Sofiya Loren
Sophia Loren (20-sentyabr 1934-yilda tugʻilgan) italyan film aktrisasidir. „Eng yaxshi aktrisa“ (inglizcha: Best Actress) nominatsiyasida Oscar (Akademiya) mukofoti bilan taqdirlangan.[1][2] 1949-yil „Goʻzallar tanlovi“da qatnashib, shu yildan filmlarda suratga tusha boshlagan. „Neapol oltinlari“, „Daryodan kelgan ayol“ filmlari unga katta shuhrat keltirgan. „Chochara“ filmidagi Chezira roli uchun „Oskar“ mukofotiga sazovor boʻlgan. „Italyancha nikoh“, „Kecha, bugun, ertaga“, „Bakkacho, 70“, „Kungaboqar“, „Gʻaroyib kun“, „Rim imperiyasining qulashi“, „Lamanchli kishi“ kabi filmlar Loren ijodida alohida oʻrin tutadi. 1990-yil „Shanba, yakshanba, dushanba“ filmida bosh rolni oʻynadi.[3]
Sophia Loren | |
---|---|
Loren 1959-yilda | |
Tavalludi | 20-sentyabr 1934-yil |
Fuqaroligi | Italiya |
Kasbi | Aktrisa |
Mukofotlari |
Filmografiyasi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Akademiya mukofoti nomzodlari hamda gʻoliblari“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences (AMPAS). 26-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2013-yil.
- ↑ „Oldest/Youngest Acting Nominees and Winners“ (en). Academy of Motion Picture Arts and Sciences (AMPAS). 1-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2014-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrirVikiomborda Sofiya Loren haqida turkum mavjud |