (2009)[70]
 
Sofía Vergara
 
 

Mukofotlari va nominatsiyalar

tahrir
 
Vergara 2020-yil yanvar oyida 77-Oltin globus mukofotlari marosimidagi qizil gilamda

2014-yilda Vergara Forbes talqini boʻyicha dunyodagi eng kuchli ayollar roʻyxatida 32-oʻrinni egalladi. Uning pozitsiyasi oʻtgan yili 38 oʻrinda edi.[71]

yil Mukofotlar Oʻynagan filmi va seriali Natijasi
2006 Black Reel Awards Four Brothers Nominatsiya
2009 ALMA Awards Madea Goes to Jail Nominatsiya
Screen Actors Guild Awards Modern Family Nominatsiya
2010 Golden Globe Awards Nominatsiya
Imagen Foundation Awards Nominatsiya
Primetime Emmy Awards Nominatsiya
Screen Actors Guild Awards Nominatsiya
Gʻolib
2011 ALMA Awards Nominatsiya
Golden Globe Awards Nominatsiya
NAACP Image Awards Gʻolib[72]
Critics' Choice Television Awards Nominatsiya
Primetime Emmy Awards Nominatsiya
Satellite Awards Nominatsiya
Screen Actors Guild Awards Gʻolib
Nominatsiya
2012 Nominatsiya
Gʻolib
ALMA Awards The Three Stooges Nominatsiya
Modern Family Nominatsiya
NAACP Image Awards Nominatsiya
Primetime Emmy Awards Nominatsiya
Golden Globe Awards Nominatsiya
Kids' Choice Awards The Smurfs Nominatsiya
Glamour Awards N/A
2013 Screen Actors Guild Awards Modern Family Gʻolib
Golden Globe Awards Nominatsiya
Primetime Emmy Awards Nominatsiya
Peopleʼs Choice Awards Nominatsiya
2014 NAACP Image Awards Nominatsiya
Kids' Choice Awards Nominatsiya
Screen Actors Guild Awards Nominatsiya
2015 NAACP Image Awards Nominatsiya
Peopleʼs Choice Awards Nominatsiya
Screen Actors Guild Awards Nominatsiya
2016 Nominatsiya
Imagen Foundation Awards Nominatsiya
Kids' Choice Awards Nominatsiya
Premios Juventud Nominatsiya
Peopleʼs Choice Awards Nominatsiya[73]
Hot Pursuit Nominatsiya[73]
2017 Modern Family Gʻolib[74]
2018 Nominatsiya[75]
2020 Nominatsiya[76]
Gʻolib[76]


