Stepan Zorian ( arman : Ստեփան Զօրեան, 1867–1919), nomi de guerre Rostom ( Ռոստոմ bilan mashhur. ), Arman revalutsiya federatsiyasining uchta asoschilarining eng muhum bo'g'inlaridan biri va arman milliy ozodlik harakatining yetakchisi va qomondoni bo'lgan.

Stepan Zoryan

ARFning tashkil topishi tahrir

Zorian Rossiya imperiyasining Erivan gubernatorligidagi Tsgna qishlog'ida (hozirgi Ozarbayjonning Naxchivan Avtonom Respublikasida joylashgan) tug'ilgan. U birinchi saboqni maktabida so'ngra esa Moskvadagi kollejiga kiradi va u yerda o‘qiy boshlagan biroq o‘qishni oxirigacha tugatolmay qoldi. Oxir-oqibat u Tiflisga jo'nab ketishga majbur bo'ladi va u yerda Kristapor Mikaelyan va Simon Zavaryan bilan uchrashdi ulurni barchasi barchasi arman inqilobchi bo'ladi. Ular 1890-yilda Arman inqilobiy federatsiyasiga (ARF) asos solgan. Ularning yangi siyosiy partiyasi armanlarga katta ta'sir ko'rsatdi. Usmonli imperiyasining arman fuqarolarini himoya qilish uchun islohot talab qilish va qurol olish orqali qo'llab-quvvatlandi. 

Ishlar va sayohatlar tahrir

Zorian Shveytsariyaning Jeneva shahriga ko'chib o'tadi  va u erda Droshak Journal (Troshag) gazetasini muharrir sifatida boshqargan. Karin shahrida ARF partiyasi a'zolari yashirin ravishda Turkiyada ta'qiqlangani uchun o'zini choynak savdogarlari qilib ko'rsatib, talabalar uyushmasini tuzushdi. Keyinchalik u AbdulHamid II ga qarshi kurashda ARF inqilobchi partiyasi va Ichki Makedoniya Inqilobiy Tashkiloti o'rtasida hamkorlik o'rnatish uchun Bolgariyaga joylashish rejasi amalga oshiriladi. U yerda rafiqasi Liza Melik Shahnazaryan bilan arman maktabini ham ochgan. 

Konstitutsiyadan keyingi kunlar tahrir

1908-yil Turkiyadagi konstitutsiyaviy inqilob paytida u Garinga ko'chib o'tdi. 1914-yilda Birinchi jahon urushi boshlandi va u shu yillar davomida Evropaga, keyin esa Kavkazga ko'chib o'tdi. U yerlarda esa arman-tatar urushlarida muntazam qatnashgan. Eron konstitutsiyaviy inqilobi davrida u fors inqilobchilari bilan birga inqilobni amalga oshirishda qatnashgan. [1] Shuningdek, u Bokudagi o'zini-o'zi mudofaa kurashiga rahbarlik qiladi. Falokatli jangdan so'ng natijasidan keyin u minglab armanlar bilan birga Eronga qochib ketdi. 

O'lim tahrir

Zorian 1919-yilda Tiflisda 52 yoshida vafot etdi. U mustaqil Armanistonni ko'rish uchun yashagan va harakat qilgan ARFning yagona asoschisi edi.

Ma'lumotnomalar tahrir

Manbalar tahrir

Shuningdek qarang tahrir