Manbalar

tahrir
  1. Monitor. Entertainment Weekly. Time Inc (13-iyul 2012-yil), s. 20.
  2. „Entre pitufos mexicanos, Sofía Vergara celebró sus 39 años / Among Mexican Smurfs, Sofia Vergara celebrated her 39 years“ (ispancha). El Heraldo (11-iyul 2011-yil). — „Sofía Margarita Vergara Vergara nació el 10 de julio de 1972 en Barranquilla. / Sofía Margarita Vergara Vergara was born on 10 July 1972 in Barranquilla.“. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2015-yil.
  3. Forbes highest paid actresses 2019. Forbes (August 24, 2019). Retrieved on October 16, 2020.
  4. Highest Paid TV Actresses in the World. Harper’s Bazaar (October 25, 2018). Retrieved on October 16, 2020.
  5. Berg. „The Highest-Paid Actresses 2020: Small Screen Stars Like Sofia Vergara, Ellen Pompeo And Elisabeth Moss Shine“ (inglizcha). Forbes. Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
  6. Matt Donnelly. „Sofia Vergara, Heidi Klum Set as America's Got Talent Season 15 Judges“. Variety (27-fevral 2020-yil). Qaraldi: 7-mart 2020-yil.
  7. McKay. „Sofia Vergara's Catholic family concerned she would look like a 'hooker' in Hollywood“. Fox News (25-mart 2015-yil). Qaraldi: 13-mart 2020-yil.
  8. „Celebrity Central: Sofia Vergara“. People.com. 26-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2012-yil.
  9. Luaine Lee. „Sofia Vergara gets a role she can sink her perfect teeth into“. The Free Lance–Star (31-dekabr 2006-yil). 2008-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-oktabr 2008-yil.
  10. Dolen, Christine. „Tropical Life“. Miami Herald (25-may 2009-yil). Qaraldi: 30-mart 2010-yil.
  11. „Sofía Vergara: Duelo en Navidad“. Diario las Américas (26-dekabr 2009-yil). 18-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2010-yil.
  12. Francis Rodríguez. „Sofía Vergara stars in "Meet The Browns," strives for a lead role“. New York Daily News (21-mart 2008-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2008-yil.
  13. Alexis Chiu. „5 Things to Know About Sofia Vergara“. People (4-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 29-fevral 2020-yil.
  14. Tonisha Johnson. „Four Brothers: An Interview with Sofia Vergara“. Gesica magazine (2006). Qaraldi: 28-oktabr 2008-yil.
  15. Finn. „Modern Family Drama“. Modern Family Drama: Is Maxim Hottie Sandra Vergara Pretending to Be Sofia's Sister?. E online (8-avgust 2011-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2012-yil.
  16. „Sofia Vergara's Sister, Sandra Vergara, Lands New Role“. Huffington Post/People Magazine (17-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 24-fevral 2014-yil.
  17. Stated on Inside the Actors Studio, 2011.
  18. „La Diva Loca“. 14-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  19. Wilson Morales. „Four Brothers: An Interview with Sofia Vergara“. blackfilm.com (5-avgust 2005-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2008-yil.
  20. „Acting Classes, Acting School, Acting Workshops: Creative Workshop“. www.creativeworkshops.com. 27-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  21. „Sofia Vergara Named New Face of COVERGIRL!“. Latina. AOL (12-may 2011-yil). 19-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2011-yil.
  22. Natalie Zamuda. „Diet Pepsi Joins Pepsi Max With New Commercials“. Ad Age (20-aprel 2010-yil). Qaraldi: 12-iyun 2010-yil.
  23. Ferrer, Miguel. „Sofia Vergara, Dancing Behind-The-Scenes Of New Diet Pepsi TV Commercial“. HuffPost (7-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 8-aprel 2012-yil.
  24. Jones. „Sofia Vergara's New Clothing Line Is Now Available At Kmart“. U.S. Venture Partners (14-sentabr 2011-yil). 2011-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2011-yil.
  25. „Sofia Vergara Of 'Modern Family' Is New Xfinity Spokeswoman“. Hartford Courant. Qaraldi: 16-mart 2016-yil.
  26. Fleming, Mike. (June 23, 2011) Sofia Vergara Cancels ʻThe Paperboy’. Deadline.com. Retrieved on June 28, 2011.
  27. Marlow Stern. „Sofia Vergara Breaks Out“. The Daily Beast (29-iyul 2010-yil).
  28. „Mi Vida con Toty“ (inglizcha). YouTube. Qaraldi: 13-mart 2020-yil.
  29. „Sofia Vergara tops Forbes highest paid U.S. TV actresses“. Yahoo News and Reuters. 2012-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyul 2012-yil.
  30. „Sofia Vergara highest paid woman in television“. The Times Of India. Qaraldi: 20-iyul 2012-yil.
  31. Variety. „Sofia Vergara Walk of Fame Ceremony“ (7-may 2015-yil). 2022-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
  32. Martinez. „Upcoming Star Ceremonies | Hollywood Walk of Fame“. Hollywood Walk of Fame. Hollywood Chamber of Commerce (29-aprel 2015-yil). 10-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2015-yil.
  33. „Sofía Vergara“. Forbes (2015). Qaraldi: 28-aprel 2016-yil.
  34. „Sofia Vergara“. Television Academy. Qaraldi: 16-mart 2016-yil.
  35. „Sofia Vergara and Head & Shoulders are Family“. Head & Shoulders.
  36. „49 Celebrities Honor 49 Victims of Orlando Tragedy | Human Rights Campaign“. Hrc.org. 23-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2016-yil.
  37. Rothaus, Steve. „Pulse Orlando shooting scene a popular LGBT club where employees, patrons 'like family'“. The Miami Herald (12-iyun 2016-yil). Qaraldi: 15-iyun 2016-yil.
  38. Berg. „The World's Highest-Paid TV Actresses 2016: Sofia Vergara Stays The Queen Of The Small Screen With $43 Million“ (inglizcha). Forbes (14-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 13-mart 2020-yil.
  39. Baker, Tyler E.. „#ShowMeTheMoney: Sofia Vergara's Settlement of Social Media False Endorsement Lawsuit Highlights Modern Legal Issue“. The National Law Review. Sheppard, Mullin, Richter & Hampton (14-aprel 2017-yil). Qaraldi: 9-oktabr 2017-yil.
  40. Andreeva. „Sofia Vergara Joins 'America's Got Talent' As New Judge, Heidi Klum Returns To Mothership Series“. Deadline (27-fevral 2020-yil).
  41. Hall, Katy. „Sofia Vergara In 'Self': I'm A Natural Blonde“. Huffingtonpost.com (13-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 27-iyul 2012-yil.
  42. „Celebrity Q+A: Sofia Vergara“. Family Circle. 25-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2012-yil.
  43. Roiz. „13 Moments down memory lane with Sofia Vergara“. Vida Today (10-iyul 2014-yil). — „Manolo was born in September 1991. [Photo caption]“. 2014-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2014-yil.
  44. Drysdale, Jennifer. „Sofia Vergara Celebrates Son Manolo's 26th Birthday -- See the Pics!“. Entertainment Tonight (16-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2017-yil.
  45. D&Apos, Christie. „Sofia Vergara, Nick Loeb split up, call off engagement“. Los Angeles Times (24-may 2014-yil). Qaraldi: 24-may 2014-yil.
  46. Marquina, Sierra. „Sofia Vergara Engaged to Joe Manganiello After Dating for Only Six Months!“. Us Weekly. United States: usmagazine.com. Wenner Media LLC (29-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2014-yil.
  47. Sutton, Joe (November 21, 2015). „Sofia Vergara, Joe Manganiello to marry this weekend“. CNN.
  48. Chen, Joyce (November 21, 2015). „Sofia Vergara, Joe Manganiello: Everything We Know About Their Wedding“. Us Weekly.
  49. Graham Kizer. „Sofia Vergara Beats Thyroid Cancer“. health.com (21-aprel 2008-yil). 2019-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2011-yil.
  50. O'Connor, Anahad. „The Workout: Sofia Vergara Hates to Exercise“. The New York Times (3-may 2013-yil). Qaraldi: 17-may 2013-yil.
  51. Casey Glynn. „"Modern Family" star Sofia Vergara's brother deported to Colombia“. CBS News (3-avgust 2011-yil). 4-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  52. Hall, Katy. „Sofia Vergara's Brother Julio Deported“. Huffington Post (3-avgust 2011-yil).
  53. Casey Glynn. „"Modern Family" star Sofia Vergara's brother deported to Colombia“. CBS News (3-avgust 2011-yil). 22-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  54. Marin. „This Is How Sofia Vergara Nailed Her American Citizenship Test“. WhoSay (4-dekabr 2014-yil).
  55. Grossman. „Watch Sofia Vergara Explain How She Became a U.S. Citizen“ (4-dekabr 2014-yil).
  56. „TV star Sofia Vergara in battle over frozen embryos“. BBC (1-may 2015-yil). Qaraldi: 30-may 2015-yil.
  57. Brandy Zadrozny. „Sofia Vergara Embryo Case Could Open Floodgates“. The Daily Beast (8-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 9-dekabr 2016-yil.
  58. Actress Sofia Vergara to be sued 'by her own embryos' BioNews, Chee Hoe Low, December 12, 2016.
  59. Emily Smith. „Sofia Vergara sued by her own embryos“. New York Post (6-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 8-dekabr 2016-yil.
  60. Our frozen embryos have a right to live New York Times, Opinion, April 30, 2015.
  61. Sofia Vergaraʼs Frozen Embryos, „Emma“ and "Isabella, " Are Suing Her RUTH GRAHAM, slate.com, December 8, 2016.
  62. „Louisiana judge rules Sofia Vergara's frozen embryos are 'citizens of California'“. Women in the World (30-avgust 2017-yil). 28-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2020-yil.
  63. Downs. „Judge says Sofia Vergara's frozen embryos are 'citizens of California'“ (inglizcha). United Press International (1-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 13-mart 2020-yil.
  64. „Collateral Damage“. E! Online. Qaraldi: 22-oktabr 2021-yil.
  65. „Lea Michele and Zac Efron's 'New Year's Eve' Plans“. theinsider.com. 5-mart 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2011-yil.
  66. Miller, Mike. „Meet Sofia Vergara's Flamenco Dancer from The Emoji Movie: 'People Are Always Saying I Look Like Her!“. People (18-aprel 2017-yil). Qaraldi: 13-may 2017-yil.
  67. Wiseman, Andreas. „Grammy Winner Marc Anthony Joins Sofia Vergara Animated Film 'Koati' As Exec & Musical Producer“. Deadline Hollywood (11-mart 2021-yil). Qaraldi: 11-oktabr 2021-yil.
  68. „Punk'd: Thora Birch, T.I., Sofia Vergara“. TV.com. CBS Interactive. 21-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2016-yil.
  69. Otterson, Joe „Sofía Vergara to Play Drug Queenpin Griselda Blanco in Netflix Limited Series“ (en-US). Variety (3-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
  70. Gans, Andrew (March 19, 2009). „Sofia Vergara Will Be Mama Morton in Broadway’s Chicago. Playbill.
  71. Nachiappan. „Colombia's Shakira and Sofia Vergara among world's 'most powerful' women: Forbes“. Colombia Reports (29-may 2014-yil). Qaraldi: 29-may 2014-yil.
  72. M. Fernandez, Scott „Halle Berry, Tyler Perry Honored at NAACP Image Awards“. The Hollywood Reporter (4-mart 2011-yil). Qaraldi: 4-mart 2011-yil.
  73. 73,0 73,1 „People's Choice Awards 2016: Complete Winners List“. The Hollywood Reporter (6-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2016-yil.
  74. „People's Choice Awards 2017 Complete Winners List: Jennifer Lopez, Sofia Vergara Are Favorite Picks“. Latin Times (19-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2017-yil.
  75. Macke, Johnni „People's Choice Awards 2018 Winners: The Complete List“. E! Online (11-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2018-yil.
  76. 76,0 76,1 Ray, Alyssa „Sofía Vergara's People's Choice Awards Shout Out for Ed O'Neill Will Make You Miss Modern Family. E! Online (15-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2020-yil.

Havolalar

tahrir